2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari Reja


Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi



Yüklə 101,18 Kb.
səhifə37/57
tarix02.01.2022
ölçüsü101,18 Kb.
#41019
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57
2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)

Kategoriya tushunchasi va uning tasnifi. Kategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun biz qanday fikrlashimiz va o’z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday etkazishimizni ko’rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar ko’rinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo’lib, predmetlar umumiy va muhim belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqea va hodisalar ma’nosini anglaymiz, ularning o’zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o’zakdosh so’zlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo’lgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o’z fikrlarimizni so’zlar yordamida ifodalaymiz. So’z – fikr va dunyo o’rtasidagi vositachi. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga etkazish vositasi hisoblanadi. So’z boyligimiz qancha katta bo’lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo’ladi. Ob’ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi. Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so’z bilan ifodalanadi. Masalan, «talaba», «universitet», «auditoriya» so’zlari muayyan darajada umumiy va mavhumdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki o’ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi.


Yüklə 101,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin