2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)
Bilim shakllari - Inson o’zini qurshagan olamni anglab etadi, uni har xil usullar yordamida o’zlashtiradi. Bu usullardan ikkita eng muhimini qayd etish mumkin. Birinchi – moddiy-texnikaviy usul – tirikchilik vositalarini ishlab chiqarish, mehnat, amaliyot. Ikkinchi – ma’naviy (ideal) usul; uning doirasida sub’ekt va ob’ektning bilishga doir munosabatlari ular o’rtasidagi ko’p sonli munosabatlarning biridir. O’z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o’zining har xil shakllarida mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o’zaro bog’liq bo’lsa-da, lekin bir-biriga o’xshamaydi va har bir biri o’ziga xos xususiyatlarga ega.