2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari Reja


Tirik tabiat yoki hayotning paydo bo’lishi



Yüklə 101,18 Kb.
səhifə5/57
tarix02.01.2022
ölçüsü101,18 Kb.
#41019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)

Tirik tabiat yoki hayotning paydo bo’lishi. Tirik tabiat borlig’i hayot bilan bevosita aloqada qaralishi lozim. Jonli mavjudot uchun bo’lish – yashash, bo’lmaslik – hayotdan mahrum bo’lish, o’lish, ya’ni jonli organizm sifatida boshqa mavjud bo’lmaslik demakdir. Erda hayotning paydo bo’lishi muammosi doimo insonning diqqat markazida bo’lgan va odamzot uchun ulkan jumboqlardan biri bo’lib qolgan. U mazkur jumboqning tagiga etish uchun barcha zamonlarda o’z aqli va tasavvuri kuchidan to’la foydalangan. Ammo insonning tadqiqotchilik imkoniyatlari behad oshgan, biologiya fanlari esa o’z rivojlanishida ancha olg’a siljigan bugungi kunda ham bu muammo o’zining to’la echimini topgan deb aytish mushkul. Ayni shu sababli jonli modda jonsiz moddadan evolyusiya yo’l bilan paydo bo’lgani haqidagi ilmiy tasavvurlar bilan bir qatorda hayot kelib chiqishining o’z ildizlari bilan tarixga, xususan falsafa tarixiga bog’lanadigan turli nazariyalar ham amal qilishda davom etmoqda.

Ibtidoiy jamoa davridayoq odamlar hayotni har xil ruhlar, jonlarning mavjudligi bilan tushuntirishga harakat qilganlar. Ularning fikricha, bunday ruhlar va jonlarga nafaqat odamlar, balki hayvonlar, shuningdek atrof borliqning barcha narsalari va hodisalari ham ega bo’lgan. Tegishli e’tiqodlar animizm degan nom olgan (bu haqda birinchi mavzuda to’liq ma’lumot berilgan).

Aristotel (mil. av. 384-322 yillar) asarlarida, keyinchalik o’rta asr sxolastikasida va Leybnits (1646-1716) asarlarida faol asos, harakatlantiruvchi kuch sifatida talqin qilinadigan «entelexiya» (yunon. entelechia – o’z-o’zida maqsadga ega bo’lgan) atamasiga duch kelamiz. Jonli moddaning mavjudligini va uning jonsiz moddadan farqini butun tiriklik zamirida yotuvchi qandaydir jismsiz, irratsional sabab, «hayot kuchi» mavjudligini tan olish orqali tushuntiradigan falsafiy ta’limot – vitalizm (lot. vitalis – jonli) zamirida ayni shu tushuncha yotadi. Hayot paydo bo’lishining ilohiy asoslari, «hayot hujayralari» Erga kosmosdan kelgani, go’yoki Erda tajriba o’tkazayotgan o’zga sayyoralik kelgindilar va hokazolar haqida juda ko’p har xil g’oyalar ilgari surilgan.

SHu bois, Koinotda bizning sayyoramizdan boshqa joyda ham hayot bormi, degan savol mutlaqo o’rinlidir. Quyosh kabi yulduzlar Koinotda son-sanoqsiz ekanligi, ularning atrofida ham sayyoralar aylanishi mumkinligi haqidagi fikrning o’ziyoq Erdan boshqa joyda ham hayot mavjudligini taxmin qilish uchun asos bo’ladi. SHuningdek, Koinot miqyosida juda kichkina va hozirgi inson o’rganishi uchun imkoniyat mavjud bo’lgan Quyosh tizimsi xususida ham hayotning biron-bir shakllari mavjudligi yoki mavjud emasligini qayd etish uchun etarli axborot hozircha yo’q. Mazkur vazifa faqat mushohada yuritish yo’li bilan hal qilinishi mumkin emas va eksperimental tadqiqotlar o’tkazishni talab qiladi. Inson ilmiy-texnika imkoniyatlarining o’sish sur’atlariga qaraganda, Quyosh tizimsida Erdan boshqa joyda hayot mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi yaqin kelajakda o’z echimini topsa kerak. Ammo butun koinotga nisbatan (u inson bilishi uchun cheksizligi tufayli) bu masala saqlanib qoladi. SHuningdek, hayot u Erda va faqat shunday usulda mavjud bo’lishi mumkin, deb aytish uchun biron-bir asos mavjud emas.

Agar biz cheksizlik hamda hal qilinayotgan vazifaning o’ta murakkabligi qarshisida hafsalasizlik va harakatsizlikdan yuqorida zikr etilgan tamoyilni, mistika va ko’r-ko’rona ishonchdan aql dalillari va bilishning ilmiy yo’lini ustun qo’ysak, hayot hodisasini falsafiy anglab etish yo’lidagi birinchi ishimiz, jonli deb nomlash mumkin bo’lgan barcha narsalarning jonsiz narsalardan tubdan farqini aniqlash bo’lishi lozim.


Yüklə 101,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin