2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari Reja



Yüklə 101,18 Kb.
səhifə9/57
tarix02.01.2022
ölçüsü101,18 Kb.
#41019
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)

Materialistik monizm dunyo yagona, uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida ayni shu moddiylik yotadi, deb hisoblaydi. Bu konsepsiyada olam ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o’ta rivojlangan ko’rinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza va uning izdoshlari asarlarida duch kelamiz.

Idealistik monizm esa, materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo’q bo’lmasligi va birinchi asosiga ega bo’lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi. Bunda ob’ektiv-idealistik monizmni (masalan, Platonda – bu o’lmas g’oyalar, zardo’shtiylikda olov, o’rta asr falsafasida – Xudo, Gegelda – yaratilmaydigan va o’z-o’zidan rivojlanadigan «mutlaq g’oya») va sub’ektiv-idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy holatlarini «neytral» asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruksiyalari, «elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin.

Dualizm (lot. dualis – ikki yoqlama) birinchi asos sifatida ikkita substansiya tan olingan falsafiy yondashuv. Nemis faylasufi X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan. X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, g’oyalar va aql-idrokning alohida o’rnini aniqlashga harakat qilgan.

Plyuralizm (lot. – ko’plik, ko’p xillik, ko’p sonlik)dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko’proq mohiyat borligini tan oluvchi ta’limotdir. atamasini ham X.Volf 1712 yilda taklif qilgan. Bu Ayni shu ta’limotda borliqning ko’p sonli mustaqil va o’zaro bog’lanmaydigan asoslari borligi haqidagi g’oya ham ilgari surilgan.

Leybnitsning monadalar haqidagi ta’limoti (monadologiya) plyuralizmning klassik ko’rinishi hisoblanadi. Ushbu ta’limotga ko’ra, dunyo son-sanoqsiz ruhiy substansiyalardan tashkil topadi. Plyuralistik yondashuvning bundan oldinroq ilgari surilgan ko’rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning to’rt asosi haqidagi ta’limot plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi.

Ba’zan plyuralizmga mustaqil ta’limot sifatida emas, balki dualizmning o’zgargan ko’rinishi sifatida qaraladi. Lekin plyuralistlar o’z nazariyasining asosiy vazifasini dualistik munozaralarda echimini topmagan ruh va tabiat o’rtasidagi qarama-qarshilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar.


Yüklə 101,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin