2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo’nalishlari Reja


Substansiya tushunchasining mohiyati



Yüklə 101,18 Kb.
səhifə8/57
tarix02.01.2022
ölçüsü101,18 Kb.
#41019
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)

Substansiya tushunchasining mohiyati. Falsafa tarixida o’zining mavjudligi uchun o’zidan boshqa hech narsaga muhtoj bo’lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot. substantia – mohiyat, asos) kategoriyasi qo’llaniladi. Ilk falsafiy yo’nalishlarning vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda, bunday asos sifatida o’sha davrda umumiy e’tirof etilgan birinchi stixiyalar: er, suv, havo, olov yoki fikriy konstruksiyalar, «birinchi g’ishtlar» - apeyron, atomlar qaralgan. “Avesto”da birlamchi substansiya olov deb atalgan. Keyinchalik substansiya kategoriyasi o’zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog’liq bo’lmagan holda mavjud o’ta keng asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va o’zgaruvchanligi substansiya bilan bog’lana boshladi. Bunday asoslar sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g’oya, flogiston, efir va shu kabilar amal qilgan.

Monizm (yunon. monos – bitta, yagona) dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substansiyadan iborat degan ta’limot. Dunyoning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar, shuningdek birinchi asos muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli yondashuvlar kurashi nuqtai nazaridan substansiya tabiatini tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va idealistik monizmni qayd etish lozim.


Yüklə 101,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin