2-Ma’ruza. Borliq- falsafaning fundamental kategoriyasi. Olamning universal aloqalari va rivojlanish. Falsafaning qonunlari va kategoriyalari Bilish nazariyasi asosiy muammolari va yo’nalishlari (1)
Falsafa qonunlaritabiat va jamiyatda insonning ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi qonunlardir. Falsafa qonunlari tizimida dialektik ziddiyatlilik qonuni markaziy o’rinni egallaydi. Qonunning muhim jihatlarini aniqlash uchun uning asosiy kategoriyalarini ko’rib chiqish kerak. Tahlilni qarama-qarshilik tushunchasidan boshlaymiz.
Qarama-qarshiliklar birligi qonuni. Qarama-qarshilik – narsalar va hodisalardagi bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini istisno etuvchi tomonlar, xossalar, tendensiyalar, jarayonlarni aks ettiruvchi falsafiy kategoriya (assimilyasiya – dissimilyasiya, o’zgaruvchanlik – tug’malik, ishlab chiqarish – iste’mol qilish, yaxshilik – yomonlik va sh.k.). Qarama-qarshiliklar – o’zaro bog’lanishli bo’lgan tushunchalar. Turli jihatlardan olingan taqdirda, ular o’zaro birlikni tashkil etmaydi va bir-biriga zid bo’lmasligi mumkin.