Jonli narsalarning jonsiz narsalarga bog’liqligi. Bugungi kunda biz tushunishga qodir bo’lgan barcha jonli narsalar umumiy holda jonsiz narsalar dunyosi bilan taqqoslaganda dengizdan bir tomchidir. Ammo, jonli narsalar borlig’i to’g’risida so’z yuritganda, u jonsiz narsalar borlig’i bilan uzviy bog’liq ekanligini, uning yuqoriroq bosqichi hisoblanishini qayd etib o’tish lozim.
Jonli narsalar jonsiz (qotib qolgan) tabiat negizida vujudga keladi va yo’qlikka chekinar ekan, ayni shu qotib qolgan tabiat bag’riga qaytadi. Qadimgi yunon faylasuflari butun tiriklik er, suvdan paydo bo’lgan va ularga qaytib boradi, deganida, ayni shu aloqani nazarda tutganlar. Fan, ayniqsa biologiyaning rivojlanishi bilan XIX asr boshlaridan organik dunyo evolyusiyasi haqidagi yaxlit ta’limotlar vujudga keldi. Dastlab J.Lamark (1744-1829), va CH.Darvin (1809-1882) ta’limoti, keyinchalik esa genetika kashfiyotlari, biologiya, kimyo va geologiyaning rivojlanishi jonli narsalar jonsiz narsalardan abiotik (nobiogen, tabiiy) yo’l bilan vujudga kelgan aminokislotalar atrof muhitning muayyan sharoitida birikishi jarayonida tabiiy yo’l bilan yuzaga kelgan, deb qayd etish uchun zamin hozirladi. Masalan, CH.Darvin hayotning vujudga kelishi va uning tabiiy tanlanish natijasida tadrijiy rivojlanishi zamirida yotuvchi o’sish, nasl qoldirish, irsiyat, o’zgaruvchanlik, ko’payish progressiyasi, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish kabi qonunlarni qayd etdi.
Dostları ilə paylaş: |