Kompyuter tizimlarini bajaradigan vazifalariga
qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
o'lchashlar uchun mo'ljallangan kompyuter tizimlari;
avtomatlashtirilgan boshqarish uchun mo'ljallangan kompyuter tizimlari;
texnik diagnostika uchun mo'ljallangan kompyuter tizimlari;
tasvirlarni ishlash uchun mo'ljallangan kompyuter tizimlari va hokazo.
Kompyuter tizimi tushunchasi
Kompyuter tizimlari – bitta kompyuterli, ko'p kompyuterli va ko'p protsessorli tizimlar sifatida quriladi. Kompyuter tizimlari – tezkor va tezkor bo'lmagan rejimlarida ishlashi mumkin. Kompyuter tizimlarini boshqarish – markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan tarzda amalga oshiriladi. Kompyuter tizimlarining vositalari – bir joyga to'plangan holda, yoyilgan holda, ma'lumotlarni bir sathli ishlash vositalari sifatida va ko'p sathli ishlash vositalari sifatida quriladi.
Axborot texnologiyalari texnik vositalar (hardware) va dasturiy ta’minotga (software) bo‘linadi.