2-maruza mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlanishining milliy va xorijiy konsepsiyalari



Yüklə 9,76 Kb.
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü9,76 Kb.
#178157
1   2   3   4
2-MARUZA elementar ppt

-miqdor (kattalik) haqida tasavvurlar hosil qilinadi; -son va sanoq haqida tasavvurlar hosil qilinadi; -geometrik shakllar va predmetlarning shakli haqidagi tasavvurlar shakllantiriladi ; -fazoviy munosabatlarni tushunish va fazoda mo’ljal olish ko’nikmasi hosil qilinadi; -vaqt haqida tasavvurlar shakllantiriladi; -arifmetik masalalar echish haqida bilimlar berilib, birinchi va ikkinchi o’nlik ichida miqdoriy munosabatlar haqida tushunchalar hosil qilinadi.

MTTlarda mashg’ulot davomida bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan quyidagi interfaol usullardan foydalanish mumkin; hikoya, tushuntirish, ko’rsatish, guruhlarda ishlash, juftlikda ishlash, galereyaga sayr, muammoli vaziyat, savol-javob, rag‘batlantirish, amaliy ish, ijodkorlik, bilimlarni mustahkamlash uchun o’yin,masala tuzish , yechimni toppish,grafik diktant.

Bu usullar mashg’ulotlarda almashinib kelgan holda qo’llanilgan. Maktabgacha yoshda asosiy oddiy matematik qonuniyatlari haqida tushuncha. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning asosiy bo‘g‘inidir. Avvallari bu tizim xalq xo‘jaligining turli sohalarida mehnat qilayotgan ota-onalarning ijtimoiy faoliyati uchun shart-sharoit yaratishgagina xizmat qilgan bo‘lsa, endilikda bolalar MTT ish mazmuniga qo‘yilgan talablar ham o‘zgartirildi. Asosiy vazifalardan biri kichkintoylarni maktab bosqichidagi o‘qishga tayyorlashdir.

MTT bolalariga matematikadan samarali ta’lim berish uchun bo‘lajak tarbiyachi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun ishlab chiqilgan «Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi» kursini chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur. Bolalarga real olamdagi yuz beradigan eng sodda hodisalardagi miqdoriy nisbatlarni tushunishga va olamdagi fazoviy shakllarni (joylashishlarini); natural son, geometrik shakl, miqdor va boshqa tushunchalar abstrakt, ammo ular real borliqdagi predmetlarga xos bo‘lgan bog‘lanish va munosabatlarni aks ettiradigan hajmda bilimlar berish. Bu bilimlar fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga mantiqiy fikrlay bilishga yordam berishi kerak. Matematikani o‘rgatish bolalarda o‘z ona tilida xatosiz so‘zlashga, o‘z fikrini aniq va ravon qilib bayon eta bilishga o‘rgatishda yordam berishi kerak


Yüklə 9,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin