2-ma’ruza: mikroorganizmlarning hujayra tuzilishi (2 soat) Reja


- rasm. Prokariotlarning tinch holatdagi shakllarining ko‘rinishi



Yüklə 475,87 Kb.
səhifə4/9
tarix16.12.2022
ölçüsü475,87 Kb.
#75631
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu. MIKROORGANIZMLARNING HUJAYRA TUZILISHI

5- rasm. Prokariotlarning tinch holatdagi shakllarining ko‘rinishi:
A miksobakterilarning miksosporalari; B - azotobakter sistasi; B – sianobakteriylarning akinetlari; G – endosporlar; 1 - nukleoid; 2- sitoplazma; 3-SPM; 4 – hujayra devori; 5 - kapsula; 6 zaxira moddalar granulalari; 7 – ichki qavat (intina); 8 – tashqi qavat (ekzina); 9 - tilakoidlar; 10 - po‘st; 11– sporaning ichki membranasi; 12 sporaning tashqi membranasi; 13 - korteks; 14 sporaning qoplab turgan qoplog‘ich qavatlar; 15 – ekzosporium.

Demak, spora hosil qilish - bakteriya hujayrasi uchun noqulay sharoitga moslashishdir. Spora hosil bo‘lishi sharoitga bog‘liq. Sporalar, vegetativ hujayralar nobud bo‘ladigan sharoitlarda ham tirik qoladi. Ular quritish va bir necha soat qaynatishga ham chidamli. Yetilgan sporalarda moddalar almashinuvi juda sekin boradi.Sporalar qutbli (Clostridium) yoki ekvatorial (Vas. subtilis) usulda o‘sib chiqadi.


Sporalarni o‘ldirish uchun, ular 120°С issiqlikda, 1 atm bosimda sterillanadi. Bunday sharoitda spora 20 minut davomida nobud bo‘ladi. Quruq holatda, ularni o‘ldirish uchun esa 150 - 160°С qizitish zarur va uning muddati esa bir necha soat bo‘lishi kerak.
Spora hosil bo‘lish jarayonida, hujayrada dipikolin kislotasi (piridin 2,6-dikarbon kislota) hosil bo‘ladi. Dipikolin kislotasi sporaning 10 - 15% tashkil qiladi. U sporaning markaziy qismida hosil bo‘ladi. Dipikolin kislota Sa2 ionlari bilan kompleks (Sa ~ DNK) hosil qiladi. Bu kompleksda magniy, marganes va kaliy miqdorining oshishi sporani noqulay sharoit va issiqlikga chidamliligini oshiradi.
Spora hosil bo‘lishining umumiy sxemasi. Spora bakteriya hujayrasining teng bo‘linmasligi va sitoplazma membranasining bo‘rtib chiqishi va nukleoidning oz miqdordagi sitoplazma bilan birga, hujayraning shu qismida to‘planishidan hosil bo‘ladi.Spora hosil bo‘lishida bir qancha o‘zgarishlar ro‘y beradi, avval nukleoidlar morfologiyasi o‘zgarib, yumaloq tanachalarga aylanadi. Protoplazmaning bunday holati prospora deyiladi. Prospora ikki qavat sitoplazma membranasi bilan qoplanadi. Bu ikki qavat orasi peptidoglikandan tuzilgan - korteks bilan to‘ladi.
Inog‘omova (1983) spora hosil bo‘lishini elektron mikroskopda ko‘rilgan manbalar asosida quyidagicha tushuntiradi (6-rasm):
1) eng avval xromatin ipchalari bir yerga yig‘iladi;
2) sporani ajratuvchi to‘siq (septa) hosil bo‘ladi;
3) ona hujayraning protoplastini septa o‘rab oladi;
4) korteks shakllanadi, ya’ni prospora ikki qavat membrana bilan o‘raladi;
5) spora qavatlari shakllanadi;
6) ona hujayra erib ketadi va ichidan yetilgan spora ajralib chiqadi.






Yüklə 475,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin