2-ma’ruza: mikroorganizmlarning hujayra tuzilishi (2 soat) Reja



Yüklə 475,87 Kb.
səhifə2/9
tarix16.12.2022
ölçüsü475,87 Kb.
#75631
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu. MIKROORGANIZMLARNING HUJAYRA TUZILISHI

Kimyoviy tuzilishi. Kapsula geteropolisaxarid bo‘lib, uning tarkibi 90% suvdan iborat, polisaxarid, polipeptid, lipid (tuberkullyoz bakteriyalarda) birikmalaridan tashkil topgan. Kapsulali bakteriyalar kapsulasiz bakteriya yashay olmaydigan muhitlarda ham yashay olishi mumkin.
Xivchinlar. Bakteriyalar ikki hil harakatlanadi. Sirpanib harakatlanuvchi bakteriyalarning (miksobakteriyalar, oltingugurt bakteriyalari) tanasining to‘lqinsimon qisqarishi natijasida hujayra shakli davriy o‘zgarib turadi, natijada bakteriyaning ma’lum turdagi harakati sodir bo‘ladi. Suzib harakatlanish xivchinlari yordamida amalga oshadi. Masalan, spirillalar va kokkilarning ba’zilarida bunday harakatlanishni kuzatish mumkin.





2-rasm. Bakteriya kapsulalari

Bakteriyalar xivchinlarining soni va joylashishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:


Monotrixlar - bakteriya hujayrasining bir uchida bitta xivchin bo‘ladi;
Lofotrix - hujayraning bir uchida bir to‘p xivchini bo‘ladi;
Amfitrix - hujayraning ikki uchida ikki to‘p xivchin bo‘ladi; Peritrix - hujayraning hamma tomoni xivchin bilan qoplangan bo‘ladi (3-rasm).





3 - rasm. Xivchinlarning joylanish tiplari;
1- monotrix; 2- lofotrix; 3- peritrix; 4 - amfitrix.





4 - rasm. Xivchinning tuzilishi:
1 - hujayra po‘sti; 2 - sitoplazmatik membrana; 3 - xivchinlarning membranasi; 4 - xivinlarning diskasi; 5 - blefaroplast

Xivchinlarning soni ham har xil. Spirillalarda 5 - 30 tagacha, vibrionlarda 1, 2 ta yoki 3 ta xivchin bo‘lib, ular hujayra qutblarida joylashadi. Ba’zi tayoqchasimon bakteriyalar - Proteus vulgaris, Clostridium tetani kabilarda 50 - 100 gacha xivchin bo‘ladi. Xivchinlarning eni 10 - 20 nm, uzunligi 3 - 15 mkm. Xivchinlar uzunligi bakteriya kulturasining tabiati, oziqa yoki tashqi muhit ta’siriga qarab har xil bo‘ladi. Xivchin kimyoviy jixatidan oqsil modda - flagellindan tuzilgan. Xivchin bakteriya hayotida katta rol o‘ynaydi. Bakteriyalarni ba’zi bir oziqa muxitlarida xivchinsiz qilib ham o‘stirish mumkin. O‘sish fazasiga qarab, bakteriyalarning xivchinli va xivchinsiz davrlari bo‘ladi. Bakteriya xivchinini yo‘qotsa ham yashayveradi. Xivchin bazal plastinkaga yopishgan bo‘ladi (3-rasm). Plastinka esa sitoplazmatik membrana tagida joylashgan. Bazal tanacha, bakteriyada motor vazifasini bajarib, xivchinni harakatga keltiradi. Bazal tanacha xivchin bilan ilmoq orqali birikadi. Bazal tanacha o‘z navbatida 4 ta xalqa bilan ta’minlagan (4-rasm). Halqalar sterjen orqali bir tizimga birlashadi (M, S, R, L - halqalar). Bu halqalar bir - biriga nisbatan harakatlanadi, sterjen esa xivchinni harakatta keltiradi. Harakat tezligi temperatura, osmotik bosim va muhit yopishqoligiga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zi bakteriyalar 1 sekunda 1 bakteriya tanasi uzunligicha, ba’zilari esa 50 tana uzunligiga teng masofacha harakat qiladi. Odatda ular tartibsiz harakat qiladi, ammo ularda kimyoviy moddalarga nisbatan taksis hodisasini kuzatiladi, bunga xemotaksis deyilsa, kislorodga nisbatan harakati aerotaksis, yorug‘likga nisbatan harakat bo‘lsa fototaksis deyiladi.



Yüklə 475,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin