3
Course (kurs):
umumiy qoidalar, vaqt cheklovlari va belgilangan
maqsad asosida tashkil etilgan bo‘lib, uning tarkibidagi materiallar
tizimlashtirilgan hamda tartibga solingan holda taqdim etiladi
MOOCNING AFZALLIKLARI
Bepul onlayn ta’lim.
MOOC tarkibidagi “ochiq” atamasi bepul yoki
shartli bepul degan ma’noni anglatadi. Qoidaga ko‘ra, kursda o‘qish va
amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun mablag‘ talab etilmaydi. Agar
mablag‘ talab qilinsa ham, MOOC kursining xarajatlari kunduzgi ta’lim
xarajatlaridek ko‘p bo‘lmaydi.
Zamonaviy mutaxassisliklar
. Hozirgi texnika asrida mehnat bozori
jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Ma’lumki, asrlar davomida
shakllangan va davr sinovidan o‘tgan mutaxassisliklarga ega bo‘lish
uchun yillar davomida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish talab qilinar
edi. Onlayn rejimda tashkil etilgan kurslar esa mehnat bozorida
kechayotgan o‘zgarishlarni yashin tezligida ilg‘ab olmoqda va aynan
bugungi kun talabiga javob beruvchi mutaxassisni tayyorlash uchun o‘z
o‘quv dasturlarini taqdim etmoqda.
Dostları ilə paylaş: