2-ma’ruza reja turli geologik sharoitlarda konni suv bostirib ishlatish sistemalari


Xulosa qilib aytish kerakki, suv bostirish metodini qo’llash samarasi ko’proq neftning qovushqoqligiga bog’liqdir, chunonchi



Yüklə 47,96 Kb.
səhifə7/13
tarix22.12.2023
ölçüsü47,96 Kb.
#190504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
2-ma’ruza reja turli geologik sharoitlarda konni suv bostirib is-kompy.info

Xulosa qilib aytish kerakki, suv bostirish metodini qo’llash samarasi ko’proq neftning qovushqoqligiga bog’liqdir, chunonchi: 1) neft qovushqoqligi 25-30 mPa·s bo’lganda, tozalanmagan suvdan foydalanish, sirt-faol moddalar va boshqa kimyoviy reagentlar bilan ishlov berilgan qatlam suvini uyumga haydash mumkin; 2) neft qovushqoqligi 25-30 dan 50-60 mPa·s gacha bo’lganda, haydalayotgan suvga neft va suv qovushqoqligi nisbatini pasaytiruvchi kimyoviy reagentlar va quyultiruvchi moddalar bilan ishlov beriladi; 3) neft qovushqoqligi 60-70 mPa·s bo’lganda uyumga suv bostirish naf bermaydi, shu sababli uyumni ishlatishda qovushqoqlikni keskin pasaytiruvchi issiqliq va boshqa ta’sir metodlaridan foydalaniladi. Suv bostirish metodlari samarasi faqat neft qovushqoqligigagina bog’liq bo’lmay, shuningdek, qatlamning asosiy geologik-fizik ko’rsatkichlariga – uning litologik-fizik tavsifiga, kollektorlik xususiyatlariga, ayniqsa o’tkazuvchanligiga, tarkibining bir xilliligiga va boshqalarga bog’liq.
NEFT VA GAZ UYUMLARINI ISHLATISH
JARAYONIDA QATLAMGA TA’SIR KO’RSATISH SISTEMALARI
Gaz qalpoqli mahsuldor qatlamlar va neft uyumlari qatlamga ta’sir etish yo’li bilan ishlatilganda gaz qalpog’i va neft uyumi hajmlari nisbatiga hamda neft uyumining balandligiga ko’ra o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Uyumni tabiiy sharoitlarda (bosimni saqlash ishlarini bajarmasdan) ishlatishda gaz-neft tutash yuzasi holatini saqlash muhim tadbirlardan hisoblanadi, unga erishish uchun chiqarib olinayotgan gaz va neft debiti boshqarib turiladi.
Neft uyumining hajmi nisbatan katta bo’lsa, uni ishlatish jarayonida gaz qalpog’idan gazning yorib chiqishining oldini olish maqsadida to’siqli suv bostirish amalga oshiriladi. Bunday holda gazlilikning chegarasi ichi bo’ylab yoki uning yaqinida chiziqsimon joylashtirilgan haydash quduqlari orqali suv yuboriladi, natijada qatlamda suv to’sig’i hosil bo’ladi. U gaz shapkasini neft uyumidan ajratadi va neftning muvaffaqqiyatli chiqarib olinishini ta’minlaydi.
Agar neft va gaz uyumida neft faqat yirik gaz uyumi bo’ylab neft hoshiyasini hosil qilsa, uni yer yuzasiga chiqarib olish juda qiyin kechadi. Bunday holda uyumning ishlatish samaradorligi ishlatish quduqlarining (gazlilik va suvlilik chegaralariga nisbatan) to’g’ri joylashtirilishiga bog’liq. Neft uyumidan neftni chiqarib olmasdan turib, gaz shapkasidagi gazni cheklanmagan miqdorda chiqarib olish yomon oqibatlarga olib keladi.
Neft va gaz zaxiralari katta bo’lsa, ularni ishlatish masalasi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida hal qilinadi va navbat bilan amalga oshiriladi. Bunda gaz shapkasidan gaz olish chog’ida neft yo’qotilishini baholash muhimdir.
Shuningdek, neft va gaz uyumlarini ishlatishda qatlam bosimini saqlash va gaz-neft tutash yuzasi holatining harakatsizligini ta’minlash maqsadida chegara tashqarisiga suv bostirish imkoniyatlari ham hisobga olinadi. Neft uyumini chekka suvlar bosimidan foydalanib ishlatish sistemalari. Sistema tabiiy suv bosimli yoki faol tarang-suv bosimli rejimdagi qatlam tipidagi neft uyumlarida qo’llaniladi. Bunga ko’ra ishlatish quduqlari neftlilikning chegarasi ichiga parallel holda, uyumning neftli qismida halqasimon qatorlar shaklida joylashtiriladi. Quduqlar imkon qadar shaxmat tartibida joylashtiriladi (10.11-rasm). Quduqlarning suvsiz ishlatish davrini uzaytirish maqsadida quduqlar qatori oralig’idagi masofa quduqlar oralig’idagi masofaga nisbatan kattaroq qilib olinadi. Shu maqsadda tashqi qatordagi quduqlarda qatlamning neftga to’yingan pastki qismi teshilmaydi. Ichki qatordagi quduqlardagi neftga to’yingan qatlamlar qalinligi bo’yicha teshiladi. Quduqlarning bunday joylashtirilishi va teshilishi uyumga chekka suvlarning kirib kelishini va undan suyuqlikni chiqarib olishni ta’minlaydi. Uyumning suv-neftli qismidagi neft suv ta’sirida siqilib, quduq tomon harakatlanadi. Uyumni ishlatish jarayonida neftlilik chegarasi tortilib, kichrayib boradi, uyum o’lchami kamayadi. Shunga ko’ra dastlab quduqlar qatorining tashqi halqasidagi quduqlar suvlanadi va ishdan chiqadi, ma’lum vaqt o’tgach esa keyingi qatorlardagi quduqlar ham ishdan chiqadi.

Yüklə 47,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin