2-ma’ruza reja turli geologik sharoitlarda konni suv bostirib ishlatish sistemalari


Neft uyumining chegara tashqarisiga suv bostirib ishlatish sxemasi



Yüklə 47,96 Kb.
səhifə3/13
tarix22.12.2023
ölçüsü47,96 Kb.
#190504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2-ma’ruza reja turli geologik sharoitlarda konni suv bostirib is-kompy.info

Neft uyumining chegara tashqarisiga suv bostirib ishlatish sxemasi. 1 – neft shiqarish qudug’i; 2 – suv haydash qudug’i; 3 – neftlilikning tashqi chegarasi; 4 – neftlilikning ishki chegarasi.
Chegara tashqarisiga suv bostirish metodini amaliyotda qo’llash oblasti xuddi tabiiy suv bostirish oblastidagi kabi sabablarga muvofiq chegaralangandir, chunonchi: neftlilik maydonining kengligi 5 km gacha bo’lganda burmaning har bir qanotiga quduqlarni uch qatordan ko’p qilib loyihalash mumkin, bunday hollarda chegara tashqarisiga haydalgan suv markaziy quduqlarni energiya bilan ta’minlay olmaydi. Odatda uyumning eng chekka qismlari yuqori mahsuldor hisoblanadi. Kengligi 4-5 km dan katta bo’lgan uyumlarda chegara ichra suv bostirish yaxshi natija beradi.
Chegara tashqarisiga suv bostirishning samaradorligi qatlamning tabaqalanishiga, shuningdek, ushbu sistemaning muvaffaqiyatli qo’llanilishi mahsuldor qatlamning bir tarkibliligiga ham bog’liq. I.P.CHalovskiyning fikricha, chegara tashqarisiga suv bostirish quyidagi hollarda foydali hisoblanadi:
a) qatlamning kollektorlik xususiyatlari nisbatan yuqori – 0,2·10-12 m2 bo’lganda;
b) neft va suv qovushqoqligi nisbati kichik – 3 gacha bo’lganda;
v) neft harakatchanligi 0,2·10-12 m2/(mPa·s) dan yuqori bo’lganda.
Uyumni chegara bo’ylab suv bostirish sxemasi (M.A.Jdanov, 1981) Neftlilik chegarasi: 1 – tashqi, 2 – ishki; 3 – haydash quduqlari, 4 – ishlatish quduqlari
Uyumni ishlatishning chegara tashqarisiga suv bostirish metodining samaradorligi asosan qatlamga haydalayotgan suyuqlik hajmining qatlamdan olinayotgan suyuqlik hajmiga nisbati bilan aniqlanadi: suyuqlik kam haydalganda suv bostirish jarayoni kam samarali bo’ladi; agar qatlamga suyuqlik ortiqcha haydalsa, u holda suv chegara tashqarisiga oqib ketadi va bu jarayon ham kam mahsuldor hisoblanadi (ko’pincha suyuqlik haydash samarasi 20-50% bo’ladi).
Haydash va ishlatish quduqlarini to’g’ri joylashtirish ham muhimdir. Ishlatish quduqlarini neftlilik chegarasidan birmuncha uzoqlashtirish maqsadga muvofiq, haydash quduqlarini esa undan taxminan haydash quduqlari oralig’idagi masofaning yarmiga teng keladigan masofaga joylashtirish kerak. SHuning uchun boshlang’ich neftlilik chegarasini aniq belgilash juda muhimdir.
Chegara bo’ylab suv bostirish – qatlam bosimini bir me’yorda saqlab turish uchun uyumning neftli qismiga chegara bo’ylab suv haydaladi.
Bu metod qatlamning chegara tashqarisidagi suvli qismining o’tkazish imkoniyati past yoki qatlamning suvli va neftli qismlarini o’zaro gidrodinamik aloqasi yomon bo’lganda qo’llaniladi. Bunday hollarda haydash quduqlari qatlamning suv-neftli qismida neftlilikning ichki chegarasi bo’ylab joylashtiriladi. Uyumni ishlatishning bunday sistemasi dastlab V.S.Malik-Pashaev tomonidan Ozorbayjon Respublikasining dengiz qismi konlaridagi kirmakin suv osti svitasida qo’llanilgan (rasm).
Neftlilik chegarasidagi qatlamning o’tkazuvchanligining yomonlashuvi biokimyoviy jarayonlar ta’siriga hamda eritmadagi mineral moddalarning cho’kishiga sabab bo’ladigan temperatura sharoitlarining o’zgarishiga bog’liq. SHu sababli uyumning chekka qismlarini va qatlamning chegara tashqarisidagi zonasini geologik nuqtai nazardan o’rganish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Chegara ichra suv bostirish – neft qatlami (uyumi)ga suv yuborish orqali qatlam bosimini bir me’yorda saqlash metodi. Chegara tashqarisiga haydalgan suv konning markaziy qismidagi neft zaxiralarining kattagina qismini o’rab oladi, shu sababli chegara ichra suv bostirishni loyihalash zarur, aks holda ko’p sonli haydash quduqlarini burg’ilash lozim bo’ladi, neftni chiqarib olish sur’ati boshlang’ich olinadigan zaxiralarning 2,5% dan ko’p bo’lmaydi, bunday hollarda suvning katta qismi neftlilik chegarasining tashqarisiga oqib o’tadi, shu sababli suyuqlik haydash zonasini boshqa joyga ko’chirish ehtiyoji tug’iladi. Chegara ichra suv bostirish dastlab 1952-55 yillarda Rossiya Federatsiyasidagi Romashkino konida A.P.Krilov tomonidan qo’llanilgan. Bu metodda neftlilik chegarasi ichida joylashgan haydash quduqlari orqali suv haydaladi. Uyumni ishlatishning bunday sistemasi chegara tashqarisidagi va chegara bo’ylab joylashgan zonalardagi qatlamning o’tkazuvchanligi yomon va neftlilik maydoni juda katta bo’lganda qo’llaniladi, bunda faqat chegara tashqarisiga suv bostirish bilan chegaralanib bo’lmaydi (rasm).

Yüklə 47,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin