2-ma’ruza: she’r yodlash usullari. Badiiy o‘qish vositalari haqida umumiy ma’lumot. Matn ustida ishlash, unda ovoz, intonatsiya, urg‘U, pauza, talaffuz, temp, mimika kabi vositalardan foydalanish. Reja



Yüklə 53,75 Kb.
səhifə2/8
tarix22.05.2023
ölçüsü53,75 Kb.
#119952
1   2   3   4   5   6   7   8
2-mavzu ma\'ruza (2) (1)

Qaytarg‘ichlar. Qaytarg‘ichlar inson organizmidagi qattiq qismlardan iborat bo‘lib, ular rezonatorlar deb ham yuritiladi. Inson vujudidagi qaytarg‘ichlar jumlasiga tish, jag‘, tog‘ayning kemirchaklari, burun tog‘aylari, bosh suyagi, ko‘krak qafasi suyaklari va yelka kuraklari kiradi. Paychalarda bo‘lgan tovush ovoz yo‘li orqali o‘tadi, o‘tish paytida ana shu qattiq jismlarga urilishi natijasida jarangdorlik va turli rang-baranglik kasb etadi.
Ovoz turlari va tembr. Inson ovozi baland-pastligi, yo‘g‘on-ingichkaligiga qarab bir necha turga bo‘linadi. Masalan, turlanish jihatidan erkaklar ovozi tenor (baland va ingichka), baraton (o‘rtacha) va bas (past va yo‘g‘on) ovozlarga, ayollar ovozi esa, soprano (o‘rtacha) va alt (past va yo‘g ‘on) ovozlarga bo‘linadi. Ovozning “tembri chiroyli”, “tembri xunuk” degan iboralar aslida muayyan shaxsning ovozi sifatiga berilgan bahodir.
Modulyatsiya. Nutq so‘zlash jarayonida ovozning balandlashib va pasayib turishi m odulyatsiya deb yuritiladi. So‘z ijrochiligi san’atida ovoz modulyatsiyasining ahamiyati juda katta. Chunki bir xil ohangdagi - monoton ovoz zerikarli bo‘lsa, modulyatsiyaga boy ovoz o ‘zining ohangdorligi bilan tinglovchiga xush yoqadi. Badiiy o‘qish san’atini egallashga kirishgan kishining ovozi tabiatan jarangdor, yoqimli va sog‘lom bo‘lishi lozim. Insonda quvonch yoki g‘amginlik tuyg‘ularini uyg‘otishda, qalbini to‘lqinlantirib, junbushga keltirishda hech narsa ovozchalik ta’sirchanlik xususiyatiga ega emasdir, ehtimol. So‘z ustasi tomonidan ovoz tovlanishlari orqali o‘qilayotgan mazmundor she’r beixtiyor inson qalb torlarini chertib hayajonga soladi yoki maftunkor ovozda ijro etilayotgan qo‘shiq tinglovchida yoqimli hissiyotlar uyg‘otadi. Xalq orasida yoqimli ovozning faqat inson hissiyotigagina emas, balki boshqa jonzotlarga ham ta’sir qilish xususiyati haqida afsona va rivoyatlar yaratilgan. Qadim rivoyatlarda aytilishicha, Dovud payg‘ambar dunyoda eng jozibador ovoz sohibi bo‘lgan ekan. U kishi Zabur oyatlarini tilovat qilganlarida hatto osmondagi qushlar ham payg‘ambar boshi uzra gir-gir aylanib, ovozlaridan sarxush bo‘lib uchib ketolmay qolar ekan. “Qissai Rabg‘uziy”da esa shunday hikoya uchraydi: “Rum viloyatining odati bor, tevalari chaliqliq (sho‘x) burunduqlatmasalar yangi tushgan kelinlarni kelturub un tuzub yirlayturlar. Tevalar ularning ovozlariga xushlanib o‘zlarindin kecharlar - ilikka ilinurlar”. Darhaqiqat, inson ziynati hisoblangan yoqimli ovozda sehru joziba bor.So‘z ijrochiligi bilan shug‘ullanuvchi kishilar, xususan, o‘qituvchilarning ovozida ham mana shunday joziba bo‘lishi zarur. Jarangdorlik, keng diapazonlik, chidamlilik, o‘zgaruvchanlik, tashqi shovqinlarga nisbatan barqarorlik kabi belgilar ovozning jozibadorligi va ta’sirchanligini ta’minlovchi xususiyatlardir.
Qadimgi dunyoning mashhur notiqlaridan bo‘lgan Mark Tulliy Sitseron ovoz tovlanishlari va uning inson hissiyotlariga ta’siri haqida shunday deydi: «...agar kimda-kim suxandonlikda birinchi bo‘lishni xohlasa, g‘azabli joylarda tarang, keskin, sokin joylarda muloyim ovozda gapirsin; past ovoz unga salmoqdorlik, titroq ovoz ko‘ngilni yumshatuvchi kuch baxsh etadi. Faqat uchtagina: past, yuqori va o‘zgaruvchan ohanglar yordamida taronalarda shunchalik rangin va shunchalik lazzatli barkamollikka erishadigan ovoz tabiati haqiqatan ham, g‘aroyibdir». Boshqa-bir o‘rinda esa, Sitseron inson ovozini musiqa asbobining torlariga o‘xshatadi: «...inson ovozi har bir tegib ketishiga, baland yoki past, tez yoki asta, qattiq yoki sekin javob beradigan (tovush beradigan) torlarga o ‘xshab sozlangan, har bir turning oraliq tovushlari haqida gapirmasa ham bo‘ladi; har bir tur o‘z navbatida to-vushning rangin xillariga ega - mayin yoki qo‘pol, ezilgan yo to‘la, cho‘zilgan yoki uziq-uziq, bo‘g‘iq yoki keskin, uchib borayotgan yoki kuchayib borayotgan tovushlar. Va ushbu tuslardan hech birini bilim va me’yor tuyg‘usisiz boshqarib bo‘lmaydi»
Vaholanki, inson ovozi musiqa torlariga o‘xshar ekan, torlarni ha- rakatga keltirish, undan mazmunli ohang taratish yo‘llarini o‘rganish uchun bilim va to‘xtovsiz mashq talab qilinadi. Darhaqiqat, ovozni, nafasni, gavda harakatlarini va nihoyat tilni rivojlantiruvchi mashqlar har bir kishining ovoz imkoniyatlarini chiniqtirishga katta yordam beradi. Buning uchun esa ko‘proq badiiy asarlarni ovoz chiqarib o‘qish, nafaqat o‘qish, balki qayta-qayta mutolaa qilish lozim. Ayniqsa, nasriy yoki she’riy asarlardagi ovoz o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘rinlarga, asar qahramonlarining ruhiy holati bilan bog‘liq bo‘lgan dramatik lavhalarga alohida e’tibor qaratish va ovoz chiqarib o‘qish zarur.Masalan: Asarda qahramonning keskin tug‘yoni, g‘azabi ehtirosli, shiddatli, ba’zan uzuq-yuluq ovoz bilan ifodalanadi (o‘qiladi). Masalan, Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanidan olingan quyidagi parcha asarni o‘qib ko‘raylik:
- O‘z qiblagohiga qilich ko‘targan senday razil xunrezni nechun yer yutmaydi? Nechun osmon og‘darilib boshingga tushmaydi? - Abdulaziz, taqir boshini sarak-sarak qilib, ko‘zlari sovuq chaqnab yaqinlashib kelardi. Abdullatif devorga suyangancha qilichini ko‘tardi, lekin Abdulaziz to‘xtamadi, u hamon iyagi qaltirab, tishlari shaqillab yaqinlashib kelardi, - mehribon, buzrukvorim!... Ne qilding, mal’un padarkush?...- Abdulazizning ko‘zlaridan tirqirab oqqan yosh tomchilari qorayib ketgan so‘lg‘in yuzini selday yuvib taralmay patak bo‘lib ketgan soqoliga quyilardi.Qo‘rqinch esa, ezilgan dovdiragan va g‘amgin ovoz bilan ifodalanadi.Salohiddin zargar yuragi uvishib: - Pirim, - dedi ovozi qaltirab. - Shu kecha Ko‘ksaroydin sipohlar kelib, yolg‘iz farzandim... mavlono Muhiddinni olib ketgan edilar. Qaytib kelmadi, pirim... Hazratning lablariga bilinar-bilinmas kulgi yugurdi. - Qaytmasa... zurriyotingiz mavlono Muhiddin shahzodaga yoqib qolgandur?... - Pirim... - Beayb parvardigor... osiy banda... gunohini afv etgaysiz, pirim!
Dadillik – tarang, qat’iy, jadallik va shafqatsizlikni bildiruvchi g‘azabnok ovozda ijro etiladi.Ali Qushchi omburday metin panjalari bilan uni bilaklaridan ushlab qattiq siqdi.
– Tort qo‘lingni, shahzoda! - dedi hansirab. - Tilasang shamshiringni olib chopib tashlarsen, tilasang, zindoningda chiritarsen!
Ammo qo‘lingni tort yoqamdin! U shahzodaning qo‘llarini yoqasidan uzib, ko‘kragidan itarib yubordi. Mirzo Abdullatif gandiraklab borib taxt oldiga, zinaga qoqilib ketdi-yu, oltin kursini ushlab qoldi. U nima bo‘lganini tushunolmay, bir zum talmovsirab turdi, keyin ovozining boricha: – Saroybon! Amir Jondor! Kim bor?! – deb baqirdi. Asardagi quvonch tuyg‘usini ifodalagan o‘rinlar ochiq, yumshoq, nozik, shodon va yengil ovoz bilan o‘qiladi.Qalandar ko‘zlarini ochishga majoli yo‘q, o‘zicha jilmaydi:
– Aytmishlarkim, ravzai rizvonda husnda tengsiz hurliqolar bo‘lar emish. Bo‘lsa bordur. Va lekin faqirga o‘shal tengsiz jannatingni ato qilsang, husnda benazir hurliqolaringga qaramas edim.
– Nechun? – kuldi Bonu. – So‘rab ne qilasiz? Faqir barcha hurliqoyu farishtalarni tark etib, Ollodan yolg‘iz sizni tilab olar edim. Tushkunlik esa, bosiq, bo‘g‘iq va noxush, qattiq ovoz bilan ijro etiladi.
Mirzo Ulug‘bek ko‘zlarini yumgancha sekin uf tortdi, peshonasidagi ajinlari quyuqlashib, so‘lg‘in chehrasida bo‘lakcha bir g‘amginlik aks etdi. - Yo‘q! - Mirzo Ulug‘bek sekin bosh chayqadi. - Ali Qushchi yashirinmog‘i lozim. Uni qidirmishlar. Va lekin... kitoblar qayda? Men buni bilmog‘im darkor. Toki... musofir yurtga ketmoqdamen. O‘z elimga qaytmoq nasib bo‘lurmu, yo‘qmu - buni faqat Haq taolo biladur, darvesh...Demak, ovoz o‘zgarishi asar voqealarining kechishi bilan, qahramonlar xarakteri va ruhiy holati bilan chambarchas bog‘liqdir. Badiiy o‘qish jarayonida ovoz asta-sekin ko‘tarilsa maqsadga muvofiqdir, chunki dabdurustdan baqirib o‘qishdan boshlash - qo‘pollikdir. Ijroda ovozni asta-sekin ko‘tarish foydali, chunki ovoz bundan kuchayadi. Ammo ovozni ko‘tarishda chinqirib baqirishgacha yetib bormaydigan chegara bo‘lishi lozim. Taniqli tilshunos olim Hasanboy Jamolxonov nutqda ovoz tovlanishlari va uning gapdagi ahamiyati haqida shunday deb yozadi: “Nutqda ovozning (tonning) baland-past tarzda to‘lqinlanishi melodikani yuzaga keltiradi, melodika esa, gapning ifoda maqsadiga yoki emotsionallikka ko‘ra turlarini belgilashda, sintagmalarni, kirish so‘z yoki kiritma gaplarni ifodalashda muhim vosita sanaladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tebranish chastotasi nutqda boshqa akustik vositalar (urg‘u, intonatsiya, tembr, temp kabilar) bilan munosabatga kirishib, murakkab tovushni hosil qilishi ham mumkin, bunday murakkab tovushlardan esa turli ekspressiv-stilistik maqsadlarda, ayniqsa, she’riy misralardagi tovush tovlanishlarini tarkib toptirishda foydalaniladi” Binobarin, ovoz imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish badiiy o‘qishda beqiyos ahamiyatga egadir.
Mashq. She’rni o‘qing. Ovoz o‘zgarishi bilan bog‘liq o‘rinlarni belgilang. Ovoz tovlanishlarining sababini tushuntiring.
O‘zbekiston Bu dunyoda chamanlar ko‘p,
Bu dunyoda vatanlar ко’p.
Barchasida yashnar gullar,
Barchasida yayrar dillar,
Mening uchun aziz bo‘ston –
O‘zbekiston, O‘zbekiston!
Chorlar ezgu yo‘llar meni,
Ajdodlarim qo‘llar meni.
Bu Vatanda to‘kmasman yosh,
Bu Vatanda egmasman bosh.
Mening uchun aziz bo‘ston –
O‘zbekiston, O‘zbekiston!
Sahrolar gul ochar senda,
Samolar nur sochar senda.
Yulduzlaring so‘nmasin hech,
Bag‘ringga g‘am qo‘nmasin hech,
Mening uchun aziz bo‘s ton –
O‘zbekiston, O‘zbekiston! (M. Mirzo)
Ovoz va nafasni chiniqtiruvchi mashqlar Ovoz va nafasni chiniqtirish uchun m, n, ng, l, r sonor tovushlariga unlilarni qo‘shib talaffuz qilish mashqlari ham yaxshi natija beradi. Shuningdek, tez aytish mashqlari ham ba’zi tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
Mashq. Berilgan harf birikmalarini to‘g‘ri talaffuz bilan o‘qing. Har bir qatomi bir nafasda o‘qishga harakat qiling: mi, me, mа, mo, mo‘ m u , mi; ni, ne, na, no, no‘ nu, ni; li, le, la, lo, lo ‘, lu, li; ri, re, ra, ro, ro‘ ru, ri. Mashq. Tez aytishni mashq qiling. Durdonaning marjoni bir dona, u ming dona danak mag‘zidagin tuzilgan. Eshik oldida buloq, buloqdan suv ichar uloq, uzun quloq.Tilim-tilim tilla qovunning to ‘rt tilimi tilimni tildi.

Yüklə 53,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin