2.2-Ma’ruza. Tabiatshunoslik o‘qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma\'naviy-ahloqiy sifatlari, g‘oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo‘yiladigan umumiy talablar
3-4-mavzu: Sayyoralar. (2 soat, A1+: 3 soat) Quyosh sistemasi. Sayyoralar. Kichik sayyoralar: Merkuriy, Venera, Yer, Mars.
Katta sayyoralar: Yupiter, Saturn, Uran, Neptun.
5-mavzu: Quyosh sistemasidagi boshqa osmon jismlari. (1 soat, A1+: 2 soat) Quyosh sistemasidagi boshqa osmon jismlari: kometalar, asteroidlar, meteorlar, meteoritlar. Kosmonavtikaning qisqacha tarixi, amaliy vazifalari. 6-mavzu: Oy – Yerning tabiiy yo‘ldoshi. (1 soat, A1+: 2 soat) Oyning shakli va o‘lchamlari. Oyning harorati. Oyning harakati. Hilol oy, yarim oy, to‘lin oy. Oyning yorug‘ va qorong‘i tomonlari.
7-mavzu: Yer shari. Globus. (1 soat, A1+: 2 soat) Yerning shakli, o‘lchamlari. Globus – Yer sharining modeli. Shimoliy va janubiy qutblar, ekvator. Beruniy globusi.
8-mavzu: Kun va tun. Yil fasllari. Nazorat ishi. (1 soat, A1+: 2 soat) Yer yuzining Quyosh nuri bilan yoritilishi hamda isitilishi. Uning Yerdagi hayot uchun ahamiyati. Kun va tunning almashinishi. Yil fasllarining almashinishi.
2-BOB. YER YUZASI TABIATINING XILMA-XILLIGI (15 soat, A1+: 30 soat) 9-mavzu: Ufq va uning tomonlari. (1 soat, A1+: 2 soat) Ufq, uning asosiy tomonlari. Kompas. Mahalliy belgilarga qarab ufq tomonlarini aniqlash.
10-mavzu: Yer yuzasining asosiy shakllari. (1 soat, A1+: 2 soat)Yer yuzasining asosiy shakllari: tog‘ va tekisliklar. Materiklar va okeanlar.
11-mavzu: Yer osti boyliklari. (1 soat, A1+: 2 soat) Foydali qazilmalar, yonuvchi, rudali, noruda foydali qazilmalar. Respublikamizda qazib olinadigan asosiy foydali qazilmalar. Yer osti boyliklarini tejash.
12-mavzu: Xaritalar. (1 soat, A1+: 2 soat) Yarimsharlar tabiiy xaritasi. Masshtab. Xaritalarning xilma-xilligi. Tabiiy xaritalardagi shartli belgilar.
13-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi. (1 soat, A1+: 2 soat) O‘zbekistondagi asosiy tog‘lar, tekisliklar, vodiylar va ularning tabiiy xaritadagi tasviri.