2.2-Ma’ruza. Tabiatshunoslik o‘qituvchisi (kasbiy tayyorgarligi, ijodiy va ijtimoiy faolligi, ma\'naviy-ahloqiy sifatlari, g‘oyaviy-siyosiy yetukligi)ga qo‘yiladigan umumiy talablar
A1 kompyuter, televizor va boshqa manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish,
ulardan samarali foydalana olish. A1+ manbalar asosida mavzuga doir kichik referatlar tayyorlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A1 fan to‘garagida mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish, atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish. A1+ maktabda, fan to‘garaklarida tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarda ishtirok etish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A1 farzandlik, o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv
qurollarini asrash. A1+ o‘zidan kattalarga, o‘rtoqlariga va o‘zidan kichiklarga yordam berish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: A1 o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish
maskanlarini asrash va qadriga yetish. A1+ o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalari haqida kichik
referatlar tayyorlay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A1 xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisobkitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
A1+ suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikka doir masalalarni yecha olish. 1-mavzu: Kirish. O‘lkamiz tabiati. (1 soat, A1+: 2 soat) Jonajon o‘lkamiz tabiati. Yozgi kuzatishlar. O‘simlik va hayvonlar hayotidagi yozgi o‘zgarishlar.
1-BOB. YER – QUYOSH SISTEMASIDAGI SAYYORA (6 soat, A1+: 12 soat) 2-mavzu: Yulduzlar. Quyosh. (1 soat, A1+: 2 soat) Yulduzli osmon. Quyosh – eng yaqin yulduz. Quyosh – Yerdagi hayot manbai.