1.5 GNU litsenziyasi
Linux OT lar oilasi Windows dan farqli, ko`pgina tijorat firmalari hamda ochiq kod (Open Source5) fikrini qo`llab quvatlovchi dasturchilar uyushmasi tomonidan rivojlantirilmoqda. Har qanday dasturiy ta`minot nafaqat bajariluvchi modullar, balki kodi ochiq tekst (masalan C/C++ tilida yozilgan) fayllar ko`rinishida bo`lishi kerak. 10 yil oldin Open Source harakati vujudga kelganida, unda faqat xususiy shaxslar – dasturchilar qatnashishgan. Xozirgi kunda Open Source fikri ko`pgina transmilliy korporatsiyalar tomonidan qo`llab quvatlanmoqda, masalan IBM, Sun, Oracle, HP.
Open Source harakatini 1984 yili Richard Stollman tomonidan “GNU Manifesti” yozilishidan boshlangan deb hisoblanadi. GNU – GNU's Not UNIX, ya`ni GNU bu UNIX (va unga tegishli) Emas. Shu paytlari UNIX so`zi tovar belgisi bo`lib yuridik tomondan dasturiy ta`minotni rivojlanishiga to`sqinlik qilar edi. Manifest Free Software Foundation (FSF) – Erkin Dasturiy Tam`minot Jamg`armasini rivojlanishiga bosh turtki bo`ldi. FSF ning maqsadi dasturiy ta`minotni tarqatish, nusxalash, o`zgartirish va o`rganishda cheklovlarni olib tashlash edi.
Dasturchilarni avtorlik xuquqlarini ximoya qilish maqsadida General Pulic License (GPL) litsenziyasi yozildi. Bu litsenziyasining qisqacha mazmuni quyidagicha: siz bu litsenziya ostida tarqatiluvchi dasturiy ta`minotni uning avtori haqidagi ma`lumotlari saqlab qolish sharti bilan, xoxlagancha nusxalash, xoxlagan maqsadda foydalanish, o`zgartirish, tarqatish va sotish xuquqiga egasiz.
1.6 Distributivlar haqida tushuncha
Distributiv – bu dasturiy ta’minotni tarqatish turi hisoblanadi. Odatda distributivlar OT ning boshlang’ish dasturiy ta’minotini saqlaydi. Linux operatsion tizimining ko’plab distributivlari mavjud.
Distributivlarni 3 ta katta guruxga bo`lish qabul qilingan:
Red Hat guruxi (Red Hat, Fedora Project, Mandrake)
Debian GNU / Linux (Debian GNU / Linux, StormLinux)
Slackware guruxi (Slackware, SuSe Linux)
Asosan Linux OTning distributive paketlarining katta qismi Debian asosida yaratilgandir.
Ikki yil oldin foydalanuvchiga qaysi bir distributivni tanlash haqidagi maslaxatni berish qiyin edi. Xozirgi kunda Linux distributivlari yagona bir standartga intilishi, dasturchilarning saloxiyatini asosiy bo'lgan muammolarni xal qilinishiga olib keldi.
Linuxning boshlang'ich foydalanuvchisi nuqtai nazaridan, quyidagi maslaxatlarni berish mumkin: avval ASPLinux (www.asplinux.ru ) yoki AltLinux Junior (www.altlinux.ru ) distnbutivini ishlatish tavsiya etiladi. Bu distributiv Rossiya dasturchilar tomonidan rivojlantirilib kelinmoqda. Deyarli to'liq rus tiliga tarjima qilingan. O'zbek tiliga tarjima qilingan distributivlardan biri esa Doppix (www.dopoix.uz). Avtorning o'zi bu distributivni hali o'rnatib ko'rgani yo'q.shuning uchun bir nima deyish qiyin.
Agarda siz distnbutivni kompyuteringizga o'rnatishni xoxlamasangiz yoki noto'g'ri amal bajarib qo'yishingizdan qo'rqsangiz, bu ham muammo emas. Distributivlarning shunday bir turi mavjudki uni Live CD deb atashadi. Ya'ni bu distributiv CD yoki DVD diskda bo'lib, uni kompyuter CD/DVD- ROM idan yuklanib tayyor Linux OT xosil qilish mumkin. Bunda diskingizdagi ma'lumotlaringiza xech qanday zarar tegmaydi. Xatoki Live CD ni flesh diskli versiyasi ham mayjud. Masalan SLAX www.slax.org , xozirgi kunda reytingi baland bo'lgan va rivojlanayotgan Live distribute hisoblanadi. Boshqa bir Live CD distributivlarni www.livecdlist.com/ saytdan topishingiz mumkin.
Kompyutenngiz eskirib qolganmi ? Buni ham xech qanday muammoli joyi yo'q. Kompyuter resurlanga judayam kam talab qo'yadigan distributiv DeliLinux dir (www.delilinux.ora ). Uning ishlashi uchun 486, Pentium 1,16-32 Mb operativ hotira va vinchesterda 600 Mb joyning o'zi yetarli. Distributiv tarkibiga Icewm oynali menejer, matn taxrirlovchi va internet brauzeri dasturi mavjud.
Linuxda dasturlarning versiyasi xaqidagi ma`lumotlar bevosita fayl nomida aks ettiriladi. Misol uchun asosi Red Hat distributividan kelib chiqgan distributivlarida uchraydigan fayl nomlanishlari:
abiword2.0.11.i386.rpm
hamcommon0.6.314.noarch.rpm
kdegames3.1.42.i386.rpm
Ko`zga tashlanadigan birinchi xolat, bu fayl nomlarida nuqtaning ko`p uchrashi. Bu fayllarni nomlanishini quyidagicha izoxlash mumkin. Avval oxiridan boshlaymiz,
rpm - Red Hat Packet Manager – RPM maxsus paketlar8 bilan ishlashga mo`ljallangan fayl.
i386 – x86 protsessorning 3 avlodi va undan uyqori protsessorlariga mo`ljallangan dastur.
noarch - protsessor turiga bog`liq emas.
2.0.11 - versiyasi
abiword – nomi.
Albatta bu nomlanishi majburiy emas, lekin bu qoidaga amal qilish fayllarni o’qishni soddalashtiradi.
Dasturlarning Beta-versiyalari ham mavjud. Bu versiyalar yaratilgan va hali ma`lum bir foydalanuvchilar guruhi tomonidan sinalmagan hisoblanadi.
Versiyaning birinchi raqamida 0 soni – dasturning norasmiy versiyligini bildiradi. Ikkinchi raqamida toq son bo`lsa – bu dastur versiyasi hali to`liq tugallanmagan hisoblanadi.
Yadro va murakkab yoki tijorat dasturlari uchun versiya raqamlaridan tashqari fayl nomida beta, p, pre indekslarini uchratish mumkin.
Linux OT protsessori x86 oyilasiga tegishli va i386 avlodidan boshlab har qanday kompyuterga o`rnatilishi mumkin. i386 uchun mo`ljallangan dasturlar i586 da ham bemalol ishlaydi, lekin bu dasturni shu i586 uchun optimallashtirish tavsiya etiladi. Shundagina i586 ning to`liq imkoniyatlarini ishlatish mumkin bo`ladi.
i386 da ishlaydigan dastur i586 dan eski degan gap not`g`ri albatta. Shunchaki dastur aynan shu protsessor turida optimal ishlashi ta`minlanadi. Ko`pchilik hollarda dastur yaratuvchilar o`zining dasturlarini oxirgi versiyalarini protsessorning barcha turlari uchun aloxida fayllarbilan ajratadi, masalan:
openssl0.9.7a23.i386.rpm
openssl0.9.7a23.i586.rpm
openssl0.9.7a23.i686.rpm
Linux distributivini zamonaviy kompyuterga o`rnatishda xech qanday muammo chiqmaydi. Lekin eski i386, i486 protsessorli noutbukga Linuxni o’rnatish uchun alohida aynan shu protsessor turiga mos distributivni tanlash zarur.
Dostları ilə paylaş: |