2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va jarayonlar. Oʻzbek shevalari morfologiyasi Reja



Yüklə 42,6 Kb.
səhifə6/13
tarix22.10.2023
ölçüsü42,6 Kb.
#159897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2-ma’ruza. Transkripsiya. O‘zbek shevalaridagi fonetik qonun va -fayllar.org

Diakritik belgilar:
: (ikki nuqta) – tovushning cho‘ziqligini bildiradi;
׳ (akut) – belgining o‘ng tomoniga qo‘yilsa, tovushning palatalizatsiyani, chap tomoniga qo‘yilsa, velarizatsiyani bildiradi;
> va < – bir tovushning ikkinchisiga o‘tishini ko‘rsatadi;
II (parallel chiziq) - ikki tovush yoki so‘zning parallel qo‘llanishiga ishora qiladi;
( ) – qavs ichidagi harf ifodalagan tovushning ba’zan nutqda talaffuz qilinmasligini bildiradi;
[ ] - katta qavs matndagi bo‘g‘in, so‘z, transkripsiya qilingan so‘zlarni ajratib ko‘rsatishga xizmat qiladi yoki respondentdan yozib olingan matndagi noaniqliklarning dialektolog tomonidan tiklanganligini bildiradi, masalan: [Tülki] … nimägä romālni āldiηiz ... Bu o‘rinda fikr egasini bidirgan so‘z katta qavs ichiga olib ko‘rsatilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, keyinchalik matn bayonida zarur o‘rinlarda so‘z va grammatik ko‘rsatkichlarning adabiy tildagi va turkologiyadagi (ba’zan kirill yozuvi asosidagi) transkripsiyasi keltirilib boriladi.
O‘zbek shevalarining murakkab tarkibga egaligi, avvalo, ularning fonetik jihatdan rang-barangligi tufaylidir. O‘zbek shevalari unli va undoshlar miqdori va sifati, fonetik qonunlar, fonetik jarayonlarning o‘ziga xosligi jihatidan o‘zaro farqlanadi va, aksincha, ayrim jihatlariga ko‘ra, ular bir-biri bilan o‘xshashliklarga ham ega bo‘ladi.
Unlilar tizimi (vokalizm). O‘zbek shevalaridagi unli tovushlarning miqdori va sifati munozarali masalalardan biridir, chunki dialektologiyaga oid ishlarda unli fonemalar haqida fikr yuritilganda, ularning miqdori 18 tagacha yetadi, degan ma’lumotlar ham beriladi. Aslida shevalar fonetikasi o‘rganilar ekan, ulardagi fonemalar emas, balki konkret nutq tovushlari e’tiborga olinishi lozimligini qayd qilish o‘rinli bo‘ladi.
Oʻzbek tili shevalarda jami 13ta unli qo‘llanadi. Singar-monizmni yo‘qotgan shevalarda 6, 7ta, singarmonizmli shevalarda esa 11ta unli qo‘llanadi. Toshkent dialektidagi shevalarda i, e, ä, ā, o, u; Samarqand shahar shevasida i, e, ä, a, o, u unlilari iste’molda bo‘lsa, Qo‘qon, Marg‘ilon, Chust, Qarshi, Sariosiyo kabi shevalarda ā unlisi bilan birgalikda a unlisi ham uchraydi. Qirg‘izistonning O‘sh, O‘zgan, Jalolobod kabi shevalarida 8ta – i, e, u, ü, ö, a ā, ä; Olabuqa, Oqtam, Aravon shevalarida 7ta – i, e, u, ä, o, ā, a unli mavjud.
Shimoliy o‘zbek shevalarida (Turkiston, Shimkent, Sayram) 11ta: a, e, ä, i:, i, ї:, ї, o, ö, u, ü unli mavjud. Qipchoq va o‘g‘uz lahjasidagi shevalarda ham 11ta unli tovush qayd qilinadi. Ularni jadvalga quyidagicha joylashtirish mumkin (7-rasm). Bu unlilar to‘g‘risida transkripsiyani tavsiflashda to‘liq ma’lumot berildi.

Yüklə 42,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin