Yangi o‘zbek transkripsiyasi. Bunda ko‘p yillardan beri turkologiyada qo‘llanib kelinayotgan transkripsiya tizimiga asoslanildi. Bundan buyon dialektologiya bo‘yicha tadqiqot olib boruvchilarga lotin alifbosi asosidagi quyidagi transkripsiya tizimidan foydalanish tavsiya qilinadi.
Unli tovushlarni ifodalashda ishlatiladigan transkripsion belgilar. Unli tovushlar barcha tillarda ham ko‘p qirrali bo‘lib, u o‘zbek shevalarida, ayniqsa, fiziologik jihatdan rang-barangdir. Unlilarni ifoda qilishda o‘zbek dialektologiyasida quyidagi belgilar-dan foydalaniladi:
a(a) – umumturkiy, orqa qator, quyi-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi. Singarmonizmni saqlagan o‘zbek shevalari uchun xarakterlidir. Masalan, qipchoq shevalarida: ana, ata, bala;
ä (ä) – aksariyat turkiy tillarda qo‘llanadi va old qator, quyi-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi: äkä, änä, jäšä. Bu unli barcha o‘zbek shevalarida qo‘llanadi;
ā (ā)– orqa qator, quyi-keng, qisman lablangan unlini ifoda qiladi. Shahar va shahar tipidagi shevalarda keng qo‘llanadi: āl, āš, bāl;
e (e) – old qator, o‘rta-keng, lablanmagan unlini ifoda qiladi, barcha o‘zbek shevalarida mavjud: el, bel, jel, kel;
i (i) – indifferent, shahar shevalarida tarixan i: va ï: unlilarining birlashishi (konvergensiyasi) natijasida hosil bo‘lgan tovushni ifoda qiladi, old qator, yuqori-tor, lablanmagan unli. Singarmonizmli shevalarda i: unlisining nisbatan qisqa talaffuz qilinadigan variatsiyasini bildiradi: keldi, jetti, bir;
Shahar shevalarida barcha bo‘g‘inlarda kela oladi: kirgin, bārdi;
i: (i:) - old qator, yuqori-tor, lablanmagan unlini ifoda qiladi, cho‘ziqroq talaffuz qilinadi. Barcha o‘zbek shevalarida mavjud: i:š, ti:l (Buxoro). bi:l (Farg‘ona). Ko‘pincha unga ikki nuqta ham qo‘yiladi;
Dostları ilə paylaş: |