2-mavzu – axloqiy tarbiyaning mazmuni va mohiyati reja: Axloqiy tarbiyaning tarixiy ildizlari


Shaxs ma’naviy yuksalishida qadriyatlarning ahamiyati



Yüklə 200,82 Kb.
səhifə6/7
tarix21.12.2023
ölçüsü200,82 Kb.
#188824
1   2   3   4   5   6   7
AXLOQIY TARBIYA

Shaxs ma’naviy yuksalishida qadriyatlarning ahamiyati
Bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z o‘quvchilarining har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratishi, ya’ni ularni o‘qishga, ta’lim olishga qiziqtirishi va ishtiyoq uyg‘otishi bilan birga ularning idrok etish, fikrlash qobiliyatlarini, dunyoqarashini kengaytirish kabi sifatlarini o‘stirishga o‘z kasbiy faoliyatini to‘liq safarbar etmog‘i lozim. Bunda ular o‘z o‘quvchilarining ruhiy holati va imkoniyatlari, layoqati, yetukligi (yoshi nuqtayi nazaridan), ma’naviy ehtiyoji, yashash muhiti (oiladagi turmush tarzi va ular yashaydigan jamoa — mahalladagi muhit umumsog‘ligi) kabi omillarni e’tiborga ola bilish qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
Bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z kasbiy sohalarida quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi: o‘z o‘quvchilarini sevish va ular bilan ishlashga qiziqish; pedagogik faoliyatni sevish va bu faoliyatni o‘zining hayotiy ehtiyojiga aylantirish; ruhiy va pedagogik jihatdan ham ziyrak, kuzatuvchan, sinchkov bo‘lish; pedagogik taktik va tasavvurga hamda tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish; adolatlilik, dilkashlik, talabchanlik va qat’iyatlilikni uyg‘un holda olib bora olishlik; maqsadga intilishda to‘g‘ri yo‘lni tanlay olishlik; vazminlik, o‘zini idora qilishlik, shuningdek, kasbiy faoliyatga layoqatning yuksaqligi va shu kabilar.
Shuning bilan birga bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yoshlardagi burchga mas’uliyat (javobgarlik hissi)ni tarbiyalash sir-asrorlarini mukammal egallamog‘i lozim. Ushbu sohada olib borgan izlanishlarimiz natijalarining ko‘rsatishicha, bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ma’naviy qiyofasi shaqllanishida, asosan, quyidagilarga e’tibor berish kerak ekan:
— oila, mahalla va maktabni muqaddas deb bilish;
— bola xatti-harakatini tahlil qila bilish va rejalashtirilgan ta’lim-tarbiya, bola ongi va tasavvuriga mos qilib, halol va harom, to‘g‘rilik va egrilik, yaxshi va yomon, mardlik va nomardlik, ma’naviyatlilik va vaxshiylik kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini singdira olish qobiliyatiga ega bo‘lish;
— bolaning erkin, mustaqil va to‘g‘ri, keng ko‘lamli fikrlashini shaqllantirishning shaql, usul va vositalarining optimal variantlarini tanlay olish;
— o‘tmish boy axloqiy-ma’naviy merosimizga hurmat uyg‘ota bilish uslubiyatini yarata bilish;
— axloqiy g‘ururni uyg‘otish, davlat ramzlariga hurmat va unga mos g‘ururni shaqllantirish, fidoyilikni shaqllantirishning sir-asrorlarini o‘rgata bilish;
— o‘z o‘quvchilarini go‘zal, ziyrak, aqlli, ongli, axloqiy g‘ururli, sezgir, sinchkov, farosatli, madaniyatli, ma’naviyatli va shu kabi xislatlarni shaqllantirishga innovaеsion yondashuvlar qila olishga erishish;
— o‘z o‘quvchilarini vatanparvar, baynalmilalchi, fuqarolik burchini chuqur his qiluvchi va shuningdek, axloqiy istiqlol g‘oyalariga sodiq ma’naviyatli kishilar darajasida tarbiyalashga yangicha munosabatlarni shaqllantirish va shu kabilar.
Umuminsoniy qadriyatlar o‘zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilinishi, dunyodagi ko‘plab xalqlar (elatlar, millatlar)ning o‘tmishdagi, hozirdagi hamda istiqboldagi (kecha > bugun > ertaga tizimi bo‘yicha) taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, o‘zida jahon sivilizasiyasining yaxlit va bir butunligini ifodalaganligi bilan mintaqaviy va axloqiy qadriyatlardan tubdan farq qiladi.
Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlarning va millatlarninggina emas, balki bashariyat (insoniyat)ning mulkidir. Demak, umuminsoniy qadriyatlar eng oliy qadriyat bo‘lmish odamning o‘zidan boshlab, uning turmush tarzi, hayot mazmuni, oilasi, jamoasidagi o‘rni bilan bog‘liq bo‘lgan butun insoniyat va jamiyatga tegishli bo‘lgan jihatlar ekan. Umuminsoniy qadriyat jamiki insoniyatga xos bo‘lgan, ularning insoniy fazilatlari, xislatlarini ifodalaydigan an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, ta’limotlar va shu asosda yuritiladigan faoliyat bo‘lib, undan ta’lim-tarbiya sohasida samarali foydalanish ko‘plab istiqbolli muammolarni hal qilishga imkoniyat yaratadi. Shuning bilan birga umuminsoniy qadriyatlardan samarali foydalanish bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining dunyoqarashini kengaytirishga va hattoki jahon sivilizasiyasi taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir qiladi.

Yüklə 200,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin