2-mavzu – milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati reja


Mashg‘ulotning texnologik kartasi



Yüklə 68,7 Kb.
səhifə2/5
tarix05.06.2023
ölçüsü68,7 Kb.
#125483
1   2   3   4   5
TIM 4-2 kurs sirtqi

Mashg‘ulotning texnologik kartasi

Ish jarayonlari vaqti

Faoliyatning mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

I-bosqich. Mavzuga kirish.
(10 minut)

1.1. Mashg‘uloti mavzusi, maqsadi va o‘quv faoliyati natijalarini aytadi. Ta’lim jarayoni “Kichik guruhlarda ishlash” orqali amalga oshirishni e’lon qiladi (1-ilova).

Tinglaydilar, O‘UMga qaraydilar

1.2. “Nima uchun” texnikasidan foydalangan holda talabalarga, “Nima uchun bugungi kunda milliyligiga aloqador bo‘lgan fazilatlarni o‘quvchilar ongiga singdirish dolzarb muammo”? degan savol bilan murojaat qiladi. Bajarilgan ishlarni ko‘zdan kechirib xulosalaydi (2-ilova).

O‘z fikrlarini erkin bildiradilar. Organayzerni to‘ldiradilar.

1.3. Talabalarning fikrini umumlash-tirib, ularni 3-4 ta kichik guruhlarga bo‘ladi.

Interfaol usullardan foydalanilgan holda kichik guruhlarga bo‘linadi

1.4. Talabalarning mashg‘ulotdagi faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari bilan tanishtiradi (3-ilova)

O‘UMga qaraydilar

1.5. Mavzu bo‘yicha tayyorlangan topshiriqlarni tarqatadi (4-ilova)

Topshiriqlar ustida ishlaydilar

II-bosqich.
Asosiy
(60 minut)

2.1.Guruhlarga topshiriqlarni bajarishi uchun yordam beradi. Ularni baholash mezonlari bilan tanishtiradi. Qo‘shimcha ma’lumotlardan foydala-nishga imkon yaratadi. Diqqatlarni kutiladigan natijaga jalb qiladi.

Faol qatnashadilar

2.2. Har bir guruh topshiriqlarni vatman-qog‘ozlarga tushurib, taqdimo-tini o‘tkazishga yordam beradi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosa-larga alohida e’tibor beradi. Topshiriqlarning bajarilishi qay darajada to‘g‘ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi.

Jamoa bo‘lib bajarilgan ish-ning taqdimotini o‘tkazadilar, bahs-munozara yurita-dilar, qo‘shimcha-lar qiladilar, xulosa chiqara-dilar. Baholaydilar.

2.3. Guruhlarga “Muammoli vaziyat” uslubidan foydalanilgan holda “Nima uchun tarbiyada o‘quvchilarning yoshi va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarur?”, deb savol bilan murojaat qiladi (5-ilova).

Mustaqil bajaradilar. Erkin fikrlarini namoyon etgan holda jadvalni to‘ldiradi.

2.4. Har bir guruh topshiriqlarni vatman-qog‘ozlarga tushurib, taqdimotini o‘tkazishda yordam beradi. Yagona xulosa chiqarishga ko‘mak beradi va nihoyasida umumlashtiradi.

Taqdimot o‘tkazadi. G‘olib guruhlarni aniqlab, baholaydi.

III-bosqich.
Yakuniy bosqich
(10 minut)

3.1. Ish yakunlarini chiqaradi. Faol talabalarni baholash mezoni orqali rag‘batlantiradi.

Eshitadi. Aniqlaydi.

3.2. Mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi: “O`zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev asarlarida ma’naviy tarbiya” mavzusida esse yozib keling.

O‘UMga qaraydilar


Yüklə 68,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin