2. Ma’naviy qadriyatlar —ta’lim-tarbiyaning omili Mamlakatimiz istiqlolining dastlabki kunlaridanoq, buyuk ma’naviyatimiz va qadriyatlarimizni, xalqimizning yaratgan boy madaniy merosini avaylab-asrash va keyingi avlodga yetkazish oldimizda turgan muhim masalalardan biridir. Ma’lumki, har qanday jamiyatning kelajagi yosh avlodni qanday ta’lim olishiga va qay tarzda tarbiyalanishiga bog‘liq.
Qadriyatlar — inson uchun ahamiyatli bo‘lgan millat manfaatlari yo‘lida xizmat qiladigan erkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, haqiqat, ma’rifat, go‘zallik, yaxshilik, halollik, burchga sodiqlik singari fazilatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Qadriyatlar o‘zining mazmun-mohiyatiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi, ya’ni:
— tabiiy qadriyatlar (yashash uchun zarur bulgan tabiiy shart-sharoitlar);
— iqtisodiy qadriyatlar (ishlab chiqarish kuchlari va vositalari);
— ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar (erkinlik, tenglik, adolat, tinchlik, hamkorlik);
— ilmiy qadriyatlar (bilimlar, tajribalar, yutuqlar);
falsafiy qadriyatlar (g‘oyalar, mafkuralar, konsepsiyalar);
— badiiy qadriyatlar (san’at, adabiyot, madaniyat);
— diniy qadriyatlar (iymon, e’tiqod, vijdon, savob).
Shu bilan birga, fanda qadriyatlarning milliy va umuminsoniy turlarga ajratilishi an’ana tusiga kirgan. Milliy qadriyatlar ma’lum bir millat, xalq va yelatlarning o‘z tarixiy taraqqiyotida yaratadigan barcha moddiy va madaniy (ma’naviy) boyliklari yig‘indisidan iboratdir.
Qadriyatlar turli-tuman bo‘lib, bular ichida „eng oliy qadriyat — inson“ hisoblanib, qolgan barcha qadriyatlar unga xizmat qiladi. Inson qadriyatining ma’naviy, tarixiy hamda ta’limiy jihatlari o‘ziga xos yangicha fikrlash va yondoshishlarga asoslanadi. Jamiyatda milliy qadriyatlarni o‘z qalbida mustahkam saqlash, atrof-muhit, tabiat va hayotni go‘zal, farovon qilish, demokratiya asoslari hamda jamiyatda amal qilayotgan progressiv g‘oyalar buyuk qadriyat hisoblanadi. Inson qadriyati uning dastavval o‘z-o‘ziga va shu jamiyatga bo‘lgan hurmati hamda munosabati, xulq-atvori bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Bu insonga o‘z xulq-atvorini tartibga solishi, o‘ziga nisbatan talabchanlik va nazoratni kuchaytirishga imkon beradi. Insonning shaxsiy qadrqimmati milliy qadriyatlardan kelib chiqadigan ijtimoiy xususiyatlardan bo‘lib, uni yuksaqlikka olib boruvchi oliyjanob bir kuchdir. Shu jihatdan qadriyatlar insonning ijtimoiy erkinligini va ma’naviy pokligini ta’minlovchi bir buyuk manbadir. Bir so‘z bilan aytganda, mutafakkir olimlar yuksak ma’naviy qadriyatlarni umuminsoniy qadriyatlar doirasida talqin yetdilar va targ‘ib qildilar, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ma’naviy omillarni yuksak baholadilar. Shu ma’noda o‘sib kelayotgan yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirish zaruriyati yuzaga keldi. Axloq kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelib, tarkib topgan, takomillashib kelgan me’yor va qoidalardan iborat bo‘lib, ular kishilarning jamiyatga bo‘lgan munosabatlarini tartibga soladi. Bu me’yor va tartibqoidalar kishilardan jamiyat uchun zarur bo‘lgan axloqqa ega bo‘lishlikni talab qiladi. Axloq insonning dunyoqarashi, xulqini belgilovchi insoniy fazilatdir. Shu bois dunyoqarash o‘zgarmaguncha inson ham o‘zgarmaydi.
O‘zbek milliy pedagogi Abdulla Avloniy axloqqa quyidagicha ta’rif beradi: „Axloq insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va isbotlar ila bayon qiladigan kitob axloq deyilur“.
Axloq — inson hayotida o‘z-o‘zini idora qilish me’yorlarini, boshqalar bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini, halol ishlab, to‘g‘ri hayot kechirish mezonlarini o‘rgatadi. Axloq — tarixiy hodisa. Axloqiy qonun-qoidalar barcha zamonlar uchun bir xil, o‘zgarmas bo‘lishi mumkin yemas. Muayyan jamiyat uchun ayrim axloqiy qoidalar to‘g‘ri bo‘lsa, boshqa davrga kelib noto‘g‘ri bo‘lib qolishi mumkin. O‘zbekona, milliy axloqda ota-bobolarimizning tarixiy tajribalari, davrlar sinovidan o‘tgan saboqlari va bizga doimo madad bo‘lib turgan ruhiy quvvatlari jamuljamdir. Mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun ma’naviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Barkamol insonni axloqiy tarbiyalash, voyaga yetkazish haqida mutafakkirlarimiz bir qator asarlar yaratishgan. Chunonchi, Kaykovusning „Qobusnoma“, Sa’diyning „Guliston“, „Bo‘ston“, Amir Temurning „Temur tuzuklari“, Abdurahmon Jomiyning „Bahoriston“, Alisher Navoiyning „Mahbub ul-qulub“, Husayn Voiz Koshifiyning „Axloqi muhsiniy“ va boshqalarni ko‘rsatishimiz mumkin. O‘zbekiston mustaqillikka yerishgandan so‘ng ta’limtarbiya sohasida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ta’lim-tarbiyada milliy qadriyatlarni shaqllantirish va rivojlantirish asosiy o‘rinni egalladi. Tariximiz, madaniyatimiz, milliy urf-odatlarga e’tibor kuchaydi. Bugungi kun yoshlari mustaqilligimizni mustahkamlashda o‘z e’tiqodi, g‘ayrat-shijoati, madaniyati, bilimi va ularni tatbiq etish mahorati bilan ajralib turadilar. Ular jamiyatda, jamoada xalqlar va millatlar o‘rtasida do‘stlik, sog‘lom turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan muhitni vujudga keltirishga intiladilar.
Komil insonni shaqllantirishda maktabda, oilada sog‘lom ma’naviy muhit barqaror bo‘lishiga erishish muhim ahamiyatga ega. Chunki sog‘lom muhit natijasidagina axloqiy fazilatlar tarkib topadi. Kishi o‘z hayotida axloqiy kamolotga qanchalik ko‘p intilsa, shunchalik o‘z xato-kamchiliklarini anglab boradi. Turon zaminimiz xalqlari axloqiy tarbiya sohasida boy an’analarga ega.
Axloq-odob insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatining negizini tashkil etadi. Shuning uchun ham o‘quvchida jamiyatga bo‘lgan hurmatni yuksaltirish mustaqilligimizni mustahkamlashga, axloqiy madaniyat yegasi bo‘lishga, o‘zini-o‘zi anglab etishga, yaxshi insonlarga bo‘lgan e’tiqodni rivojlantirishga olib keladi. Maktab o‘quvchilari dars va darsdan tashqari jarayonlarda do‘stlik, hamjihatlik, hamkorlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, birovning dardiga darmon bo‘lish kabi fazilatlar xalqimiz va millatimiz kuch-qudratining asosi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotning negizi yekanligini o‘z o‘quvchilariga tushuntirishlari darkor. Ma’naviy-axloqiy tarbiya —ma’naviy ongni bir maqsadni ko‘zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg‘ularni rivojlantirish hamda xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi: jamiyat talablariga bog‘liq bo‘lib, bu talablar, o‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda ma’naviy axloq va e’tiqodni shaqllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim. Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tuzimini takomillashtirishda boshlang‘ich maktab muhim o‘rin egallaydi. Insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatini shaqllantirish, salbiy illatlarga qarshi nafrat uyg‘otish, ongli intizomni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazish kabilar axloqiy tarbiyaning vazifalaridir. Axloqiy tarbiya vazifalaridan yana biri insonning jamiyatga bo‘lgan munosabatini yuqori pog‘onaga ko‘tarishdir. Iymon va insof, so‘z va ish birligi, insonparvarlik yangi qurilayotgan jamiyatning asosiy xususiyatlari bo‘lib qoladi. Shunday ekan, jamiyat va xalq manfaati, uning baxt-saodati uchun kurashish mas’uliyatini har bir fuqaro teran his etishi va unga amal qilishi lozim.
Yoshlarni tarbiyalashda sharqona va milliy axloq-odob normalari asosida ish yuritish bilan birga jamiyatga hurmat, mustaqillikni mustahkamlash, insonlarga insoniy munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni singdirish taqozo etiladi. O‘quvchining jamiyatga bo‘lgan munosabatida milliy birlik, birdamlik va hamkorlik tuyg‘ulari, turli xalqlarga bo‘lgan hurmat kabilar yaqqol namoyon bo‘lishi zarur. O‘zbekiston mustaqilligi, yurtimiz ravnaqi yoshlarni o‘qish, izlanish va mehnatdan qochmaydigan, har qanday qiyinchiliklardan hayiqmaydigan, salbiy illatlarga nafrat bilan qarash ruhida tarbiyalashni talab qiladi. Shunga ko‘ra bugungi jamiyatimizda yashayotgan har bir yosh kelgusida shu o‘lkaning haqiqiy egasi bo‘lib yetishishi, uning gullab-yashnashi haqida qayg‘urishi, erishgan yutuqlarini mustahkamlashi lozim.
Diyorimizda mustakqillik tantanasi tufayli ta’lim-tarbiya tizimida tub o‘zgarishlar vujudga keldi. Milliy qadriyatlarni tiklash, milliy ma’naviyatni yuksaltirish, ayniqsa, sharqona odob-axloq an’analariga ye’tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. O‘lkamizda buyuk rejalar, bunyodkorlik ishlari aql-idrok, sabr-qanoat bilan, tarixiy an’analarimiz, tajribalarimizni hisobga olgan holda qadam-baqadam amalga oshirilmoqda.
An’ana — bu o‘ziga xos ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilarning ongida, hayotida o‘z o‘rnini topgan, avloddan-avlodga o‘tadigan, takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umum yoki ma’lum guruh tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalardir.
Odat („urf-odat“) — kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari. Masalan:
— kichiklarning kattalarga salom berishi;
— erta turib uy-hovlini tartibga keltirib qo‘yish;
— mehmonlarga alohida hurmatda bo‘lish;
—bayram arafasida kasal, ojiz, qiynalganlardan хabar olish;
— yordam lozim bo‘lganlarnikiga hasharga borish kabilar o‘zbek xalqining yaxshi odatlari hisoblangan.
Agar an’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning hamma sohalariga xos bo‘lib, hodisalarning juda keng doirasini qamrasa, odat ijtimoiy hayotning ma’lum sohalarida, ya’ni:
— kishilar turmushi;
— mehnati;
— xulq-atvori;
— muloqoti;
— oilaviy munosabatlarda ko‘proq mavjud bo‘ladi.
Marosim — an’ana va urf-odatning tarkibiy qismi bo‘lib, inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan rasmiy va ruhiy ko‘tarinki, tantanavor vaziyatda o‘tadigan o‘zining umum qabul qilgan ramziy harakatlariga ega bo‘lgan hayotiy tadbir. Masalan:
— ism qo‘yish marosimi;
— nikohdan o‘tish marosimi;
— xotirlash marosimi;
— urug‘ qadash marosimi;
— o‘rimga kirish marosimi va boshqalar.
Odat kundalik hayotning turli vaqtida uchrashi mumkin bo‘lsa, marosim yesa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo‘lganda vujudga keladi.
3. Shaxs ma’naviy yuksalishida qadriyatlarning ahamiyati
Bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z o‘quvchilarining har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratishi, ya’ni ularni o‘qishga, ta’lim olishga qiziqtirishi va ishtiyoq uyg‘otishi bilan birga ularning idrok etish, fikrlash qobiliyatlarini, dunyoqarashini kengaytirish kabi sifatlarini o‘stirishga o‘z kasbiy faoliyatini to‘liq safarbar etmog‘i lozim. Bunda ular o‘z o‘quvchilarining ruhiy holati va imkoniyatlari, layoqati, yetukligi (yoshi nuqtayi nazaridan), ma’naviy ehtiyoji, yashash muhiti (oiladagi turmush tarzi va ular yashaydigan jamoa — mahalladagi muhit umumsog‘ligi) kabi omillarni e’tiborga ola bilish qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.
Bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z kasbiy sohalarida quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi: o‘z o‘quvchilarini sevish va ular bilan ishlashga qiziqish; pedagogik faoliyatni sevish va bu faoliyatni o‘zining hayotiy ehtiyojiga aylantirish; ruhiy va pedagogik jihatdan ham ziyrak, kuzatuvchan, sinchkov bo‘lish; pedagogik taktik va tasavvurga hamda tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lish; adolatlilik, dilkashlik, talabchanlik va qat’iyatlilikni uyg‘un holda olib bora olishlik; maqsadga intilishda to‘g‘ri yo‘lni tanlay olishlik; vazminlik, o‘zini idora qilishlik, shuningdek, kasbiy faoliyatga layoqatning yuksaqligi va shu kabilar.
Shuning bilan birga bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi yoshlardagi burchga mas’uliyat (javobgarlik hissi)ni tarbiyalash sir-asrorlarini mukammal egallamog‘i lozim. Ushbu sohada olib borgan izlanishlarimiz natijalarining ko‘rsatishicha, bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ma’naviy qiyofasi shaqllanishida, asosan, quyidagilarga e’tibor berish kerak ekan:
— oila, mahalla va maktabni muqaddas deb bilish;
— bola xatti-harakatini tahlil qila bilish va rejalashtirilgan ta’lim-tarbiya, bola ongi va tasavvuriga mos qilib, halol va harom, to‘g‘rilik va egrilik, yaxshi va yomon, mardlik va nomardlik, ma’naviyatlilik va vaxshiylik kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini singdira olish qobiliyatiga ega bo‘lish;
— bolaning erkin, mustaqil va to‘g‘ri, keng ko‘lamli fikrlashini shaqllantirishning shaql, usul va vositalarining optimal variantlarini tanlay olish;
— o‘tmish boy milliy-ma’naviy merosimizga hurmat uyg‘ota bilish uslubiyatini yarata bilish;
— milliy g‘ururni uyg‘otish, davlat ramzlariga hurmat va unga mos g‘ururni shaqllantirish, fidoyilikni shaqllantirishning sir-asrorlarini o‘rgata bilish;
— o‘z o‘quvchilarini go‘zal, ziyrak, aqlli, ongli, milliy g‘ururli, sezgir, sinchkov, farosatli, madaniyatli, ma’naviyatli va shu kabi xislatlarni shaqllantirishga innovaеsion yondashuvlar qila olishga erishish;
— o‘z o‘quvchilarini vatanparvar, baynalmilalchi, fuqarolik burchini chuqur his qiluvchi va shuningdek, milliy istiqlol g‘oyalariga sodiq ma’naviyatli kishilar darajasida tarbiyalashga yangicha munosabatlarni shaqllantirish va shu kabilar.
Umuminsoniy qadriyatlar o‘zining mazmuni, mohiyati, keng miqyosda amal qilinishi, dunyodagi ko‘plab xalqlar (elatlar, millatlar)ning o‘tmishdagi, hozirdagi hamda istiqboldagi (kecha > bugun > ertaga tizimi bo‘yicha) taraqqiyoti bilan uzviy aloqadorlikda ekanligi, o‘zida jahon sivilizasiyasining yaxlit va bir butunligini ifodalaganligi bilan mintaqaviy va milliy qadriyatlardan tubdan farq qiladi.
Umuminsoniy qadriyatlar alohida xalqlarning va millatlarninggina emas, balki bashariyat (insoniyat)ning mulkidir. Demak, umuminsoniy qadriyatlar eng oliy qadriyat bo‘lmish odamning o‘zidan boshlab, uning turmush tarzi, hayot mazmuni, oilasi, jamoasidagi o‘rni bilan bog‘liq bo‘lgan butun insoniyat va jamiyatga tegishli bo‘lgan jihatlar ekan. Umuminsoniy qadriyat jamiki insoniyatga xos bo‘lgan, ularning insoniy fazilatlari, xislatlarini ifodalaydigan an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, fikrlar, g‘oyalar, qarashlar, ta’limotlar va shu asosda yuritiladigan faoliyat bo‘lib, undan ta’lim-tarbiya sohasida samarali foydalanish ko‘plab istiqbolli muammolarni hal qilishga imkoniyat yaratadi. Shuning bilan birga umuminsoniy qadriyatlardan samarali foydalanish bo‘lg‘usi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining dunyoqarashini kengaytirishga va hattoki jahon sivilizasiyasi taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir qiladi.
Esda saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan tushunchalar: Metod (yunoncha – aynan nimagadir yo‘l) – maqsadga erishish yo‘lini bildiradi. Yunoncha so‘z bo‘lib, yo‘l, axloq ma’nolarini bildiradi.