2-mavzu. Antik (yunon, rim) adabiyotshunoslik


Suqrot, uning davri va adabiy-estetik qarashlari



Yüklə 91,97 Kb.
səhifə4/13
tarix25.03.2023
ölçüsü91,97 Kb.
#89951
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2-mavzu. Antik (yunon, rim) adabiyotshunoslik

Suqrot, uning davri va adabiy-estetik qarashlari. Ada­biyot va san'at nazariyasiga doir sof ilmiy – falsafiy fikr­larni Suqrot suhbatlarida, Aflotunning «Bazm», «Suqrot apolo­giyasi», «Ion», «Protagor», «Fedon» va boshqa asarlarida uchra­tamiz. Antik davr yunon estetik tafakkurining eng teran tad­qiqotchilaridan biri A.F.Losev «Antik estetika tarixi. Sofist­lar. Suqrot. Aflotun» kitobida Perikl zamonida hukmron bo'lgan falsafada insoniyat hayoti, asosan, fojealardan iboratligi, qudratli taqdir hukmidan hyech bir mavjudot qochib qutila ol­may­di, degan insonning mustaqil aqliy faoliyatini, estetik faoliya­tini, cheksiz hayot go'zalligi, ulug'vorligi, fojeiyligini, quvonch­li, xatto kulgili ekanligini, inson tafakkuri va hayotining chek­siz ko'rinishlari insondan mustaqil yashovchi ma'nolarga, g'oyalar­ga, mohiyatlarga boy ekanligini birinchilar qatorida Suqrot kashf etganligini manbalarni tahlil qilish asosida chuqur tu­shuntirib beradi.
Poeziya va musiqa san'atini geometriya, sonlar nazariyasi qonunlari bilan tushuntirgan buyuk donishmand Pifagor, aksincha, aniq fanlarni ilohiy ruhning oliy ne'mati, deb bilar edi. Pifagor yozganligi aniq bo'lgan asarlar “Tarbiya haqida”, “Davlat haqida”, “Tabiat haqida” kitoblaridir2. Lekin, ba'zi olimlar­ning aniqlashicha, u juda ko'p va turli-tuman mavzularda asarlar yozgan. Shogirdlarining yozishicha, shu sababli Pifagor avvalgi zamonlarda ham goh inson, goh o'simlik, goh hayvon bo'lib yasha­ganligini eslar ekan.
Ulamolar Pifagorni deyarli barcha fanlarning kashfiyotchisi deb ta'riflaydilar. Pontiyali Geraklid fikricha, Pifagor she'­riyat haqida “Yaxlitlik, uyg'unlik” nomli she'riy kitobni, “Muqaddas so'z” nomli bashoratlar kitobini, yana “Ruh haqida” (Aflotun va Arastu ham Ruh haqidagi asarlarida buni eslatgan - M.M.), “Halollik haqida”, yana “Kosli Epixarmning otasi Elo­fal”, “Kroton” (Donishmand) va boshqa asarlarni yozgan3. Pifagor saboqlarining shon-shuhrati shu qadar yuksak ediki, uning shogird­larini ko'rgan odamlar o'zini baxtli his qilar edilar.
Pifagorning izdoshlari orasida Filolay, Empedokl, Aflo­tun, Epixarm, Arxit (Aflotun akademiyasining yetakchilaridan), Krotonli Alkmeon (tibbiyot ilmi daholaridan, Luqmon), Misrda astronomiya va geometriya fanlarini o'rganib, shuhrat qozongan Yevdoks (Aflotunning raqibi) mashhur edi. Keyingi ulamolar qadimgi donishmandlardan har biri bir yoki bir necha ilmlarni chuqur o'rganib, o'z sohasini rivojlantirganlarida, Pifagor bi­rin­chilar qatorida barcha fanlar va sohalarning o'zaro aloqa­dorligini, bir-biri bilan bog'liqligini chuqur o'rganib, barcha fanlar uchun umumiy bo'lgan qonuniyatlarni kashf etgani uchun shuhrati yetti iqlimga tarqalgan.
Pifagorchilarning avvalgi avlodi musiqa va she'riyat san'atida miqdor, sonlar yoki takror va oraliqlarning tartibi, garmoniyasi, mutanosibligi muhim qonuniyat ekanligini kashf etganlar4. Pifagor fikricha, eng oliy go'zallik, eng oliy musiqa, eng oliy uyg'unlik samoviy olam mavjudotlarining ilohiy tar­tibi, abadiy bir maromdagi va bir yo'l (trayektoriya, doira)dagi harakati, barcha yulduzlar, sayyoralar, yoritqichlarning bir-biriga qarshilik qilmay, butun olam garmoniyasini tashkil etishlaridir.

Yüklə 91,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin