2-mavzu. Antik (yunon, rim) adabiyotshunoslik


I-IV asrlarda adabiy-estetik qarashlar



Yüklə 91,97 Kb.
səhifə9/13
tarix25.03.2023
ölçüsü91,97 Kb.
#89951
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2-mavzu. Antik (yunon, rim) adabiyotshunoslik

I-IV asrlarda adabiy-estetik qarashlar. Antik falsafa va estetikaning so'nggi buyuk vakillaridan biri Tianali Apollo­niy (milodning I asri) zamondoshlari tomonidan Pifagor, Suqrot, Aflotunga qiyoslash mumkin bo'lgan serqirra mutafakkir hisob­lanar edi. U Pifagorning badanni o'stirish emas, ruhni o'stirish kerak, degan mazmundagi “Oltin baytlari”ga amal qilib yashagan. Apolloniy yozgan “Pifagor hayotnomasi” asaridan keyinchalik Porfiriy foydalanib, shu nomda asar yozgan. Apolloniyning keng ko'lamdagi hayotnomasini III asrda yashagan mashhur ritorika olimi Flaviy Filostrat Rim imperatori Karakallaning onasi, malika Yuliya Domna topshirig'i bilan yozgan1.
Tianali Apolloniyning shon-shuhrati hayotligidayoq baland edi. Uni kelajakni bashorat qiluvchi (muboshir), Suriya, Misr, Hindiston, Bobil olimlari bilan bahslashuvchi, juda ko'p ilm-fanlarni biluvchi, yulduzlarga qarab fol ochuvchi, musiqa va haykaltaroshlik va bu san'atlarning nazariy asosi - taqlid, fantaziya, shakl va mazmun haqida teran fikrlar bildirgan. Flaviy Filostrat yozishicha, Apolloniy suriyalik hamrohi va shogirdi Damis bilan birga Hindistonning qadimgi poytaxti Taksila shahriga borib, shahar devori oldida Iskandar sharafiga qurilgan qasr ichida Makedoniyalik jahongir va Hindistonning o'sha vaqtdagi podshohi Por o'rtasidagi jang manzaralari, ikkala sarkardaning jasoratli tasvirlarini tomosha qilib, musavvir­larning ijodini baholab, fikr yuritganlar.
Naqqoshlar odamlar, fillar, otlar, sovutlar va qalqonlarni mis, oltin va bronzadan, nayza, qilich va o'qlarni temirdan yasay­dilar. Bu asarni ular Arastu tilga olgan Zevksid, Polignot, Fidiy asarlariga o'xshatganlar. Yunon musavvirlari, haykalta­roshlarning relyeflarida perspektiva (uzoq, yaqinlik), nur va soya tovlanishlari mohirona tasvirlangan. Apolloniy va Damis suh­batidan shu narsa ma'lum bo'ladiki, musavvirlar turli ranglar, bo'yoqlardan faqat shu ranglarning o'zini ko'rsatish uchungina foy­dalanmaydilar. Agar shunday bo'lsa, ayollar yuzini, labini, qoshini bo'yashiga o'xshab qolar edi. Musavvirlar turli ranglardan hayotga, jonli odamlarga taqlid qilish, o'xshatish uchun foydalanadilar. Apolloniy shogirdiga “Hayotdagi narsalarning o'xshashini tasvir­lash uchun avval musavvir aqlida (xayolida demoqchi) shu narsalarni yaxshi tasavvur qilib, so'ng rasmda tasvirlashi mumkin bo'ladi... hamma odamlar aqli va qo'li bilan san'at asarlarini ijod qi­lishi mumkin ekan-da?” Damis: “Yo'q, hamma emas, faqat tasviriy san'atni o'qib, o'rganib, olgan odamlar (musavvir)gina bunday ijod qila oladilar”.
Shundan so'ng Apolloniy masalani yanada oydinlashtirish uchun, rassomlar, haykaltaroshlar ranglar, bo'yoqlarsiz ham, bir rangdagi chiziqlar (yoki relyeflar) vositasida hayot manzaralarini ko'rsata oladilar. Demak, asosiy masala faqat ranglardan foyda­lana bilishda emas ekan-da”, deydi. Bu bilan u ijodiy g'oya, xa­rakter, fantaziya kabi san'at nazariyasi tushunchalarini tilga oladiki, ustoz nazariyotchi A.F.Losev to'g'ri eslatganiday, bu nazariy masalalarda Apolloniy Aflotun va uning shogirdi Arastuning estetik nazariyalariga yaqinlashadi. Lekin A.F.Losev 3-asr muallifi Flaviy Filostratning Tianali Apolloniy haqidagi keng ko'lamli tarixiy, falsafiy romaniga asoslanib, so'nggi ellinizm davrida estetik tafakkur tanazzulga uchradi, degan xulosaga kelgan.
Plotinning buyuk salafi, o'tmishdoshlaridan yana biri Iskandariyali Filon (er. a. 20 - milodning 40-yillari) yunonlar­ning majusiylik diniy falsafasini qadimgilardan birinchi bo'lib rad etdi va Bani Isroil dini bo'lmish “Tavrot”ni himoya qildi, ya'ni yunon falsafasini, Aflotun va Arastu merosini yakkaxudolik diniy e'tiqodi mavqyeidan ko'rib chiqib, yunon iloh­larini tabiat kuchlarining allegoriyalari, majoziy obrazlari deb talqin qildi. Iskandariyali Filon yunon faylasufi sifatida Injilning “Yuqori Ahd” qismidagi tarixiy va mo'jizaviy voqyea-hodisalarni yagona ilohning irodasi deb, Zevsni - Quyosh va yashin, Gerani - Yer, Poseydonni -dengiz, Apollonni ilm-fan va san'atlar, Afroditani - go'zallik, Kiklopni - yovuzlik, Gefestni - hunarmandchilik farishtalari deb baholadi. Bu belgilanish diniy falsafaga emas, balki san'atga taalluqli deb hisobladi. Aslida shunga yaqin qarashlar sharqona dinlardan xabardorlik Pifagor, Suqrot va Aflotunda ham uchrar edi. Lekin davlat dini u vaqt­larda majusiylik bo'lgani uchun bu fikrlarini yashirin tarzda aytar edilar. Aristofan “Bulutlar” komediyasida Suqrotning yashin Zevs bilan emas, bulutlarning holati bilan bog'liq, degan ilmiy fikrlashini masxara qilgan edi. Aflotun “Suqrot apo­logiyasi” (maqtovi) asarida Aristofanning mazkur asarini esla­tib o'tadi. Suqrot yunon ma'budlarini allegorik, majoziy obraz­lar deb bilishini yashirgan bo'lsa ham, dushmanlari buni sezib qolib, uning o'lmiga hukm etilishini talab qilgan va bunga erish­gan edilar.

Yüklə 91,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin