2-mavzu. Axborot kommunikatsion texnologiyalarini tashkil etuvchi komponentalari. Reja


Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi



Yüklə 68,37 Kb.
səhifə4/7
tarix14.12.2023
ölçüsü68,37 Kb.
#179177
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu. Axborot kommunikatsion texnologiyalarini tashkil etuvch

Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi: Operatsion tizimlar (OT) xabarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi. OTning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish - chiqish jarayonini avtomatlashtirish, foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarning bajarilishini boshqaradi. OT kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to‘g‘ri hisoblashga halal beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi, qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma beradi. Bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, OTni uch guruhga bo‘lish mumkin:

  • bir funksiyali(bir foydalanuvchili);

  • ko‘p funksiyali (ko‘p foydalanuvchili);

  • tarmoqli.

Bir vazifali OT bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq vazifani bajarish uchun mo‘ljallangan. Bunday operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir (uni Microsoft firmasi ishlab chiqqan).
Ko‘p vazifali OT vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHMdan jamoa bo‘lib foydalanishni ta’minlaydi (EHM xotirasida bir necha dastur vazifalar bo‘ladi va protsessor kompyuter resurslarini vazifalar o‘rtasida taqsimlaydi). Bunday sinfdagi OTning tipik vakillari -IBM korporatsiyasining UNIX, OS2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va boshqalardir.
Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo‘jallangan. Tarmoqli OT larning tipik vakillari -Novell NetWare, Banyan Vines, IBM LAN, Sun firmasi mahsuloti Solaris dir.


Amaliy DT tarkibiga quyidagilar kiradi: Amaliy DT amaliy dasturchi uchun uning faoliyatining natijaviy maqsadi bo’ladi va bir vaqtning o’zida foydalanuvchining ish qurolidir. Aniq soha mutaxassisi, bir vaqtning o’zida ma'lumotlarni qayta ishlash sohasida, ham mutaxassis bo’lishga majbur emas, u dastur tuzishni bilishi ham shart emas. Ammo u, kompyuter bilan ishlash usul va yo’llarini, tizimli, ayniqsa amaliy dastur vazifasi va imkoniyatlarini o’zining muammoli sohasi uchun bilishi shart.
Amaliy dasturiy ta'minot kompyuterning ishlov berish tizimlarini, turli sohalar masalalarini yechishini ta'minlaydi. Amaliy dastur yoki ilova- bu ma'lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalarining aniq soha masalalarini yoki masalalar sinfini yechishga mo’ljallangan dasturdir. AT ni qo’llash aniq sohasi-muammoli soha deyiladi.
Quyida amaliy dasturlarning turlari keltiriladi:

  • Matn muharrirlari – Word, Word Perfect, Text va ko’pgina boshqa turli bosma hujjatlarni-ma'lumotnoma, vedomostlar, maqola, hisobot va h.k.larni tayyorlash uchun ishlatiladi. Matn muharrirlarining eng kuchlilarini – matn protsessorlari deb ataladi. Matn muharrirlarining maxsus ko’rinishlari nashr tizimlari deyiladi, ular gazeta, jurnal, reklama bukletlari prospekt va kitoblarni ko’paytirish uchun ishlatiladi. Bu Ventura Publisher, Adobe Acrobat, Adobe Page Maker va Quart Xpress dir.

  • Grafik muharrirlar, ular yordamida turli rasm, chizma, grafik, diagramma, illustratsiya va shu bilan birga uch o’lchamli tasvirlar ishlab chiqiladi: Ular Paint, Adobe PhotoShop, Corel Draw, 3Ds Studio va h.k.lar.

  • Elektron jadvallar odatdagi jadvallarning elektron ko’rinishi bo’lib, ularning yordamida matn va sonli ma'lumot avtomatik tarzda qayta ishlanadi. Ular – Lotus, Super Cale, Excel, Quattro Pro va qator shunga o’xshash tizimlardir.

  • MB – bir yoki bir nechta obyektlar ma'lumotlari, xossalari va o’zaro bog’lanishlari haqidagi ma'lumotlarni saqlashga mo’ljallangan dasturiy tizimlar. MB ni ma'lumotlar bilan birlamchi to’ldirish va ma'lumotlarni faol holatda qo’llash (ya'ni predmet sohasini real holatiga mos joriy holatida qo’llash) uchun ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) deb ataladigan dasturlarning uskunali paketlari xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda eng ommaviy MBBT bo’lib, Access MBBT, Fox Pro, Paradox, Informix, Oracle va boshqa dasturlar hisoblanadi.

  • Integrallashgan tizimlar, yuqorida keltirilgan maxsus paketlarga o’xshash komponentalarni, paketning hamma tashkil etuvchilari bilan birga yagona o’zaro bog’lanish uslubini ta'minlaydigan tizim va shu bilan birga paketning turli komponentalari o’rtasida qulay, samarali usulni ham ta'minlaydi. Bunday tizimga yaqqol misol bo’lib MS Office paketi hisoblanadi. Bundan tashqari Corel Word Perfect ni misol qilsa bo’ladi, u o’z ichiga Word Perfect matn muharririni, elektron jadvallarni qayta ishlovchi Quttro Pro ni oladi. Bundan tashqari yana Sun kompaniyasining Star Office paketi mavjud, bu paket turli apparat va dasturiy platformalarda ishlay oladi.


Yüklə 68,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin