Dasturlash texnologiyasining uslubiy vositalari – bu amaliy dasturchilar deb nomlanadigan kategoriyadagi mutaxassislar uchun ish qurolidir. Uskunali dasturiy ta'minot – turli xildagi, inson faoliyatining turli sohalarida ishlatiladigan dasturlar paketlarini ishlab chiqishga mo’ljallangan. Amaliy dasturchilar, nafaqat ma'lumotlarga ishlov berish usullarini bilishlari, balki dasturlarni ishlab chiqishni ham bilishlari kerak. Ular axborot texnologiyalarini aniq qo’llash sohalari – muhandislik sohalari, matematika, fizika, nashriyot tizimi, buxgalterlik, tibbiyot va h.k.sohalarda yaxshi o’zaro bog’lanishi yoki yaxshi birikishi lozim. Oddiy foydalanuvchilar bu guruh dasturlari bilan, qoida bo’yicha to’qnashmaydilar.
Uskunali dasturlar guruhiga quyidagi dasturlar kiradi: turli algoritmik tillar translyatorlari (ular dastur matnini mashina tiliga o’tkazadi-tarjima qiladi) bog’lovchi muharrirlar – ular dasturning alohida-alohida bo’laklarini bir-biriga birlashtirib, butun holatga keltiradi. Sozlovchilar – ular yordamida dasturni yozishdagi yo’l qo’yilgan xatolar topiladi va bartaraf qilinadi.
Dasturlashtirishning kirish tili, translyator, mashina tili, standart dasturlar kutubxonasi, translyatsiya qilingan dasturlarni sozlash va bir butunlikka jamlash vositalarini o‘z ichiga olgan vositalar majmui dasturlashtirish tizimideb ataladi. Dasturlashtirish tizimida translyator dasturlashtirishning kirish tilida yozilgan dasturni aniq bir EHMning mashina buyrug‘i tiliga tarjima qiladi. Kirish tilidan tarjima qilish usuliga bog‘liq holda translyatorlar kompilyator va interpretatorlarga bo‘linadi.
Mutaxassis integrallashgan muhiti-hamma keltirilgan komponentalarni dastur ishlab chiqish uchun yagona, qulay tizimga birlashtiradi.
Amaliyot tizimlari (AT). AT to‘g’risida dastlabki ma`lumotlar Operatsion tizim - kompyuter bilan foydalanuvchi o‘rtasida muloqotni o‘rnatadi, kompyuter asosiy qurilma manbaalarini, qo‘shimcha qurilmalarining ishini boshqaradi. Operatsion tizim dasturlari operativ xotiraga qo‘chiradi bu dasturlarning talablarini bajarib, ishini ta’minlaydi. Dastur vazifasini bajarib bo‘lgandan so‘ng operativ xotirani undan tozalaydi, ya’ni foydalanuvchi ishlashi uchun operativ xotirada keng maydon yaratadi.
OT komandalari asosida foydalanuvchi diskni nomlash, fayllar nusxasini ko‘chirish, ekranda kataloglar ketma-ketligini olish ixtiyoriy dasturlar, printer, displey bilan bevosita ishlash kabi imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Windows operatsion tizimi Microsoft kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo’lib, uning birinchi versiyalari 80 yillarda vujudga keldi va foydalanuvchilar orasida dovrug’ qozondi. Windows ning afzallik tomonlariga quyidagilar kiradi: ma'lumotlar bilan ishlashning yengilligi; bir vaqtning o’zida bir necha dasturlar bilan ishlash; himoyalanganligi; ma'lumotlarning nusxalarini dasturlar orasida osongina almashish; foydalanuvchiga qulay va tushunarli interfeysning bo’lishi; barcha qurilmalarni boshqarish, ularni sozlash va qo’shish; Internet bilan ishlash va elektron pochta bilan ishlashning yengilligi; filmlar ko’rish va musiqalar eshitish va h. Windows OT ning 3.1, 3.11, 95, 98, 2000, NT, Mellenium, XP (SP1, SP2 va SP3), Vista, 7, 8, 8.1, 10 kabi talqinlari mavjud bo’lib, ularning ichida eng ko’p tarqalganlari, Windows Windows 7, Windows 8 va Windows XP talqinlari keng foydalanilmoqda. Shuni alohida aytib o’tish joizki Windows ning oldingi talqinlarida ishlagan foydalanuvchi yangi talqin bilan ishlashda hech qiynalmaydi.