jamiyatni axborotlashtirishning ijobiy va salbiy jihatlari
Axborotning jamiyat rivojidagi o’rni
Mazkur mavzuda: Axborot tushunchasining mazmun va mohiyati. Axborot turlari: ommaviy, siyosiy, ilmiy, ilmiy-texnik, iqtisodiy, agrobiologik, huquqiy, diniy, rasmiy, norasmiy va h.k. Axborot resurslari. Pochta, gazeta, telegraf, jurnal va radio axborot manbai sifatida. Axborotga bo’lgan ehtiyoj. Muloqot va ma’lumot tushunchasining uzviyligi va o’ziga xosligi. Muloqot va ma’lumotning inson hayotidagi o’rni, ahamiyati va manaviy ehtiyojga aylanishi. Xat (maktub) ilk axborot almashuv shakli. Axborot xizmatlari. Axborot olish va foydalanish metodlari. Axborot madaniyati tushunchasi. Axboriy madaniyatlilik bugungi kunning zaruriyati sifatida. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi, mazmun – mohiyati. Insoniyat ijtimoiy taraqqiyotida axboriy jamiyat rivojlanish bosqichlari. Zamonaviy axborot jamiyati xususiyatlari. Axborot jamiyatining xarakterli tomonlari. Jamiyatni axborotlashtirish maqsadi. Jamiyatni axborotlashtirishning ijobiy va salbiy jihatlari. Axborotning jamiyat rivojidagi o’rni kabi masalalar o’rganiladi
Insoniyat jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlari texnik rivojlanish asosida amalga oshgan.Ishlab chiqarishda texnik qurilmalarning yaratilishi(masalan:omochning yaratilishi yoki ma’danlarni eritishni kashf etilishi) mehnat unumdorligining ortishiga olib keldi. Mehnat jamoalarining shakllanishi bilimlar bilan almashish zaruratini yuzaga keltirdi. Birinchi navbatda avloddan avlodga og’zaki shaklda yetkazib berildi. Yozuvning yaratilishi ularni axborot ko’rinishida berish imkoniyatini yaratdi. Axborotning yuzaga kelishi insoniyat jamiyatining izlanishlari natijasi bo’ldi.