5.
EKG xulosa.
Yurak urishlarining to‘g‘riligini tekshirish. R—R
yoki S—S oraliqlari
solishtiriladi.
R—R
oralig‘i bir xil yoki intervallar farqi (yo 10%)dan oshmasligi
kerak. Boshqa hollarda noregulyar yoki noto‘g‘ri ritm deyiladi.
Yurak urishlar sonini aniqlash (YUS).
YQS ni sanash: YQS=60/R— R.
EKG qog‘oz, odatda, 25 mm/s tezlik bilan harakat qiladi. 1 minutda EKG qog‘oz 25
mm x 60 s = 1500 mm harakat qiladi. Ya’ni 1 minutda 1500 mayda katakchaga
yoziladi. Oldin R—R oralig‘idagi mayda katakchalar sanaladi. YQS sanash uchun
1500 mayda katakchalar soniga bo‘linadi. Yoki osonroq bo‘lishi uchun 300 R—R
oralig‘idagi katta kataklar soniga bo‘linadi. 50 mm/s da yozilganda 600 R—R
oralig‘idagi katta kataklar soniga bo’linadi.
R—R oralig‘idagi kataklar sanaladi. Bunda shartli ravishda 1 ta katta katak,
ya’ni 5 mm 1 ga teng, mayda katak, ya’ni 1 mm 0,2 ga teng deb olinadi. Misol uchun:
R—R oralig‘ida 4 ta katta katak va 2 ta mayda katak bo’lsa, 300 ni 4,4 ga bo’lamiz.
Chunki 4 ta katta katakni 4 deb olsak, 2 mayda 0,2 dan 0,4 ga teng bo’ladi. 4ga 0,4
ni qo’shsak 4,4 ga teng bo’ladi. 300 ni 4,4 ga bo’lsak, YUS 1 minutda 68 taligi kelib
chiqadi.
4-rasm.
Ritm boshqaruvchisi sinusli. Bo’lmachalar ritmida EKG tugun bo'lganda EKG
ko’rinishi.
Ritm noto‘g‘ri bolganda eng kichik va eng katta R—R oralig‘ini aniqlash bilan
chegaralanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: