2-MAVZU. BIOPOTENSIALLARNI QAYD QILISH.
1.Biopotensiallarni yozib olish usullari.
Biopotensiallarni yozib olish — bu qo‘zg‘aluvchan hujayralardagi biotoklarni
qayd qilish hisoblanadi. Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarga yurak, bosh miya, ko‘z to‘r
pardasi,
mushaklar, oshqozon, bezlar kiradi. Biopotensiallarni
yozib olish
usullariga:
EEG — bosh miyada hosil bo‘lgan biopotensiallarni yozib olish;
EMG — mushaklarda hosil bo‘lgan biopotensiallarni yozib olish;
EKG — yurakda hosil bo‘lgan biopotensiallarni yozib olish;
ERG — ko‘z to‘r pardasida hosil bo‘lgan biopotensiallarni yozib olishlar kiradi.
EMG
— elektromiografiya mushaklar elektr faolligini qayd qiluvchi usul
hisoblanadi. Qayd qilish usullari:
lokal;
global.
Lokal qayd qilish usulida
mushaklarga ignasimon elektrodlar kiritilib yozib
olinadi.
Global usulda
yuza
elektrodlar joylashtirilib, mushaklar faolligi yozib olinadi.
Mushaklar faolligi tinch holatda va qisqargan holatda yozib olinadi.
Miogrammaning turlicha variantlari kuzatiladi:
1-tur
elektromiogramma potensiallarining amplitudasi 100 Gts va undan yuqori,
davomiyligi 10 ms gacha.
2-tur
elektromiogramma ikkita kichik guruhga bo‘linadi:
birinchi kichik guruh: chastota 6 — 20 Gts, amplitudasi 4000 mkv. Bu orqa
miyaning oldingi shoxlari jarohatida kuzatiladi.
ikkinchi kichik guruh: chastotasi 30 — 35 Gts gacha bo‘lgan
potensiallar
kiradi. Bu periferik akson jarohatida kuzatiladi.
3-tur
elektromiogramma chastotasi 4 — 10 Gts bo’lgan zarbli potensiallar qayd
qilinadi. Bu giperkinezlarda kuzatiladi.
4-tur
elektromiogrammada to‘liq biologik jimlik kuzatiladi. Bu falajlangan