2-mavzu. Biopotensiallarni qayd qilish. Biopotensiallarni yozib olish usullari


(3-rasm) 3-rasm.Elektrokardiogrammada normal tishchalar, segment va intervallar joylashuvi EKG tahlili



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix14.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#179452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-lecture

(3-rasm)
3-rasm.Elektrokardiogrammada normal
tishchalar, segment va intervallar joylashuvi
EKG tahlili 
EKG qog'ozi 50 mm/s tezlik bilan yozilganda 1 mm 0,02 sekundga, 5 mm=0,l 
sekundga, 50 mm=l sekundga teng. 25 mm/s da yozilganda 1 mm=0,04 s, 5 mm=0,2 
s, 25 mm 1 sekundga teng. 
Tahlil rejasi: 
1.
Yurak ritmi va o’tkazuvchanligi tahlili: 
a)
regulyarligi; 
b)
YQS; 
c)
qo’zg’alish o‘chog‘i; 
d)
o‘tkazuvchanlik 
2.
Burilishlar: 

oldingi — orqa o‘q bo‘yicha; 

bo‘ylama o‘q bo'yicha; 

ko’ndalang o‘q bo‘yicha 
3.
R tahlili. 
4.
QRST tahlili: QRS, ST, T, Q—T; 


5.
EKG xulosa. 
Yurak urishlarining to‘g‘riligini tekshirish. R—R 
yoki S—S oraliqlari 
solishtiriladi. 
R—R 
oralig‘i bir xil yoki intervallar farqi (yo 10%)dan oshmasligi 
kerak. Boshqa hollarda noregulyar yoki noto‘g‘ri ritm deyiladi. 
Yurak urishlar sonini aniqlash (YUS). 
YQS ni sanash: YQS=60/R— R. 
EKG qog‘oz, odatda, 25 mm/s tezlik bilan harakat qiladi. 1 minutda EKG qog‘oz 25 
mm x 60 s = 1500 mm harakat qiladi. Ya’ni 1 minutda 1500 mayda katakchaga 
yoziladi. Oldin R—R oralig‘idagi mayda katakchalar sanaladi. YQS sanash uchun 
1500 mayda katakchalar soniga bo‘linadi. Yoki osonroq bo‘lishi uchun 300 R—R 
oralig‘idagi katta kataklar soniga bo‘linadi. 50 mm/s da yozilganda 600 R—R 
oralig‘idagi katta kataklar soniga bo’linadi. 
R—R oralig‘idagi kataklar sanaladi. Bunda shartli ravishda 1 ta katta katak, 
ya’ni 5 mm 1 ga teng, mayda katak, ya’ni 1 mm 0,2 ga teng deb olinadi. Misol uchun: 
R—R oralig‘ida 4 ta katta katak va 2 ta mayda katak bo’lsa, 300 ni 4,4 ga bo’lamiz. 
Chunki 4 ta katta katakni 4 deb olsak, 2 mayda 0,2 dan 0,4 ga teng bo’ladi. 4ga 0,4 
ni qo’shsak 4,4 ga teng bo’ladi. 300 ni 4,4 ga bo’lsak, YUS 1 minutda 68 taligi kelib 
chiqadi. 
 
4-rasm. 
Ritm boshqaruvchisi sinusli. Bo’lmachalar ritmida EKG tugun bo'lganda EKG
ko’rinishi. 
Ritm noto‘g‘ri bolganda eng kichik va eng katta R—R oralig‘ini aniqlash bilan 
chegaralanish mumkin. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin