va mushaklarga joylashtirdi. Vilyam Eyntxoven chiziqli galvanometrni yaratgandan
(Galvanning 1794-yildagi prinsiplariga asoslangan holda), ya’ni 1902-yildan buyon
klinikada qo‘llanila boshlandi va uning yangi instrumenti yordamida klinik qaydlar
qilina boshlandi. 1930 -yilda miokard infarktiga xos o’zgarishlar aniqlandi. 1928-
yilda klivlendalik Garold Fil va Mortimer Sigel stenokardiya bilan kasallangan to‘rt
bemorda EKG yozishdi. 1931-yilda pensilvaniyalik Frensis Vud va Charlz Volfert
stenokardiyadagi EKG belgilarini o'rganib, klinik natijalarini nashr qilishdi. Ular
yurak, qon tomir tizimi bilan bogiiq tushunarsiz holatlarda EKG foydali ekanligini
aniqladi. Vilson zamonaviy EKG erasi tug‘ilishi haqida yozgan. 1950-yildan buyon
EKG yuqori xavf guruhiga tegishli bemorlarda og’riqsizlantirish
va jarrohlik
amaliyotidan oldin doimiy qo‘llanilmoqda. Bu usul yurakning zarur bo’lgan
funksiyalari, ya’ni avtomatizmi, qo‘zg‘alish va o‘tkazish
kabi funksiyalarini
baholashda yordam beradi.
EKG ni qo‘llash
:
Yurak qisqarishlarining chastota va regulyarligini aniqlaydi.
Miokardning o‘tkir va surunkali xastaliklarini ko’rsatadi.
K, Ca, Mg va boshqa elementlar almashinuvi buzilishini aniqlashda yordam
beradi.
Tomir ichi o’tkazuvchiligini aniqlashda yordam beradi.
Yurak ishemik kasalliklari va zo‘riqish sinamalarida skrining usuli.
Yurakka bog‘liq bo‘lmagan kasalliklar, masalan, o‘pka
arteriyasi
tromboemboliyasi haqida ma’lumot bera oladi.
Dostları ilə paylaş: