Bolani o'rganish ikki asosiy shaklda - amalga oshiriladi: «ko'ndalangiga kesim» shaklida va «uzunasiga kesim» metodi deb nomlanuvchi tadqiqot shaklida amalga oshiriladi.Tadqiqot ko'ndalangiga kesim shaklida -o'tkazilgan daturli yoshdagi bolalar guruxlarida muayyan psixologik jarayon, xolat yoki xususiyat o'rganiladi va xar xil yosh bosqichidagi bolalarning natijalari o'zaro solishtiriladi. Masalan, D.V.El’konin kichik, o'rta va katta maktablari yoshdagi bolalarning syujetli-rolli uyinlariga xos xususiyatlarni o'rganib, o'zaro solishtirib bolalar o'yinlari taraqqiyotiga xos umumiy qonuniyatni aniqlagan. Ko'ndalangiga kesim shaklidagi tadkiqotda asosiy e’tibor sinaluvchi bolalar yoshidagi farklarga qaratilishi kerak. Farq qanchalik kichik bulsa, psixolog-tadqiqotchi bola psixikasi va shaxsidagi barcha muxim o' zgarishlarni payqashi uchun ko' proq imkoniyatlarga ega bo'ladi. Tadqiqot uzunasiga kesim shaklida -o'tkazilganda bir yoki bir necha bolaning muayyan vaqt oraligidagi xayoti o'rganiladi. Tadqiqotchi uzluksiz ravishda bir yosh bosqichidan ikkinchisiga o'tishda bola psixikasida va xulq-atvorida ro'y beruvchi o'zgarishlarni aniqlab boradi. Masalan. Maktabgacha ta’lim muassasasida yangi dastur bo'yicha ish boshlangan bo'lsa, muassasaga endi qabul qilingan bolalarni 4-5 yil uzluksiz o'rganish orqali dasturning bola taraqqiyotiga ta’sirini aniqlash va u haqida xulosa chiqarish mumkin bo'ladi. Uzunasiga kesim shaklidagi tadqiqo tshuningdek, ayrim xollarda longityud tadqiqot xam deb ataladi. Tadqiqotning bu shakli ancha murakkab va ko'p vaqt talab etadi.
3. Bolalar psixologiyasining asosiy metodlari
Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo'nalishda kechadi: psixik taraqqiyot manbalari muammosini ignazariy hal etilishi va bolalar psixikasini o'rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolarini nazariy xal etish deganda, ushbu muammo bilan shug'ullangan asosiy psixologik maktablar va yo'nalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola psixikasini o'rganishning yanada samaral imetodlarini qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar xaqida aniqroq axborot olishga xizmat qiluvchi metodlarni ishlab chiqishni anglatadi.
Umuman psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli tasnifi mavjud. Shular to‘g‘risida umumiy psixologiya kursida keng ma’lumotlar berilgan. Yosh davri va deferensiya psixologiya fani ham psixologiyaning boshqa
sohalari singari o‘ziga hos ilmiy-tadqiqotmetodlariga ega. Quyida atoqli psixolog B.G.Ananev tavsiya qilgan klassifikatsiyaga asoslanib, mazkur metodlarning xususiyatlarini yoritishga harakat qilgan.
B.G.Ananev psixikani o‘rganish metodlarini to‘rt guruhga ajratib, ularni tashkiliy, empirik (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki statistik, natijalarni shaxlash metodlari deb nomlagan. Bu guruhlar o‘zining maqsad va vazifasi bo‘yicha yana bir necha toifa hamda turlariga bo‘linadi. Quyidagi mazkur metodlarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsiya berildi. Tadqiqot metodlarining