2-mavzu: Borliq – falsafa kategoriyasi. Bilish nazariyasi, yo‘nalishlari va asosiy muammolari. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari -2 soat
Reja:
Borliq tushunchasining tahlili. Substansiya va substrat tushunchasilari.
Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari. Olamning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi. In’ikos nazariyasi va uning darajalari, shakllari.
Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari. Bilishning asosiy turlari va shakllari. Bilishda haqiqat va amaliyot uyg‘unligi.
Ong-tafakkur va borliqning birligi. Tafakkur uslubining asosiy jihatlari.
Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari.
Darsning maqsadi:Borliq tushunchasini, uning shakllarini, olamning birligi, uning chekliligi, cheksizligi masalasini hamda borliqning moddiy shakli bo‘lgan materiya tushunchasini, uning darajalarini va atributlari – harakat, fazo, vaqt, makon, zamon, rivojlanish tushunchalarini ochib berishdan iborat. Bilish nimaligini, uning darajalari, shakllari va bosqichlari qandayligini, gnoseologiya va epistemologiya nimalarni o‘rganishini, ong va tafakkurning birligini hamda bilishda amaliyot va haqiqatning o‘rnini, nisbiy va mutloq haqiqat dialektikasini tushuntirib berishdan iborat. Ilmiy bilish, uning empirik va nazariy darajalari hamda uning ususllari haqida, metod, metodologiya tushunchalari, fan tarixida shu davrgacha mavjud bo‘lgan sofistika, metofizika, eklektika, dialektika, sinergetika uslublari haqida tushuncha berishdan iborat. Qоnun va qоnuniyat tushunchalarini, harakat qilish dоirasiga qarab qоnunlar eng umumiy, umumiy va хususiy qonunlarga bo‘linishini, falsafiy qonunlarning mazmun mohiyatini hamda kategoriya tushunchasini va munosabatdosh kategoriyalarning mohiyatini tushuntirib berishdan iborat.