2-mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya)


  Olamning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi



Yüklə 220,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix26.04.2023
ölçüsü220,03 Kb.
#103044
1   2   3   4   5   6
2-ma\'ruza

2. 
Olamning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi. 
 Notirik tabiat o‘z shakllari va holatlarining sonsanoqsizligi va rang-barangligi bilan aqlni 
lol qoldiradi. U turli jismlar, predmetlar, zarralar, gazlar, maydonlar, xossalar, hodisalar 
ko‘rinishida amal qilar ekan, muttasil harakat va o‘zgarishlar jarayonini boshdan kechiradi. 
Dunyoning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar so‘nggi 400 yil 
ichida vujudga keldi, galaktikalar va ularning to‘dalari, makro va mikrodunyoning hayratomuz 
rang-barangligi haqida odamlar XX asrdagina xabar topdilar. Olamning cheksiz bo‘shlig‘i 
qarshisida bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimiz hozir ham dengizdan bir tomchi bo‘lib 
tuyuladi. Lekin, shunga qaramay, bugungi kunda biz bilgan va tushungan narsalar butun Olam 
va uning ayrim qismlari evolyusiyasi va muttasil o‘zgaruvchanligi haqida ancha asosli xulosa 
chiqarish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, dunyo u yoki bu bosqichda ma’lum narsalar 
vujudga kelib, o‘z borlig‘ini kasb etadigan va qachondir yo‘q bo‘ladigan, ya’ni o‘zining avvalgi 
borlig‘ini yo‘qotib, modda va energiyaning saqlanish qonuniga binoan boshqa narsaga 
aylanadigan muttasil davom etuvchi jarayondir. Notirik tabiatning hozirda mavjud bo‘lgan butun 
rang-barangligi o‘z asosiga ega, ya’ni u qachondir vujudga kelgan. Bu fikrni kengayib 
borayotgan Olam haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar ham tasdiqlaydi. Biroq, olimlar fikriga 
ko‘ra, biz yashayotgan Olam tarixi boshlanishiga asos bo‘lgan «Katta portlash» nazariyasi 
dunyoning mohiyati va uning tuzilishi xususida yangi va yangi masalalarni kun tartibiga 
qo‘ymoqda. Tabiiy fanlarning ma’lumotlari taxminan 15 milliard yil muqaddam ayrim osmon 
jismlari mavjud bo‘lmagani, bizning Olam deyarli bir jinsli kengayib borayotgan plazmadan 
tashkil topganidan dalolat beradi. Endilikda bir-biridan uzoqlashayotgan galaktikalar tarkibiga 
kiruvchi yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar va boshqa ko‘plab kosmik jismlar mavjud bo‘lib, bu 
galaktikalarning to‘dalarida vaqti-vaqti bilan fanga ma’lum bo‘lmagan sabablarga ko‘ra ulkan 
tadrijiy va inqilobiy o‘zgarishlar yuz beradi. 
Yer tarixi. Ilmiy tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan sayyora taxminan 4,5 milliard yil 
muqaddam Quyosh tizimida sochilib yotgan gazsimon-changsimon moddadan paydo bo‘lgan, 
muayyan moddiy jism sifatida o‘z borlig‘ini kasb etgan,oradan yana bir milliard yilcha vaqt 
o‘tgach, Erning geologik tarixi boshlangan. Hozirgi zamon fani aniqlagan eng qadimgi tog‘ 
jinslarining yoshi shundan dalolat beradi. Shunday qilib, Yer jonsiz tabiatining moddiy dunyosi 
o‘zining aniq geologik yil hisobiga ega va uning borlig‘i sayyoramizning umumiy evolyusion 


jarayonlari bilan bog‘liq. Erning tabiiy kosmik jism sifatidagi evolyusiyasini esa nafaqat tog‘ 
jinslari yoki qit’alar tarixi, balki minerallar, foydali qazilmalar, keyinroq esa, oliy shakllar 
darajasigacha rivojlangan jonli mavjudodlarning paydo bo‘lishi ham tasdiqlaydi.
Substansiya tushunchasining mohiyati. Falsafa tarixida o‘zining mavjudligi uchun o‘zidan 
boshqa hech narsaga muhtoj bo‘lmagan birinchi asosni ifodalash uchun «substansiya» (lot. 
«substantia» – «mohiyat», «asos») kategoriyasi qo‘llaniladi. Ilk falsafiy yo‘nalishlarning 
vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. 
Odatda, bunday asos sifatida o‘sha davrda umumiy e’tirof etilgan birinchi stixiyalar: er,suv, 
havo, olov yoki fikriy konstruksiyalar, «birinchi g‘ishtlar» – apeyron, atomlar qaralgan. 
«Avesto»da birlamchi substansiya olov deb atalgan. Keyinchalik substansiya kategoriyasi 
o‘zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud o‘ta keng 
asosga aylandi. Inson idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va o‘zgaruvchanligi 
substansiya bilan bog‘lana boshladi.Bunday asoslar sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, 
ong, g‘oya, flogiston, efir va shu kabilar amal qilgan. Substansiya g‘oyasidan turli falsafiy 
ta’limotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga o‘zlari qanday javob 
berishiga qarab har xil foydalanadilar. 
«Materiya» atamasi lotincha «materia» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «modda» degan 
ma’noni anglatadi. SHunga qaramay, falsafa tarixida «materiya» tushunchasining mazmuni, 
tabiatshuno falsafaning rivojlanishiga muvofiq necha marta o‘zgargan.Qadimgi yunon 
falsafasida materiyaning etimologik talqinidan keng foydalanilgan. «Materiya» tushunchasini 
asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan 
va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo‘lishiga asos bo‘lib xizmat 
qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz 
va nomuayyan bo‘lib, har qanday geometrik shakl ko‘rinishini kasb etishi mumkin bo‘lgan 
makon bilan tenglashtiriladi.
Falsafa tarixida harakat haqidagi tasavvurlar. Harakatni dialektik tushunish kurtaklariga 
Geraklit asarlaridayoq duch kelamiz. U olovni barcha o‘zgarishlar substansiyasi sifatida 
tavsiflab, birinchi moddiy asos doimo o‘zi bilan birga, ayni vaqtda, doimiy o‘zgarish holatida 
bo‘lishi haqidagi fikrni sodda obrazli shaklda ifodalagan. Geraklit harakatni miqdor jihatidan 
joydan-joyga ko‘chish sifatida emas, balki uzlukli va uzluksiz, barqaror va o‘zgaruvchan narsa 
va jarayonlarning o‘zaro nisbati nuqtai nazaridan tushuntirishga harakat qilgan. Antik davrdayoq 
Geraklit, undan keyin Epikur har qanday harakat manbaini ichki jarayonlarning qarama-
qarshiligidan topgan. Ayni shu antik davrda tushunchalar mantig‘ida harakat jarayonini mantiqiy 
dalillar yordamida tushunib etish bilan bog‘liq qiyinchiliklar qadimgi faylasuf Zenonni mashhur 
aporiyalarni ta’riflashiga turtki berdi. Aporiya –muhokamalardagi ziddiyat tufayli hal etib 
bo‘lmaydigan yoki hal etilishi mushkul bo‘lgan holat, mantiqiy qiyinchilik, muammo. 
Zenonning «Axilles va toshbaqa», «Uchayotgan kamon o‘qi» kabi aporiyalari, hissiy 
tasavvurlarga zid o‘laroq, harakat materiyaning atributi ekanligiga shubhalanishga majbur 
qilgan. «Axilles va toshbaqa» aporiyasi mazmuniga ko‘ra, chopqir Axilles hayvonot olamining 
eng uquvsiz yuguruvchisi toshbaqani quvib boradi, deb faraz qilinadi. Bundan Zenon Axilles 
hech qachon toshbaqaga eta olmaydi, degan mantiqiy xulosa chiqaradi. Zenon bu aporiyasida 
quyidagicha fikr yuritadi: «Biror odam A nuqtadan V nuqtaga borishi lozim bo‘lsin. U V 
nuqtaga eta oladimi?» Zenon bu savolga yo‘q, deb javob qiladi. Chunki A nuqtadan V nuqtaga 
qarab yo‘l olgan odam, avvalo, shu masofaning teng yarmidan o‘tishi zarur. Bu masofaning teng 
yarmiga etishiuchun esa, shu yarim masofaning yana yarmini o‘tishi zarur. Yarim masofaning 
yarmiga etishi uchun esa, qolgan masofaning yarmidan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Xullas, oraliq 


masofa cheksiz miqdordagi yarim bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Cheksiz yarim bo‘laklarni bosib 
o‘tish uchun esa cheksiz vaqt lozim. Hech kim cheksiz vaqt yashay olmaydi. Shunday ekan, hech 
qachon u A nuqtadan V nuqtaga etib bora olmaydi. Bularning hammasi harakat jarayonini 
formal-mantiqiy tavsiflash mushkulligini ko‘rsatadi. Ayrim faylasuflar Zenon aporiyalarini rad 
etish uchun sezgi organlariga suyanganlarida, bunda ham ancha asosli e’tirozlar topilgan. Sezgi 
harakatni «ko‘rishi» qadimgi falsafa vakillari – eleatlar tomonidan tan olingan, lekin aql uni 
«tushunish»ni xohlashi va tushuna olmasligi qayd etilgan. Aql mohiyatni, sezgilar esa hodisalar 
va ko‘z ilg‘aydigan narsalarni o‘rganishini hisobga olsak,eleatlar mantig‘iga ko‘ra, aynan 
mohiyatda harakat mavjud emas. Zenon harakatni ziddiyatsiz tarzda tavsiflash mumkin 
emasligini ko‘rsata olgani e’tirof etilgan. Binobarin, harakat qaramaqarshilik demakdir. Zenon 
aporiyalarining alohida qimmati shundaki, ular amalda mavjud qaramaqarshiliklarni ko‘rsata 
olgan. Balki, shuning uchun bo‘lsa kerak, ko‘plab qadimgi manbalarda Zenon dialektika 
asoschisi sifatida qayd etiladi. Zenon o‘zi asarlarini Parmenidning «Hamma narsa bir» degan 
shiorini «Hamma narsa ko‘pdir» degan qarama-qarshi yondashuvdan himoya qilish uchun 
yozganini ta’kidlagan.Harakatni o‘rganishning muhimligini barcha faylasuflar teran anglagan. 
Aristotel harakatni bilmaslik sabablarni bilmaslikka olib keladi, deb hisoblagan va borliqning 
turlari qancha bo‘lsa, harakat va o‘zgarishlarning turlari ham shuncha, deb qayd etgan. Uning 
fikricha, «Miqdor uchun ko‘payish va kamayish, sifat uchun – o‘zgarish, makon uchun – ko‘chib 
yurish, mohiyat uchun – vujudga kelish va yo‘q bo‘lish mavjud»
1
. Harakatning vujudga kelish, 
yo‘q bo‘lish, o‘zgarish, ko‘payish, kamayish, ko‘chib yurish kabi turlarini farqlash lozim. Ammo 
Aristotel jonsiz, passiv materiya konsepsiyasini rivojlantirib, pirovard natijada, muayyan birinchi 
harakatlantirgich – har qanday faollikning negizi sifatidagi sof shakl harakat manbaidir, degan 
xulosaga keldi. Binobarin, harakat materiyaning atributi emas, balki uning modusi, ayrim xossasi 
va belgisidir,u faqat birinchi turtki vositasida beriladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, falsafiy 
tafakkur rivojlanishining keyingi ancha uzoq davri mobaynida harakat materiyaning atributi 
sifatida qaralmadi, balki uning ayrim va qo‘shimcha xossasi hisoblandi. O‘rta asr Sharq 
mutafakkiri Forobiy fikricha, harakat va sukunatning ibtidosi, biron-bir narsaga yoki irodaga 
borib taqalmasa, uni tabiat deb atash mumkin. Harakat vaqt bilan belgilangan. Harakat ibtido va 
intiho bilan chegaralanmagan
2
. Ibn Sino fikricha, harakat vujudi mumkinning ichki mohiyatidan 
kelib chiqadi va osoyishtalik bilan mavjud bo‘ladi. Harakat bu ashyolar, voqealarda sodir 
bo‘ladigan o‘zgarishdir.
Uyg‘onish davri mutafakkirlari har qanday borliq – olamdan tortib mayda zarragacha – 
unga xos bo‘lgan ruh tomonidan harakatga keltiriladi, degan fikrni ilgari surdilar. Ular 
panpsixizm – butun olamni ilohiylashtirish ta’limotiga asoslandilar.Yangi davr mexanikasi 
mazkur yondashuv mutlaqo asossizligini ko‘rsatdi. Mexanika nuqtai nazaridan, biron-bir jismni 
harakatga keltirish uchun unga qandaydir tashqi kuch ta’sir ko‘rsatishi lozim. XVII–XVIII 
asrlarda mexanikaning jadal rivojlanishi, u ayrim nomexanik hodisalarni (masalan, issiqlik 
hodisalari, hattoki, fiziologik hodisalarni) tushuntirishda erishgan yutuqlar shunga olib keldiki, 
harakatga ancha tor ma’noda mexanik harakat, ya’ni makonda oddiy ko‘chib yurish sifatida 
qarala boshlandi. Umuman olganda, metafizik yondashuvlarning nomukammalligi so‘zning o‘z 
ma’nosidagi harakatni, uning alohida turi – ko‘chib yurish bilan tenglashtirish; harakatga atribut 
emas, balki modus sifatida qarash; birinchi turtkining zarurligiga ishonch bilan bog‘liq 
edi.Bunday yondashuvlarning nomukammalligini ko‘pgina mutafakkirlar tan olgan. Masalan, 
1
12 Аристотель. Органон. –М.: 1990 г. с. 159Аристотель. Органон. –М.: 1990 г. с. 159 
2
Forobiy // Falsafa qomusiy lug‘at. –Т.: «Sharq», 2005 й. 431-b 


ingliz faylasufi Jon Toland (1670–1722) dinni tanqid qilar ekan, harakatni materiya atributi, deb 
hisoblaydi. U, «Men harakatni materiyaning muhim xossasi, deb bilaman. Boshqacha aytganda, 
o‘tkazmaslik va ko‘lamlilik materiya tabiatiga qanday xos va u bilan uzviy bo‘lsa, harakat ham 
materiya tabiatiga shunday xos va u bilan uzviydir. Binobarin, harakat materiya ta’rifidan uning 
tarkibiy qismi sifatida o‘rin olishi lozim», deb yozgan.

Yüklə 220,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin