2-mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya)



Yüklə 220,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix26.04.2023
ölçüsü220,03 Kb.
#103044
1   2   3   4   5   6
2-ma\'ruza

Harakat tiplari. Fanda ob’ektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining ikki asosiy tipi: 
progress va regress farqlanadi. Ularning biri materiya, energiya, axborotning makonda siljishi 
bilan bog‘liq bo‘lib, harakatlanuvchi narsalar o‘z muhim xossalarini o‘zgartirmasligi, ya’ni o‘z 
sifatini yo‘qotmasligi bilan tavsiflanadi. Bular miqdor o‘zgarishlari, makondagi ko‘chishlar yoki 
o‘rin almashuvidir. Bunga yurib ketayotgan odam, qorong‘i osmon fonida projektor nurining 
harakati va hatto xayolda ayrim ob’ektlardan boshqa ob’ektlarga o‘tish misol bo‘lishi mumkin. 
So‘nggi zikr etilgan holda fikrning muayyan (masalan, formal mantiq nuqtai nazardan to‘g‘ri 
yoki noto‘g‘ri) yo‘nalishdagi harakati to‘g‘risida so‘z yuritiladi.Ammo harakatning qayd etilgan 
tipi dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlarning butun rang-barangligini qamrab olmaydi. 
Aksariyat hollarda ular narsalarning ichki strukturasidagi qayta qurish bilan birga kechadiki, bu 
dastlabki narsa sifatlarining o‘zgarishi va u butunlay boshqa narsaga aylanishiga sabab bo‘ladi. 
Harakat shakllari. Harakat shakllarini tasniflashda qaysi tamoyillarga rioya qilinishiga 
qarab bunday shakllarning har xil miqdori farqlanadi. Masalan, XIX asrda materiya tashkil 
topishining turli darajalariga asoslanib,materiya harakatining besh asosiy shakli: mexanik, fizik, 
kimyoviy, biologik vaijtimoiy harakat qayd etilgan. Harakatning mazkur shakllari bir-biri bilan 
uzviy bog‘liq bo‘lib, bunda har bir keyingi harakat o‘zidan oldingi harakatdan kelib chiqadi
unga asoslanadi, biroq, shunga qaramay, quyi shakl bilan bog‘lanmaydi. Harakatning murakkab 
shakllarini soddaroq shakllarga bunday bog‘lashga urinishlar falsafa tarixida «mexanitsizm», 
«reduksionizm» (lot. «reductio» –«ortga surish») degan nom olgan, harakat ijtimoiy shakllarini 
biologik shakllar darajasigacha soddalashtirish biologizatorlik konsepsiyalarida mavjud. 
Makon va vaqt falsafa tarixida. Bizni qurshagan dunyo mazmuni, borliqning umumiy 
xossasi bo‘lgan borliq haqida so‘z yuritar ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab 
o‘tishimiz mumkin emas. Zero, har qanday jism, narsa, hodisa doim borliqning boshqa 
predmetlari va hodisalari bilan yonma-yon keladi, ko‘lamlilik xususiyatiga ega bo‘ladi. 
SHuningdek, ular o‘z ichki va tashqi holatlarini bir-biriga nisbatan o‘zgartiradi va bu turli 
hollarda har xil tezlik, marom, sur’at va davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda, ayrim 
yagona deb qaraladigan bu ko‘rsatkichlar majmui bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va 
vaqt o‘z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi.Makon va vaqt 
mohiyati haqida odamlar o‘z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va 
o‘tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu, avvalo, 
inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Zero, ular kengayib va 
takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq tushunishni talab qilgan. 
Xususan, antik davrdayoq falsafadan ko‘lamli shakl lar va ularni o‘lchash usullari haqidagi fan 
sifatida ajralib chiqqan geometriya dastlabki aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik 
kuzatishlar hamda koinotning boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar 
nuqtai nazaridan ham alohida e’tibor qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «vaqt» 
kategoriyalariga qiziqish hech qachon susaymagan. Ular bilan bog‘liq ko‘p sonli masalalar 
yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil 
mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir bog‘liq holda keladimi? SHu munosabat bilan falsafa 
tarixida shakllangan ikki muhim va bir-biridan butunlay farq qiladigan yo‘nalish – substansional 
va relyasion yo‘nalishlarni farqlash mumkin. 


Substansional yo‘nalishda makon va vaqt materiya va ongga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil 
mohiyatlar sifatida amal qiladi. Substansional konsepsiya asoschilari Demokrit (makon 
muammosi bo‘yicha) va Platon (vaqtga nisbatan yondashuvlarda) Demokrit atomlar 
harakatlanuvchi bo‘shliq amalda mavjudligi haqidagi yondashuvni ilgari surgan. Uning fikricha, 
bo‘shliqsiz atomlar harakatlanish imkoniyatidan mahrumdir. Demokrit va Epikur makonni 
atomlardan iborat joy, deb tasavvur qilgan va uni bo‘shliq bilan tenglashtirgan. Makon mutlaq, 
bir jinsli va harakatsiz bo‘ladi, vaqt esa bir tekis oqadi, deb hisoblangan. Makon ob’ektiv, bir xil 
va cheksiz. U atomlar joylashadigan joy. Vaqt (zamon)ni abadiyat bilan tenglashtirish mumkin, u 
o‘tmishdan kelajak sari bir maromda kechuvchi sof davomlilikdan iborat. Vaqt – voqealar yuz 
beruvchi joy.
Makonning uch o‘lchovligi. Makonning uch o‘lchovliligi hanuzgacha ilmiy-nazariy 
jihatdan aniq isbotlanmagan. Makon va vaqtning cheksizligi hamda tuganmasligi, makonning 
uch o‘lchovliligi, vaqtning bir yo‘nalishligi, orqaga qaytmasligi makon va vaqtning asosiy 
xossalari sifatida qaralishi lozim.Biz makroskopik tajribada ko‘radigan ob’ektlar uch o‘lchovli 
ko‘lamlilikka – uch o‘lchovdagi o‘lchamlilikka ega. 

Yüklə 220,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin