koʻrsatilgan. 55-moddasida "Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir", deyilgan. Mamlakatimizda "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi"
tashkil qilingan (1996 y. 26 aprelda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat
koʻrsatadi). Qoʻmita quyidagi vazifalarni bajaradi: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy
resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish; Tabiatni muhofaza
qilishq. faoliyatini tarmoklararo kompleks boshqarish; Tabiatni muhofaza qilishq. hamda
resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; atrofmuhitning
ekologik holati qulay boʻlishini taʼminlash, ekologik vaziyatni boshqarish.
Oʻzbekiston Tabiatni muhofaza qilishq. sogʻasida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlik qiladi va dasturlarda, jumladan, BMTning atrofmuhit boʻyicha dasturi (YUNEP)da
ishtirok etadi. YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik
xilmaxillikni saklashning milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar ishlab
chikildi. 1993 y. mart oyida Qozogʻistonning Qiziloʻrda shahrida Oʻrta Osiyodagi 5 davlatning
Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari boʻyicha Davlatlararo kengash va uning
ijroiya qoʻmitasi hamda Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi.
Uning vazifasi Orol
dengizi, uning sogʻlom ekologik sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan
taʼminlash, hudud sanitariyagigiyena muxitini yaxshilashdir.
Oʻzbekistonda 10 dan ortiq oʻrmon xoʻjaligi, 9 ta qoʻriqxona, 2 milliy bogʻ, bir qancha
buyurtma qoʻriqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan oʻsimlik va hayvonlar
qoʻriklanadi, oʻrganiladi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish respublika
jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston jamiyati, Oʻzbekiston geografiya jamiyati,
EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va ilmiy jurnallar, radio va televideniye, vaqtli matbuot
Tabiatni muhofaza qilishq. haqidagi bilimlarni targʻib qilmoqda. Aholi oʻrtasida tabiat,
undan
oqilona foydalanish va muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilish, aholining geografik,
ekologik madaniyatini koʻtarish Tabiatni muhofaza qilishq.da katta ahamiyatga ega. Tabiatni,
uning boyliklarini muhofaza qilish, geografik ekologiya oʻquv kurslari oʻrta maxsus va oliy
yurtlarining tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar sifatida oʻqitilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan amaldagi
qonuncliilik, huquqni qo‘llash va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan
“2017-2021- yiilarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ayniqsa, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida
daviat organlarining faoliyatini yanada rivoilantirish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Atrof tabiiy
muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslaridan foydalanish va ekologik xavfsizlikni
ta’minlashning daviat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa nonnativ
hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish daviat qo‘mitasi, daviat boshqaruvi mahalliy
idoralari amalga oshiradilar. Ular bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslami idora
etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid. ya'ni ma’lum bir tabiiy resursni idora etuvchi
organlarga bo‘linadi. Yana bir muhim vazifalardan biri bu chet davlatlar bilan ekologik
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki ekologik muammolami hal qilish uchun chetdan
investitsiyalarolib kirish
shuningdek, chet daviatlarda olib borilayotgan ekologik muhofaza qilish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralami o‘rganib chiqib, o‘zimizda bizga moslarini tanlab
amalga oshirish bugungi kunning talabi hisoblanadi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida
davlat boshqaruvi tizimini
takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017
yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoniga muvotiq 0‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qayta tashkil etildi. Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish da\lat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi: •
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta
tiklash sohasida davlat boshqaruvi; atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar,
tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning
sog‘lomlashtirilishini ta’minlash; chiqindilar bilan bog‘liq ishlami amalga oshirish sohasidagi
qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat
hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish
organlari bilan mustahkam
hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish
borasida ta’sirchan tizimni tashkil etish; • yer, yer osti boyliklari. suv, o‘rmonlar. muhofaza
qilinadigan tabiiy hududlar. hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan
foydalanish. atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan
davlat ekologik nazoratni o‘rnatish; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini
muvofiqlashtirish. tabiatai muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni
amalga oshirishga oid amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo
hamkorlikni ta’minlash; • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini
yuritish, yovvoyi hayvonlarni. yovvoyi o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash pitomniklarini,
zoologiya va botanikaga oid x kolleksiyalarni davlat tomonidan ro‘yxatga olish; ekologik
tarbiya, targ‘ibot va ta'limni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida
mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasirii oshirishni tashkil etish. Butun dunyodagi
insonlarni bezovta qilayotgan “ozon tuynugi” tabiatni asrashda eng global muammolardan
biridir. Ozon qatlami qalinligi 3-5 mm va yerdan 17 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, odamlarni
quvoshdan keladigan ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Quyoshdan keladigan nurlar
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tib kelsa, barcha tirik organizmlami halok etadi. Ozon qatlami inson uchun
nozik qalqon bo‘lib kelgan. ammo keyingi paytda aqlli inson tomonidan texnogen omillarning
rivojlanib borishi natijasida nozik qalqonda teshik paydo qilindi. “Antropogen ta’sirida
atmosferaga katta miqdorda ftorli, xlorli gazlar, freonlar va (NO2 ) azod oksidlari tashlanadi.
Hozirgi kunda ozon teshigi Antarktidaning kichikroq maydonida va Arktikada hosil bo‘ldi.
Shuningdek, katta shaharlar ustidagi ozon qatlami ham kun sayin yupqalashib bormoqda”
3
.
«Inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’simi tartibga solish,
ijtimoiy taraqqiyot
bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning
o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi. juda zarurligi
bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa. ko‘p
jihatdan hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi»
4
.
Mamlakatimizdagi ekologik xavfsizlik siyosati O‘zbckiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
atrof-muhit va barqaror rivojlanishga oid qonunchilik hamda Yoxannesburg Deklaratsiyalari va
Parij konferensiyalari tamoyillari asosida olib borilib, ijtimoiy va ekologik yo‘naltirilgan bozor
iqtisodiyoti orqali huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etilmoqda. Biroq
istiqbolda respublikamiz hududida quyidagi ekologik muammolar o‘z echimini kutib qolmoqda:
• Orol dengizining qurishi tufayli kelib chiqqan ekologik vaziyat; • ko‘p yiilik paxta
yakkahokimligi, ma’danli o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini
me’yoridan ortiq ishlatish, flora va faunaning degradatsiyasi tufayli vujudga kelgan tuproq va
3
Odum E P., 1980a Radiation ecology at Oak Rider/ In - Environm ental Sciences Laboratorory DeJication, Oak
Ridge, Teen., Oak Rige National Laboratoru. pop. 53-57.
4
Mirzivoev Sh M. "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takom
illashtirish to‘g‘risida’ gi Farmoni. 21-apre] 2017-yil. Toshkent.
suv resurslari
sifatining qoniqarsizligi; • tuproq, suv, biologik resurslar va atmosfera havosi
sifatiga antropogen, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarishi ta’sirining kuchayishi; • sanoat va maishiy
chiqindilarni to‘plash, tashish va qayta ishlash tizimining qoniqarsizligi; • atrof-muhit holati va
uni ifloslantirish manbalari axborot monitoringining texnik va metodik ta'minoti
rivojlanmaganligi va shu kabilar. 0 ‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni
muhofaza qilish daviat qo‘mitasi huzurida Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarni muhofaza qilish va ularning foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining markaziy
apparati tuzilmasi hamda uning hududiv inspeksiyalari faoliyat olib boradi. Ushbu qo‘mita
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi. viloyatlar
va Toshkent shahar ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish boshqarmalarida chiqindilarning
hosil bo‘lishi, to‘planishi. saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi
va realizatsiyasini nazorat qilib boradi.
Dostları ilə paylaş: