2-mavzu. Byudjet hisobining huquqiy asoslari


Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobida qo’llaniladigan hisob hujjatlari va registrlari



Yüklə 243,79 Kb.
səhifə2/14
tarix10.02.2023
ölçüsü243,79 Kb.
#83745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2-mavzu

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobida qo’llaniladigan hisob hujjatlari va registrlari


Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi buxgalteriya hisobini amalga oshirish uchun g’aznachilik bo’linmalarining birlamchi hujjatlarga va hisobga olish registrlariga imzo qo’yish huquqiga ega hodimlari tomonidan imzolangan birlamchi hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Birlamchi hisob hujjatlarida ma’sul shaxslarning imzolari bo’lmasa, ular haqiqiy hisoblanmaydi. Byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya yozuvi uchun quyidagi belgilangan tartibda rasmiylashtirilganlar asos bo’lib xizmat qiladi:
G’aznachilik bo’linmalarining g’azna hisobvaraqlaridan, ushbu hisobvaraqlardan pul mablag’larining (o’tkazish va qabul qilish) harakatini tasdiqlovchi xizmat ko’rsatuvchi banklarning tegishli belgilari qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va boshqa to’lov hujjatlari (elektron yoki qog’oz holatidagi) ilova qilingan bank ko’chirmalari;
G’aznachilik bo’linmalari maxsus hisobvaraqlaridan byudjet mablag’lari hisobiga ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlarni amalga oshirish, shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchilarning ma’lum maqsadlar uchun byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan naqd pul mablag’lari to’lovi bo’yicha shu hisobvaraqlardan pul mablag’larining (o’tkazish va qayta tushirish) harakatini tasdiqlovchi xizmat ko’rsatuvchi banklarning tegishli belgilari qo’yilgan to’lov topshiriqnomalari va boshqa to’lov hujjatlari (elektron yoki qog’oz ko’rinishida) ilova qilingan bank ko’chirmalari;
11-sonli shakldagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha bildirishnoma;
3-sonli shakldagi byudjetlarni g’azna hisobvaraqlariga Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyotiga kelib tushgan daromadlar to’g’risidagi ma’lumotnoma;
274-sonli shakldagi memorial order;
Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag’lari hisobini yuritishda ishlatiladigan boshqa hujjatlar.
Birlamchi hisob hujjatlarini tuzgan va imzolagan shaxslar, ushbu hujjatlarni o’z ichiga olgan ma’lumotlarning o’z vaqtida tuzilishi, to’g’riligi va haqqoniyligi, shuningdek ularni buxgalteriya hisobotida aks ettirilishi uchun belgilangan muddatlarda etkazilishi uchun javobgardirlar. Birlamchi va boshqa hisob hujjatlariga, operatsiyalar qatnashchilari tomonidan tasdiqlanmagan o’zgartirish kiritishga yo’l qo’yilmaydi. Bank va kassa hujjatlarini o’zgartirish va bo’yashga yo’l qo’yilmaydi.
Har bir ish kuni tugashi bilan respublika byudjeti ijrosi bo’yicha, mahalliy byudjet ijrosi bo’yicha, jamg’armalar byudjeti, byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag’lari, shuningdek bojxona organlari g’azna depozit schyoti mablag’lari operatsiyalari barcha birlamchi va hisob hujjatlari g’aznachilik bo’linmalari buxgalteriya hisobi hodimlari tomonidan ularning kelib tushishi bo’yicha taxlanadi va broshyuralanadi.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi registrlari ikkiyoqlama yozuv qoidalariga muvofiq tasdiqlangan blankalar (shakllar), jurnallar, kitoblarni o’zida ifodalaydi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi quyidagi hisobga olish registrlarida yuritiladi:
"Bosh jurnal" daftari;
byudjet mablag’lari kassa xarajatlari kitobi, jamg’arma mablag’lari taqsimlovchilari kassa xarajatlari kitobi, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi kitobi, bojxona organlari g’azna depozit schyotiga mablag’lar tushumi va sarflanishi hisobi kitobi, byudjetdan mablag’ oluvchilarning boshqa byudjetdan tashqari mablag’lari tushumi va sarflanishi hisobi kitobi;
byudjetlar bilan hisoblashuvlar kitobi, byudjetlar va jamg’armalar bilan
hisoblashuvlar, shuningdek jamg’armalar bilan ssudalar bo’yicha hisoblashuvlar kitobi;
boshqa byudjetlar bilan hisob-kitoblar kitobi;
byudjet mablag’lari daromadlari va tushumlari hisobi kitobi, jamg’armalar mablag’lari daromadlari va tushumlari hisobi kitobi.
Bunda, byudjetlarning ijrosi buxgalteriya hisobi registrlari bo’yicha operatsiyalar elektron shaklda yuritiladi. Davlat byudjeti, jamg’armalar byudjeti, bojxona organlari g’azna depozit schyoti shuningdek byudjetdan mablag’ oluvchilarning byudjetdan tashqari boshqa mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan kassa xarajatlari to’g’risidagi ma’lumot Davlat byudjetining g’azna ijrosi dasturiy majmuida kunlik asosida va hisobot oyi, choragi va yilining o’sib boruvchi yakuni bilan bank ko’chirmalaridan olingan va tegishli g’azna hisobvaraqlariga (operatsiya amalga oshirilgan kunning ertangi bank kunidan kechiktirmasdan) kelib tushgan va ko’chirilgan mablag’lar to’lov hujjatlari ma’lumotlari asosida aks ettiriladi.
Muomalalar "Bosh jurnal"ga, analitik (tahliliy) hisob daftarlariga memorial orderlar va ularga ilova qilingan hujjatlarga hujjatlar asosida yoziladi. Moliya organlari shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya bo’limida byudjet ijrosiga oid dastlabki hujjatlar asosida yig’ma hujjatlar tuziladi va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirilib memorial order va tegishli buxgalteriya kitoblari rasmiylashtiriladi, shuningdek memorial orderlardagi yozuvlar Bosh daftarga o’tkaziladi.
Oyning ohirida buxgalteriya yozuvlarining to’g’riligi ustidan nazorat qilish uchun tahliliy hisob daftarida ko’rsatilgan debet va kredit bo’yicha aylanmalar yig’indilari va qoldiqlar “Bosh jurnal” daftarining sintetik hisobvaraqlaridagi aylanmalar yig’indilari va qoldiqlar bilan solishtiriladi.
Buxgalteriya balansini tuzish uchun asos bo’lib, Bosh jurnal daftaridagi chiqarilgan qoldiq summalari olinadi.
Joriy yil bo’yicha byudjet ijrosining buxgalteriya hisobi yozuvlarida topilgan hatolar quyidagi tartibda to’g’rilanadi:
mazkur hisobot davrida buxgalteriya balansi taqdim qilingunga qadar aniqlangan, memorial order ma’lumotlarini o’zgartirishni talab qilinmaydigan hato noto’g’ri summalar va matnni ustidan, o’qib bo’ladigan darajada ingichka chiziq tortish, kerak bo’lgan paytda chizilganlar ustiga to’g’ri summalarni va yangi matnni yozish orqali to’g’rilanadi. Har bir tuzatish bosh buxgalterning imzosi bilan tasdiqlanadi;
buxgalteriya balansini taqdim qilingunga qadar, memorial orderdagi hato natijasida topilgan hato yozuv, uning xarakteriga muvofiq qo’shimcha memorial order tuzish orqali yoki "Qizil storno" usuli bilan tuzatiladi. Balans taqdim qilingandan so’ng hisobot davri buxgalteriya hisobi yozuvlaridagi topilgan hatolar ham huddi shu tarzda tuzatiladi. Hatolar "Qizil storno" usuli bilan tuzatilganda quyidagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi: hato yozuv qilib qizil siyohda qaytadan yozilib, to’g’risi esa - qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yoziladi. Jami summalarni hisoblashda qizil siyohda yozilgan summalar qora (ko’k, siyoh rang) siyohda yozilgan summalar yig’indisidan ayiriladi. Hatolarni tuzatish bo’yicha qo’shimcha buxgalteriya yozuvlari, shuningdek "Qizil storno" usuli bilan xato tuzatishlar, odatdagi rekvizitlar bilan bir qatorda memorial orderlar bilan rasmiylashtirilib, tuzatish kiritilgan memorial orderning tuzilgan sanasi va raqamiga asosan tuzilganligi ta’kidlab o’tiladi.
Hisobot yili tugashi bilan va yakuniy balans tuzilishidan oldin buxgalteriya hisobi daftarlarida har bir sintetik va analitik (tahliliy) hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalar yig’indisi hisoblanib, ushbu hisobvaraqlar bo’yicha qoldiqlar chiqariladi.
Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisobvaraqlar bo’yicha buxgalteriya registrlarida yilning boshiga mavjud bo’lgan qoldiqlar yakuniy balans va o’tgan yilning hisob registrlaridagi yozuvlarga to’liq mos kelgan holda yoziladi.

    1. Yüklə 243,79 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin