2-mavzu. Byudjet hisobining huquqiy asoslari



Yüklə 243,79 Kb.
səhifə4/14
tarix10.02.2023
ölçüsü243,79 Kb.
#83745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2-mavzu

Byudjet ijrosi bo’yicha moliya organi, g’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi

Bosh hisobchi boshchilik qiladigan moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriyasi mustaqil tarkibiy bo’linma hisoblanadi.
Moliya organlari, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarining bosh buxgalterlari o’z ishlarida (faoliyatlarida) O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadilar.
Bosh hisobchi buxgalteriya hodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir hodim uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada hizmat vazifalari funktsional belgilarga qarab taqsimlanadi, ya’ni hodimlarning har bir guruhiga yoki alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi.
Moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida belgilangan tartibda moliya organi rahbarining buyrug’iga muvofiq tuzilgan komissiya tomonidan qabul qilish

  • topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv hujjatlarining holatini ko’rsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish–topshirish to’g’risidagi dalolatnoma tuziladi.

Hududiy moliya organlari, G’aznachilik bo’linmalarida ishlarni topshirish va qabul qilish yuqori moliya organi, G’aznachilikning bosh buxgalteri ishtirokida amalga oshiriladi.
Quyida misol tariqasida buxgalteriya ishlarini qabul qilish–topshirish to’g’risidagi dalolatnomani namunaviy ko’rinishini keltiramiz:
Moliya organi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
buxgalteriya hisobini byudjet hisobiga oid normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish;
buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat qilish;
buxgalteriya hisobi va hisobotlarni tuzish masalalari yuzasidan ko’rsatmalar berish hamda ular ustidan nazoratni amalga oshirish;
byudjet mablag’larini, shuningdek, jamg’armalar mablag’lari, byudjetdan tashqari mablag’larni xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qimmatliklarning butligi ustidan muntazam nazorat qilish;
byudjet ijrosi jarayonida vujudga keladigan byudjetlar o’rtasida o’zaro hisoblashuvlar, byudjet ssudalari bo’yicha hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish;
byudjet ijrosi jarayoniga oid moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish;
buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlash.
Moliya organi bosh hisobchisi yuqoridagi vazifa va majburiyatlardan kelib chiqqan holda quyidagi huquqlarga ega:
buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to’g’ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko’rishni rahbardan talab qilish;
barcha bo’linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirishni hamda buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish;
qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish. Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
buxgalteriya hisobi noto’g’ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani va byudjet ijrosiga oid moliyaviy hisobotlar buzilganda (noto’g’ri tuzilganda);
byudjet ijrosi jarayoni yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda;
buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganda.
Bosh buxgalterga uning hisob va hisobot bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri vazifalarini bajarish bilan bog’liq bo’lmagan (taalluqli bo’lmagan) topshiriqlarni berish mumkin emas (berilmaydi). Bosh buxgalterga pul mablag’lari va moddiy qiymatliklar uchun bevosita moddiy javobgarlik bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni yuklash mumkin emas. Agarda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishning
belgilangan tartibiga yoki amaldagi qonunchilikka zid bo’lgan farmoyish olgan holatda, bu haqda bosh buxgalter yuqori moliya organining rahbariga ma’lum qilishi shart.
Bosh buxgalterga yuklatilgan vazifalarni (majburiyatlarni) amalga oshirish uchun unga buxgalteriya hisobi va nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha hujjatlar: byudjetning daromadlari va xarajatlarining choraklar bo’yicha taqsimlangan yillik yoyilmasi yoki undan ko’chirma, moliyalashtirish rejalari, buyruqlar, farmoyishlar, moliyalashtirish hajmlarining o’zgarganligi to’g’risidagi ma’lumotnoma-bildirishnomalar va ma’lumotnoma-xabarnomalar, mahalliy byudjet va Jamg’arma byudjetining ijro etilishi bilan bog’liq bo’lgan boshqa materiallar va hujjatlar o’z vaqtida berib turilishi kerak.
Bosh buxgalterning buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi bo’yicha beradigan farmoyishlari moliya organining barcha xodimlari uchun majburiy hisoblanadi.



Yüklə 243,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin