2-mavzu. Byudjet hisobining huquqiy asoslari



Yüklə 243,79 Kb.
səhifə1/14
tarix10.02.2023
ölçüsü243,79 Kb.
#83745
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2-mavzu

2-mavzu. Byudjet hisobining huquqiy asoslari


Reja:

    1. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobini tashkil etishning me’yoriy-xuquqiy asoslari.

    2. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobida qo’llaniladigan hisob hujjatlari va registrlari.

    3. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlar va buxgalteriya balansi.

    4. Byudjet ijrosi bo’yicha moliya organi, g’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi



    1. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobini tashkil etishning me’yoriy-xuquqiy asoslari


Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining "Byudjet kodeksi" va "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi Qonunlariga, “Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma”, “Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari boshqa jamg’armalari byudjeti g’azna ijrosi buxgalteriya hisobi to’g’risida yo’riqnoma”ga asosan buxgalteriya hisobi yuritilmoqda.
Qonuniy hujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari hududiy moliya boshqarmalari, shahar va tuman moliya bo’limlari buxgalteriya hisobini yuritadi.
Xozirda byudjet ijrosi hisobi kassa usuliga asoslangani sababli, Moliya organlari, shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yagona tizimda yuritmoqda. Moliya organlari shuningdek, G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterlari o’z ishlarida
O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetini ijro etish qoidalarini tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tayanadilar.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirishdan iboratdir.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosi buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti ijrosi jarayoni muomalalarini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirish;

  2. Buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish;

  3. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetbi ijrosi natijalarini aniqlash;

  4. Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjeti ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobotlarini tuzish, taqdim etish va boshqalar.

Byudjetlarning ijrosi bo’yicha operatsiyalarni buxgalteriya hisobini yuritish uchun operatsiyalar amalga oshirilganligini belgilovchi hujjatlar va ularni o’tkazishga doir farmoyishlar kabi birlamchi hisob hujjatlari asos bo’ladi.
Birlamchi hisob hujjatlar byudjetlarning g’azna ijrosi bo’yicha operatsiyalar amalga oshirilgan paytda yoki ular amalga oshirilgandan so’ng tuziladi.
Byudjetlarning ijrosi bo’yicha hisobot davriga doir operatsiyalarni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo’lsa, ular buxgalteriya hisobida tegishli birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish orqali aks ettiriladi.
Bunda, o’tgan yilga doir byudjetning ijrosi amalga oshiriladigan moliya yiliga qo’shimcha davrda byudjetlarning ijrosi bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning hisobi, belgilangan tartibda aks ettirilgan, qo’shimcha davr mobaynida tuzilgan birlamchi hisob hujjatlari asosida, o’tgan yilning byudjetlarning g’azna ijrosi buxgalteriya hisobida amalga oshiriladi.

    1. Yüklə 243,79 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin