Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi hisobini tashkil etishning me’yoriy-xuquqiy asoslarini aytib bering?
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo`yicha qo’llaniladigan birlamchi hujjatlari nimalardan iborat?
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo`yicha qo’llaniladigan hisob registrlari haqida nimalarni bilasiz?
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo`yicha qo’llaniladigan buxgalteriya schyotlari tasnifini tushuntirib bering?
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo`yicha buxgalteriya hisobini tashkil etish ma’suliyati kimga yuklatilgan?
Moliya organi bosh buxgalteri majburiyatlarini aytib bering?
Bosh buxgalterning xuquqlarini aytib bering?
Bosh buxgalterning javobgaligi nimalardan iborat?
Reja: Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobini tashkil etishning me’yoriy-xuquqiy asoslari.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobida qo’llaniladigan hisob hujjatlari va registrlari.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobida qo’llaniladigan hisobvaraqlar va buxgalteriya balansi.
Byudjet ijrosi bo’yicha moliya organi, g’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari bosh hisobchisining majburiyatlari, huquqlari va javobgarligi
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha byudjet hisobini tashkil etishning me’yoriy-xuquqiy asoslari
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining "Byudjet kodeksi" va "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi Qonunlariga, “Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjeti ijrosining moliya organlarida buxgalteriya hisobi bo’yicha yo’riqnoma”, “Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari boshqa jamg’armalari byudjeti g’azna ijrosi buxgalteriya hisobi to’g’risida yo’riqnoma”ga asosan buxgalteriya hisobi yuritilmoqda.
Qonuniy hujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalari hududiy moliya boshqarmalari, shahar va tuman moliya bo’limlari buxgalteriya hisobini yuritadi.
Xozirda byudjet ijrosi hisobi kassa usuliga asoslangani sababli, Moliya organlari, shuningdek G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yagona tizimda yuritmoqda. Moliya organlari shuningdek, G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bosh buxgalterlari o’z ishlarida