2-mavzu. Dinning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari



Yüklə 16,4 Kb.
səhifə2/3
tarix02.01.2022
ölçüsü16,4 Kb.
#38997
1   2   3
2-MAVZU. DINNING MOHIYATI, TUZILISHI VA FUNKSIYALARI

Dinning vazifalari uning alohida shaxs va jamiyatga ta’siri va tabiatidan kelib chiqadi. Dinning vazifasi yoshlarga shaxs, oila, jamiyat hayotiga kirib borishi, madaniyat va ma’naviyatni boyitishga qо‘shgan hissasini kо‘rsatib berishdir.

Dinning ijtimoiy vazifalari haqidagi ta’limotni funksionizm rivojlantiradi. Funksionizm jamiyatga ijtimoiy tizim sifatida qaraydi. Unda jamiyatdagi har bir element muayyan funksiyani bajaradi. Dinning jamiyatda bajaradigan ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:



Birinchidan, har bir din о‘z e’tiqod qiluvchilari uchun tо‘ldiruvchilik, tasalli beruvchilik – kompensatorlik vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil qilish hodisasini olaylik. Inson о‘z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bо‘lgan munosabatlari jarayonida hayotiy maqsadlariga erishishi ilojsiz bо‘lib kо‘ringanida, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zaruriyat sezadi. Bu diniy ehtiyoj bо‘lib, u ma’naviy-ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan va bajarmoqda.

Masalan, buddaviylik dini rohiblikni targ‘ib qiladi, xristianlikda esa, har bir xristian Iso masihning qaytishiga umid qilib, sabr-bardosh bilan hayot kechiradi. Islom dinida har bir musulmon dunyoda erishmagan moddiy yoki ruhiy orzu- istaklariga oxiratda erishishga ishongan holda yashaydilar.



Ikkinchidan, din о‘z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, о‘ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini, shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qilgan va hozir ham shunday. Bu dinning birlashtiruvchilik – integratorlik vazifasi deb ataladi. Din doimo ijtimoiy, etnik, ijtimoiy va ma’naviy hayotda uzviylik, muntazamlilikni ta’minlash maqsadida u xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, adabiyoti va san’atiga bog‘langan.

Masalan, yahudiylikda mazkur din vakillari bir mafkura atrofida bir millat va yagona maslak egalari bо‘lib, yagona xudo Yahvening sevimli bandalari ekanligi uqtiriladi.

Xristianlikda diniy me’moriy, tasviriy, musiqa san’atidan foydalanib ikona chizuvchilar maktablari faoliyat olib boradi.

Uchinchidan, har bir din о‘z qavmlari turmushini tartibga solib nazorat qiluvchilik – regulyatorlik vazifasini bajaradi. Dinlar о‘z urf-odatlari, marosim va bayramlarining qavmlari tomonidan о‘z vaqtida, qat’iy tartibda amal qilishini shart qilib qо‘yadi.

Masalan, islomda kuniga besh mahal namoz о‘qilishi, har hafta juma namozini jome’ masjidlarida ado etish va hokazolar.



Tо‘rtinchidan, din aloqa bog‘lashlik – kommunikativlik vazifasini ham bajaradi, ya’ni har bir din о‘z qavmlarining birligi, turli dindagi kishilarning о‘zaro aloqalari, о‘zaro huquq va burchlarining borligi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bо‘lib bajarilishi lozimligi nazarda tutiladi.

Beshinchidan, din qonunlashtiruvchilik – legitimlovchilik funksiyasini ham bajaradi. Dinning bu funksiyasi nazariy asosini amerikalik sotsiolog T.Parsons ishlab chiqqan. Uning fikricha, “har qanday ijtimoiy tizim muayyan cheklovlarsiz mavjud bо‘la olmaydi. Buning uchun u qonun darajasiga kо‘tarilgan axloq normalarini ishlab chiqishi kerak. Din bunday normalarni qonunlashtiribgina qolmay, ularga bо‘lgan munosabatni belgilaydi”.

Oltinchidan, din vazifalarining falsafiy, nazariy jihatlari mavjud. U insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, dorulfano va dorulbaqo dunyo masalalariga о‘z munosabatlarini bildirib turishdan iboratdir.

Din insoniyatning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq bо‘lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bо‘ladi. Dinni о‘rganish bu insoniyatni о‘rganishdir. Din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan.



Yüklə 16,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin