2-mavzu: dnk va rnk turlari, strukturasi, vazifasi va ba’zi xususiyatlari reja


-rasm. Transkripsiya va translatsiya mexanizmlari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix24.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#121371
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Мавзу (1)

4-rasm. Transkripsiya va translatsiya mexanizmlari
Transkripsiya jarayonining boshlanishi DNK molekulasining ma‘lum 
nuqtalariga RNK polimeraza fermentining birikishi bilan bog`liq. RNK polimeraza 
fermenti birikkan nuqtalar DNK molekulasidagi transkripsiyaning boshlang`ich 
nuqtalari bo`lib, bularga promotorlar deyiladi. Promotor nuqtalari AT nukleotid 
ketma-ketligiga ega bo`lib, DNK molekulasi RNK-polimeraza fermenti joylashgan 
nuqtalardan bo`yiga qarab ikkiga ajrala boradi va undan RNK sintezlana boshlaydi. 


RNK ning sintezi oxirgi 5` qismdan 3` ga qarab yo`naladi. Bu jarayon turli 
organizmlarda turli vaqtda va turli haroratda o`tadi. Masalan, E.coli da 1 daqiqada 
37oC da 45-50 nukleotid juftlaridan iborat RNK sintezlanadi. Sintezlangan RNK 
ning nukleotid tarkibi bilan DNK nukleotidlarining mos kelishini aniqlash uchun 
1957-yilda Y.Volkin va L.Astraxanlar E.coli hujayrasini T–4 fagi bilan 
yuqtiradilar. Fag genlarining ta‘sirida bakteriya xromosomasi yemirilgan, 7 
daqiqadan so`ng 37
o
C da fag DNK si tomonidan sintetik jarayon boshlangan.
Yangidan sintezlangan RNK ning nukleotid tarkibini o`rganib, shu narsani 
aniqlaydilarki, RNK ning nukleotid tarkibi fag DNK sining nukleotid tarkibiga 
to`liq mos keladi. Keyinchalik barcha o`rganilgan organizmlarda RNK ning uncha 
katta bo`lmagan qismi irsiy axborotni DNK dan oqsilga tashishda ishtirok etishi 
aniqlangan. E.coli da bitta RNK-polimeraza fermenti hujayradagi RNK ning 
barcha uch xilini: i-RNK, r-RNK, t-RNK larni sintezlaydi. Eukariotlarda RNK-
polimerazaning uch xili: I. r-RNK uchun javobgar; II. i-RNK sintezi uchun 
javobgar; III. t-RNK sintezi uchun javobgarlari aniqlangan.
i–RNK translyatsiyasi. Translyatsiya – bu i-RNK orqali olib kelingan 
axborotga binoan ribosomalarda oqsilning sintezlanishidir. Bunda 4 nukleotid 
tomonidan tashiladigan axborotning 20 ta aminokislotalar ketma-ketligidagi 
polipeptid zanjiriga ko`chiriladi.
Translyatsiya jarayonining boshlanishi – tashkil etish markazi ribosoma 
hisoblanadi. Ribosoma murakkab molekulyar agregat bo`lib, oqsil (36 %) va 
ribonuklein kislotadan (64 %) iborat. Translyatsiya jarayonida juda ko`p murakkab 
vazifalarni bajaradi. Ribosomalarning tuzilishi va ishi bakteriyalarda, ayniqsa 
E.colida yaxshi o`rganilgan. Har bir ribosoma 50S va 30S subzarralardan iborat 
bo`lib, tarkibida 2 molekula r-RNK bo`ladi. 50S subzarracha bir molekula r-RNK 
va 34 xil turli oqsillardan iborat, 30S subzarracha bir molekula r-RNK va 21 xil 
oqsildan iborat.
Elektron mikroskoplarda olingan ma‘lumotlarga ko`ra ribosomalarning 
shakli, subzarrachalik tuzilishi barcha organizmlarda deyarli bir xil.
Oqsil sintezi jarayoni o`tishi uchun t-RNK katta ahamiyatga ega. t-RNK bir 
zanjirdan iborat bo`lib, molekulyar og`irligi – 26 000, 70-80 nukleotid ketma-
ketligiga ega. Sitoplazmada 20 ta t-RNK birorta aminokislotani ribosomaga 
tashiydi. t-RNK molekulasidagi nukleotidlar ketma-ketligini bilish katta 


ahamiyatga ega, chunki u maxsus genlarning nusxasi hisoblanadi. t-RNK 
tomonidan aminokislotani birlashtirib olishda uning faollanishi kuzatiladi. 
Faollanish maxsus ferment aminoatsil – t-RNK-sintetaza fermenti orqali amalga 
oshadi. Faollashgan aminokislotalar t-RNK orqali ribosomalarga tashiladi. U yerda 
i-RNK dagi axborotga binoan aminokislotalar polipeptid zanjiriga bog`lanadi.
i-RNK molekululari 5` ning oxiri bilan ribosomaning subzarrachasiga 
birlashadi. Katta subzarrachaga aminokislota bilan birlashgan 2 molekula t-RNK 
kiradi. Ribosomaga t-RNK ning i-RNK ga komplementar bo`lgan qismlarga ega 
bo`lgan molekulalari kiradi. i-RNK ribosoma bo`ylab 5`-3` yo`nalishda harakat 
qiladi va ribosomadan chiqa boshlaydi. Bu vaqtda aminokislotalardan bo`shalgan 
t-RNK ham ribosomadan chiqa boshlaydi, qoldirilgan aminokislotalar bog`lanib 
polipeptid zanjirini hosil qiladi, bu sintezlanadigan oqsilning birlamchi tarkibi 
hisoblanadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin