2-mavzu: dnk va rnk turlari, strukturasi, vazifasi va ba’zi xususiyatlari reja



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix24.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#121371
1   2   3   4   5   6   7   8
2-Мавзу (1)

1-rasm. 
Ionlarning 
kontsentratsiyasi 
va 
molekulaning 
nukleotid 
tarkibiga 
qarab, 
tirik 
organizmlarda DNKning ikki karra 
spirali turli shakllarda mavjud. Rasmda 



va 

shakllari ko‘rsatilgan.
bir 
qismi 
sifatida 
hujayra 
yadrosida, shuningdek ba‘zi hujayra 
organoidlarida mitoxondriya va plastidlarda joylshgan. Prokariot organizmlar – 
bakteriyalar va arxeylar hujayralarida aylana yoki chiziqli DNK molekulasi, ya‘ni 
nukleoid deb ataladigan hujayra membranasiga biriktirilgan. Quyi taraqqiy etgan 
eukariotlar masalan, achitqi zamburug‘ida plazmidlar deb nomlangan kichik, 
avtonom, asosan aylana shaklidagi DNK molekulalari mavjud. Bundan tashqari
bitta yoki ikki zanjirli DNK molekulalari DNK – tutuvchi viruslarda viruslar 
genomini hosil qilishi mumkin. 
Kimyoviy nuqtai nazardan, DNK bu takrorlanadigan bloklar nukleotidlardan 
tashkil topgan uzun polimer molekuladir. Har bir nukleotid azotli asos, shakar – 
dezoksiriboza va fosfat kislota guruhidan iborat. Zanjirdagi nukleotidlar orasidagi 
bog‘lanishlar dezoksiriboza va fosfat kislota guruhi fosfodiefir bog‘lari orqali hosil 
bo‘ladi. Aksariyat hollarda bir qatorli DNKni o‘z ichiga olgan ba‘zi viruslar 
bundan mustasno. DNK makromolekulasidagi azotli asoslar bir-biriga 
komplementar ikkita zanjir asosida tashkil topgan. Ushbu ikki zanjirli molekula 
spiral chiziqqa o‘ralgan. Umuman olganda, DNK molekulasining tuzilishi 
an‘anaviy - qo‘sh spiral shaklida tan olingan, lekin, ushbu ko‘rinish noto‘g‘ri 
nomlangan bo‘lib, aslida - ikkita vint shaklidagi nomlanish to‘g‘ri hisoblanadi. 
Spiral o‘ng tarafga og‘gan bo‘lsa, DNKning A- va B shakllari, chap tarafga og‘gan 
bo‘lsa, DNKning Z-shakli deb ataladi (1-rasm). 
DNKda azotli asoslarning to‘rt xili mavjud -adenin (A), guanin (G), timin 
(T) va sitozin (S).Zanjirlardan birining azotli asoslari boshqa zanjirning azotli 
asoslari bilan komplementarlik prinsipiga binoan vodorod bog‘lari bilan 
bog‘lanadi: adenin (A) faqat timin (T) bilan, guanin (G) – faqat sitozin (S) bilan 
bog‘lanadi (5-rasm). Nukleotidlarning ketma-ketligi har xil turdagi RNK haqida 
ma‘lumotni kodlash imkonini beradi, ularning eng muhimi axborot yoki matrisali- 
mRNK, ribosomal – rRNK va transport -tRNK hisoblanadi.
Ushbu barcha RNK turlari DNK matrisasida transkriptsiya jarayonida sintez 
qilingan RNK ketma-ketligiga nusxa ko‘chirish yo‘li bilan sintez qilinadi va 
oqsillarning biosintezida translyasiya jarayonida ishtirok etadi. Kodlash ketma-
ketliklaridan 
tashqari, 
hujayra 
DNKsida 
boshqaruvchi 
va 
strukturaviy 
funktsiyalarni 
bajaradigan 
ketma-ketliklar 
mavjud. 
Bundan 
tashqari, 
eukariotlarning genomida ko‘pincha - genetik parazitlar ga tegishli mintaqalar, 
masalan, transpozonlar mavjud bo‘ladi.


 
 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin