2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat fal (1)
Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari. Qonun tushunchasi dunyoning mavjudligi ana shunday botiniy va zohiriy o‘zgarishlarning abadiy takrorlanib turishidan iboratdir. Bu takrorlanishlar esa o‘z mohiyati va xususiyatlarini saqlab qolganliklaridan qonun va qonuniyat tusini olgan.
Masalan, biz Nyuton tomonidan kashf etilgan butun olam tortishish qonunini o‘rganganimizda ana shunday holni idrok etamiz. Bu qonunning asosiy mohiyati butun olamdagi narsalarning bir-biri bilan alokadorligi tamoyilining doimiy takrorlanishi, har soniya va har daqikada bu holatning sodir bo‘lib turishini isbotlaydi.
Xo‘sh qonun o‘zi nima? U kishi va umuman, jamiyat hayotida qanday ahamiyatga ega? Qonunni bilmasdan, o‘rganmasdan turib yashash mumkinmi? Qonun tushunchasi kundalik hayotimizda nisbatan tez-tez ishlatib turiladigan tushunchadir. Xususan, fizika yoki ximiya qonunlari deymiz, tabiat qonuni yoki bo‘lmasa, iqtisodiy qonunlar, yuridik qonunlar va h.k. YUqoridagilarni birlashtirib turadigan, barchasi uchun ham umumiy bulgan xossa, xususiyatlar bormi? Eng avvalo, shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — tabiat, jamiyat va inson taraqqiyoti ma’lum qonunlar asosida amalga oshadi. Fanlarning (ijtimoiy, gumanitar, tabiiy va h. k,) asosiy vazifasi har bir soha bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib, qonunlarni kashf qilish yoki ularning amal qilish xususiyatlarini o‘rganish, ochib berishdan iborat.
Qancha ko‘p qonun kashf qilinsa, taraqqiyot shuncha tez buladi. Taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, rivojlanishga erishish qiyin. Hozir mustaqil O‘zbekiston barcha rivojlangan mamlakat singari ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqgisodiyotiga asoslangan demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo qilish yo‘lidan bormoqsa. Bunda umumbashariy qonunlar va mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olingan.
Inson qonunlarni bilishi, ularga amal qilishi doirasida erkindir. Erkinlik nima? Erkinlik anglab olingan zaruriyatdir. Har qanday qonunga xos belgilardan biri zaruriyligi yani ob’ektiv tarzda amalga oshish, o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lishdir. Erkinlik esa ana shu zaruriylikni anglab olish mazmuniga amal qilishdan iborat faoliyatni anglatadi.
Yuristlarda shunday ibora bor: «Qonunni bilmaslik javobgarlikdan xolos qilmaydi». Ana shu tufayli siz yuridik qonunlarni kancha yaxshi bilsangiz, o‘zingizning faoliyatingni!» shunga moslab olib borasiz. Demak, shuncha erkin bo‘lasiz. SHu holda siz nima qonuniy, nima esa qonuniy emasligini yaxshi bilasiz, qonunga xilof qadamlar qo‘ymaysiz.
YUqoridagi fikrlarni xulosa qilib, qonunga qo‘yidagicha tarif berish mumkin: Qonunolamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bog‘lanishlari, aloqalari va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir. Endi qonunning belgilariga to‘xtalamiz:
Qonun turli-tuman aloqadorliklar, bog‘lanishlardan faqat muhimlarini, yani bunday bog‘lanishlarni ifodalaydiki, bu «olamning mavjudligi, o‘zgarishlari va undagi narsa hamda hodisalarning mohiyatidan kelib chiqqan bo‘ladi;
Qonun zaruriy bog‘lanishlarni ifodalashi, ya’ni tasodifiybog‘lanishlar, goh paydo bo‘lib, goh yo‘qolib ketadigan bog‘lanishlarga asoslanmaydi;
3) qonun narsa va hodisalarning umumiy bog‘lanishlarini ifodalaydi.
Qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi rivojlanishlarni (munosabatlarni) ifodalaydi, yani bir safar berib, ikkinchi safar yuz bermaydigan bog‘lanishlarni butunlay qamrab olmaydi.