6–masala. XIX asr adabiy merosiga katta hissa qo’shgan shoira Nodira (1792-1842) she’rlarida insonni ulug’lovchi g’oyalarni maydonga olib chiqdi.
Nodira o’z she’rlarida inson va uning tabiatiga bog’liq fikrlarni, jamiyat taraqqiyoti uchun zarur omillarni, insonlarning og’ir turmushini ko’yladi. Uning fikricha, inson olamdagi barcha mavjudotlarning eng oliysi, ham eng ulug’i hisoblanadi. Shu boisdan inson bu dunyoni go’zal etuvchi, hayotni sevgi-muhabbatga to’ldiruvchidir. O’z she’rlarida xalq ahvolidan xabar olmagan xonlarni, sultonlarni soxta obru-ye’tiborlarini namoyish etdi. Nodira insonlar, shohlarni boylikka hirs qo’ymaslikka da’vat qildi. Uning insoniylik, muhabbatning mavjudligi insonning haqiqiy inson ekanligini bildiradi.
Xalq dardi, el-yurt istiqboli tashvishlari bilan yashagan alloma Axmad Donish (1827-1897) «Buxoro amirlari tarixi» asarida o’sha davr ma’naviy va madaniy hayotini aks ettirdi. U Buxoro xalqi hayoti bilan Rossiya xalqi turmushini solishtirib, o’z vatanini iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha orqada qolganligini ko’rsatib berdi. U Buxoro davlat tizimini isloh qilishi g’oyasini ilgari surdi. Donish o’zining isloh loyihasi bilan amirga murojat qildi. Bu murojatda «Davlat bir guruh kishilar emas, balki xalq manfaatlariga xizmat qilishi kerak» degan g’oyani asosladi. Bu fikrlarni amir rad etdi. Donish fikricha, mamlakatni boshqarishda hukmdor muhim ishlarni o’z atrofidagi davlat arboblari bilan maslahatlashib hal qilishi lozim. A.Donish ma’rifatparvar kishi sifatida mamlakatni aqlli, dono odamlar boshqarganda, davlat taraqqiy qilishi mumkin, deb o’ylaydi. Keyinchalik A.Donish hayotiy tajribalar ostida donishmand va odil hukmdorga umid bog’lash fikridan qaytdi.
Turkistonda ijtimoiy – falsafiy fikrlar XIX – XX asrlarda jadidchilik asosida shakllandi. Jadid so’zining ma’nosi yangi degani. Jadidchilik xalqning milliy ongini o’stirish, o’zligini anglash, ma’rifatparvar g’oyalarni ilgari surishga qaratilgan edi. Jadidchilik harakatining asoschisi qrim-tatar farzandi Ismoil Gaspirali edi. U 1884 yilda Qrimdagi Bog’chasaroy shahrida birinchi jadid maktabiga asos soladi. O’zi dastur tuzib, darslik yozdi. Ana shu yaratgan darslik asosida 40 kunda bolalarni savodini chiqardi va yangi usul, usuli jadid nomi bilan juda katta shuhrat qozondi. Gaspirali g’oyalarini xalqqa yetkazib berishda o’sha davrdagi «Tarjimon» gazetasining xizmati katta bo’ldi.
7- MASALA Tarixda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan gurkiragan O’rta Osiyoda XVII asrdan bshlab iqtisodiy haribiy sohalarda Yevropa mamlakatlariga nisbatan ijtimoiy-passivlik kuzatiladi. Turkistonning ijtimoiy-tarixiy va siyosiy hayotida bir-biriga qarama-qarshi jarayonlar davom etadi. Bir tomondan markazlao’gan yagona davlatni barpo etish harkati ikkinchi tomondan esa, mayda davlatlar mustaqilligini tiklash va uni saqlab qolishga bo’lgan syeparatistik ayfiyatlar avj oldi.
Mustaqil davlatlar (Buxoro amirligi, Xiva xonligi)ning mavjudligi islomning mintaqa xalqlari ijtimoiy hayotidagi mavqyeini yanada kuchaytirdi. Bu o’ziga xos ruhiy-ma’naviy jarayon, o’z navbatida, mutafakkirlarning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy, axloqiy, estyetik qarashlarida, ular asralarida yaqqol ko’zga tashlanadi.
XX asrning ikkinchi yarmida Turkiston o’lkasining Rossiya impyeriyasi tomonidan zabt etilishi natijasida turkiy xalqlar davlatchiligi asoslarining ba’zi zaif qirralari yaqqol syezildi. Tub iqtisodiy, ma’rifiy islohotlarni amalga oshirish zarurligi o’qimishli kishilarga ayon bo’lib qoldi. Turkistonda ijtimoiy – falsafiy fikrlar XIX – XX asrlarda jadidchilik asosida shakllandi. Jadid so’zining ma’nosi yangi dyegani. Jadidchilik xalqning milliy ongini o’stirish, o’zligini anglash, ma’rifatparvar g’oyalarni ilgari surishga qaratilgan edi. Jadidchilik harakatining asoschisi qrim-tatar farzandi Ismoil Gaspirali edi. U 1884 yilda Qrimdagi Bog’chasaroy shahrida birinchi jadid maktabiga asos soladi. O’zi dastur tuzib, darslik yozdi. Ana shu yaratgan darslik asosida 40 kunda bolalarni savodini chiqardi va yangi usul, usuli jadid nomi bilan juda katta shuhrat qozondi. Gaspirali g’oyalarini xalqqa yetkazib byerishda o’sha davrdagi «Tarjimon» gazyetasining xizmati katta bo’ldi.
1893 yil Gaspirali Turkistonga kelib, uning shaharlari Samarqand, Buxoro va Toshkentda bo’ladi. Odamlarga jadid maktablarining mohiyatini tushuntirib byeradi. U Buxoroda 1893 yilda amiri Abulaxad bilan kelishib bitta jadid maktabi ochadi. U ketganidan keyin bu maktabni amir yana yopib qo’yadi. 1904 yilda Gaspirali yana Buxoroga keladi va amir bilan muzokara olib borib, ushbu muzokaraning natijasida «Muzaffariya» jadid maktabi ochiladi.
1898 yilda Qo’qonda Salohiddin Domla boshchiligida jadid maktabiga asos solinadi. 1899 yilda Andijonda, Toshkentda jadid maktablari ochildi.
Turkistonda jadidchilik harakati boshida M.Byehbudiy, A.Avloniy, Fitrat, Munavvar Qori va boshqa taraqqiyparvar kishilar turishgan. SHunday qilib, XX asrning boshlarida jadidlar CHor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi siyosiy kuch sifatida tarix sahnasiga keldi. Taraqqiyparvar ziyolilar, ya’ni jadidlarning ongini o’sishida, dunyoqarashining yuksalishida Bog’chasaroyda nashr etilgan «Tarjimon», Qozonda chiqqan «YUlduz», «Vatan» jurnallari katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Turkiston jadidlarining 1906 yilda «Taraqqiy», «Xurshyed» gazyetalari o’zbyek tilida chiqadi va ko’p o’tmay hukumat tomonidan to’xtatilib qo’yadi. Turkiston jadidlarining ozodligi uchun kurash dasturida asosan 3ta yo’nalish bor edi.
1893 yil Gaspirali Turkistonga kelib, uning shaharlari Samarqand, Buxoro va Toshkentda bo’ladi. Odamlarga jadid maktablarining mohiyatini tushuntirib beradi. U Buxoroda 1893 yilda amiri Abulaxad bilan kelishib bitta jadid maktabi ochadi. U ketganidan keyin bu maktabni amir yana yopib qo’yadi. 1904 yilda Gaspirali yana Buxoroga keladi va amir bilan muzokara olib borib, ushbu muzokaraning natijasida «Muzaffariya» jadid maktabi ochiladi.
1898 yilda Qo’qonda Salohiddin Domla boshchiligida jadid maktabiga asos solinadi. 1899 yilda Andijonda, Toshkentda jadid maktablari ochildi.
Turkistonda jadidchilik harakati boshida M.Behbudiy, A.Avloniy, Fitrat, Munavvar Qori va boshqa taraqqiyparvar kishilar turishgan. Shunday qilib, XX asrning boshlarida jadidlar Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi siyosiy kuch sifatida tarix sahnasiga keldi. Taraqqiyparvar ziyolilar, ya’ni jadidlarning ongini o’sishida, dunyoqarashining yuksalishida Bog’chasaroyda nashr etilgan «Tarjimon», Qozonda chiqqan «Yulduz», «Vatan» jurnallari katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Turkiston jadidlarining 1906 yilda «Taraqqiy», «Xurshed» gazetalari o’zbek tilida chiqadi va ko’p o’tmay hukumat tomonidan to’xtatilib qo’yadi. Turkiston jadidlarining ozodligi uchun kurash dasturida asosan 3ta yo’nalish bor edi.
Yangi usul maktablari tarmoqlarini kengaytirish
Iqtidorli yoshlarni chet ellarga o’qishga yuborish