2-Mavzu: falsafiy tafakkur taraq


O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining I.Mo’minov nomidagi Falsafa va huquq instituti



Yüklə 186,5 Kb.
səhifə13/18
tarix19.10.2023
ölçüsü186,5 Kb.
#157179
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
2-mavzu

O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining I.Mo’minov nomidagi Falsafa va huquq instituti. O’zbekistonda falsafa fanining rivojiga nafaqat falsafa fakulteti professor o’qituvchilari, balki O’zbekiston fanlar akademiyasining 1957 yilda I.M.Mo’minov tashabbusi bilan tashkil qilingan “Falsafa va huquq” institutining ilmiy xodimlari ham munosib hissa qo’shdilar. Ilmiy tadqiqot institutida dastlab “Tabiatshunoslik”, “Falsafa tarixi” bo’limlari faoliyat olib bordi. Keyinchalik institut tarkibi yangi yosh milliy kadrlar bilan boyib bordi hamda, “Dialektika va bilish nazariyasi”, “Ijtimoiy falsafa”, “Etika” kabi bo’limlar tashkil qilindi. Institutning asosiy faoliyati falsafa, fan va madaniyat tarixini obyektiv o’rganish, ma’naviyatning yangi milliy qirralarini izlash, xalq ma’naviyatini yangi bilimlar bilan boyitish, millatning ma’rifiy ruhini ko’tarishga yo’nalgan edi. Bu sohada Ibrohim Mo’minov, Muzaffar Xayrullayev, Mo’bin Baratov, Erkin Yusupov, Karim Sodiqov, Mirahmad Abdullayev, Haydar Aliqulov, Rasul Nosirov, Muhammadjon Boltayev, Anvar Sharipov, Gulchehra Navro’zova va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari e’tiborga sazovordir.
Ijtimoiy falsafa, etika, estetika, madaniyatshunoslik falsafasi sohasida Rustam va Telman Abdushukurovlar, Haydar Po’latov, Abdulxay Valiyev, Oysara Umrzoqova, Naim G’oyibov, Abduvosid Yo’ldoshev, Maxmud Abdullayev, Said Shermuxamedov, Qo’chqor Xonazarov, Xotima Shayxova, Abdulxafiz Jalolov, Jo’ravoy Yaxshilikov, Qiyom Nazarov, Viktor Alimasovlar samarali ishladilar va ishlamoqdalar.
Ontologiya va bilish nazariyasi, tabiatshunoslik falsafasi, fan metodorlogiyasi bo’yicha Jondor Tulenov, Bahrom Ismoilov, Omonulla Fayzullayev kabilar boshlagan an’analarni, Mahbuba Abdullayeva, Baxtiyor Karimov, Baxtiyor To’rayev, Ra’no Imomaliyeva, E’tibor Hoshimova, Shuhrat Qo’shoqov, Hakima Salomova, Oqil Fayziyev, Nigina Shermuxamedova, Alima Berdimurodova, Nariman Eshmetov, Shavkat Mamadaliyev, Ziyodullo Davronov, Karima Tulenova, Emina Izzetova va boshqalar davom ettirmoqdalar.
Birgina 2003 yilda institut xodimlari 31 ta turli yo’nalishdagi ilmiy tadqiqot loyihasiga ega bo’ldilar. Bugungi kunda falsafa va huquq instituti yangi yosh kadrlar bilan boyib bormoqda.
Falsafa tarixi va tarix falsafasini tahlil qilishda I.A.Karimov aytganlaridek, “Sharq falsafasini teran o’rganish, shu asosda ulug’ madaniyatimiz va qadriyatlarimiz ildizlarini jonlantirish, yaqin o’tmishdan qolgan mafkuradan xalos bo’lish, o’zimizning asrlar sinovidan o’tgan, ulug’ ajdodlarimiz bizga qoldirgan milliy mafkura va tafakkurimizni tiklash, uni zamonaviy – umumbashariy ruh bilan boyitish xalqimizning dolzarb vazifasidir”21. Shu ma’noda, o’zbek falsafasining yetakchi vakillari Sharq falsafasi tarixini o’rganish va undagi gumanistik g’oyalarni “... halqimiz soddagina qilib, “o’zbekchilik” deb ataydigan, mehr-oqibat, o’zaro chidam va hurmat, o’zgalarning dardiga hamdard bo’lish kabi oliyjanob fazilatlarni”22 kelgusi avlodga yetkazish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. Quyida ko’p sonli o’zbek falsafasining vakillarining ta’limotlari bilan tanishamiz.

Yüklə 186,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin