2-Mavzu: falsafiy tafakkur taraq



Yüklə 186,5 Kb.
səhifə9/18
tarix19.10.2023
ölçüsü186,5 Kb.
#157179
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
2-mavzu

Bahouddin Naqshband asos solgan so’fiylik ta’limotining nazariy asoslaridan birini Xudo, dunyo va insonning o’zaro nisbati muammosi tashkil etadi. Bu bosh muammo talqinida so’fiylarni ikki yo’nalish – teistik va panteistik yo’nalishlarga ajratish mumkin. Alloh hamma narsaning yaratuvchisi deb e’tirof etilgan, insondan tashqarida turgan, dunyo uzra yuksalgan va bilish mumkin emas deb e’lon qilingan bo’lsa, so’fiylar ta’limoti monoteizm shakl-shamoyilini kasb etgan, dunyo va Xudo tushunchalari tenglashtirilgan taqdirda bunday ta’limot panteistik deb hisoblangan.
Bahouddin Naqshband hayotning mazmunini Haqiqat (Alloh)ga erishishga intilishda ko’rgan va Haqiqat (Alloh)ga erishish tashqi narsalar haqidagi bilim – shariatga asoslanadi va ichki narsalar haqidagi bilim – tariqat jarayonida yuz beradi, deb hisoblagan. U shariat Qur’oni karim va hadislarni bilishdan kelib chiquvchi diniy qonun-qoidalar to’plami ekanligidan kelib chiqqan. Tariqat odam Haqiqatga erishish uchun qaysi bosqichlardan o’tishi, Allohni anglash va u bilan birikish uchun qanday to’siqlarni yengishi lozimligini belgilaydi. Bunda bilish jarayonida shariatdan tariqatga o’tish darhol yuz bermaydi. Faqat shariatni o’zlashtirish va uning talablarini bajarish orqali Haqiqat yo’lidan jadalroq va samaraliroq borish mumkin.
Odam bilishning har bir bosqichi (mistik yo’l manzillari)dan oldinma-ketin o’tib o’z maqsadiga yaqinlashadi. So’fizm nazariyasi va amaliyoti ongning tashqidan ichkiga, ochiqdan yashiringa sayohatini nazarda tutadi. Bahouddin Naqshband tariqat ezoterik (yashirin, mistik) fan, u hammaga ochiq emas, uni faqat o’zini Haqiqatga baxshida etgan odamlar anglab yetishi mumkin, deb hisoblagan.
So’fizmda mistik bilish zamirida «O’zini bilgan odam o’z Allohini biladi» degan tamoyil yotadi. O’zini o’zi bilish orqali Allohni bilish maqsadga erishishning eng qisqa yo’lidir. Bahouddin Naqshband yaratgan ta’limotning asosida «Dil ba yor-u, dast ba kor», ya’ni «Ko’ngil yorda, qo’l – ishda», degan shior yotadi.
5–masala . Markaziy Osiyo xalqlari hayotida ikkinchi Sharq Uyg’onish davrida ko’plab mutafakkirlar tarix sahnasiga keldi. bu davrda A.Temur, M.Ulug’bek, A.Navoiy, A.Jomiy, Z.M.Bobur va boshqa bir qancha allomalar jamiyat rivoji borasidagi ijtimoiy masalalarni o’rtaga tashladilar.
XIV asrning falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari, davlatni qurish, jamiyatni huquqiy qonun-qoidalar asosida boshqarish, insoniyat taraqqiyotiga yangi sivilizasiyani olib kirishda Amir Temurning hissasi katta bo’ldi. U o’zining ijtimoiy – siyosiy qarashlarini aytar ekan, men markazlashgan mustaqil davlat tuzishda va uni boshqarishda shior qilib olgan 12 ta tuzuklarimga amal qildim, deydi. «Temur tuzuklari»da «Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o’zimdan rozi qildim, gunohkorlarga ham rahm qilib haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim» degan so’zlarni o’qiymiz.
Temur o’z davrida davlatni boshqarish ishlarida bevosita o’tmishda mavjud bo’lgan davlatlar va podshohlar hayotini ham o’rganib chiqqanligini aytadi. Bu haqda shunday deydi: «Hayotni ko’p issiq sovug’ini ko’rib ulardan saboq olib tajribamni oshirdim. Shuning uchun do’st-dushman bilan kelishib yashadim. Odam Atodan boshlab Hotam ul an biyogacha, ulardan hozirgi damgacha o’tgan sultonlarning qonunlari, turish-turmushlari, qilish - qilmishlari, aytgan gaplarini xotiramda saqladim va yaxshi axloqlari, ma’qul sifatlaridan namuna olib unga amal qildim. Davlatning tanazzulga uchrashi sabablarini surushtirdim va davlatu-saltanat zavoliga sabab bo’luvchi ishlardan saqlandim».
Temuriylar davrida ijtimoiy fikr taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan davlat arboblaridan bir Mirzo Ulug’bekdir. O’z davri fani va madaniyati, jamiyat rivoji uchun ko’plab dunyoviy bilimlarni xalqqa yetkazib berdi. Ayniqsa, jamiyat taraqqiyoti yosh avlod qo’lida ekanligini chuqur anglab yetib, yoshlar barcha egallagan bilimlarini mukammallashtirib borishi, ularni hayotga tadbiq etishlari, jamiyat farovonligi uchun qayg’urishlari, doimo kasb va hunar egallashga intilishlari lozimligini uqtiradi. Uningcha, har bir inson o’z o’tmishi, tarixini yaxshi bilishi, qolaversa, kelajak haqida o’ylashi lozim. U o’zining «Ziji Ko’ragoniy», ya’ni “Yulduzlar jadvali” nomli asarini yozdi. Bu kitobda jahon xalqlarining har xil hisoblaridagi eralar va ularning munosabatlari, vaqtni aniqlansh, quyosh va oy tutilishlari, yulduzlar va sayyoralarning harakatlar va boshqalar to’g’risida fikr yuritadi. U bir yilda 365 kun 6 saot 46 soniya borligini bundan 600 yil oldin aytib o’tgan.
Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy tafakkuri taraqqiyotida Boboraxim Mashrab (1657-1711 yil) qarashlari alohida ahamiyatga ega. U o’zining «Devonai Mashrab» deb nomlangan asarida insonlar g’am-tashvishlari, dard-alamlarini kuyladi. Mashrab she’rlarida jamiyatda hukm surayotgan ijtimoiy adolatsizliklarni qoraladi. Uning insonparvarlik so’zlari jamiyatdagi hukmdorlarga, shariat peshvolariga mutlaqo yoqmadi. Jamiyatdagi tengsizlik, haqsizlik kabi illatlarni qoralab, ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlarni barchasi oddiy xalqni og’ir ahvolga solib qo’yishini aytadi.
Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721) falsafiy qarashlarini bayon etar ekan, avvalo, barcha narsalar 4 unsur (tuproq, suv, havo va olov)ning qo’shilishidan kelib chiqqanligini aytadi. Bu unsurlarni birikuvi noorganik tabiatning, keyinchalik o’simlik olamining kelib chiqishi, o’simlikning rivojlanishi bilan hayvon kelib chiqishi sodir bo’ldi. Undan keyin so’zlashishga o’rganib inson paydo bo’ldi, deydi. Shu tariqa anorganik, organik tabiat, hayvonot olami va insoniyat o’rtasidagi o’zviy aloqa borligini ko’rsatadi. Bedil inson agar o’z vaqtida ovqatlanib turmasa quvvatdan ketadi, mehnat qilish qobiliyatini yo’qotadi deydi. Ayniqsa bu holat ko’pincha tarki dunyo qilganlar, gadoylar o’zlarini turli qiynoqlarga soladilar, o’z tanalarini murdaga aylantirib, o’zlarini o’zlari xor qiladilar. Bunday kishilarni ko’z oldilarida parilar, jinlar namoyon bo’ladi, natijada ular aqldan ozib qoladilar, deydi.

Yüklə 186,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin