Muloqot - inson individual rivojlanishi jarayonida namoyon bо‘ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri. Bu faoliyat insondagi kuchli ehtiyojlardan biri - inson bо‘lish, odamlarga о‘xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, о‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Inson о‘z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlaydi va nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi.

О‘yin - shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlar yaratishni nazarda tutmaydi, lekin uning jarayonida jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatlarning simvolik andozalari bola tomonidan о‘zlashtiriladi.
О‘qish- faoliyati ham inson kamolotida katta rol о‘ynaydi va ma’no kasb etadi. Bu shunday faollikki, uning jarayonida bilimlar, malaka va turli kо‘nikmalar о‘zlashtiriladi.
Mehnat-mehnatqilish ham eng tabiiy ehtiyojlarga asoslangan faoliyat bо‘lib, uning maqsadi albatta biror moddiy yoki ma’naviy ne’matlarni yaratish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qо‘shishdir.
Har qanday kasbni egallash, nafaqat egallash, balki uni mahorat bilan amalga oshirishda faoliyatning barcha qonuniyatlari va mexanizmlari amal qiladi. Oddiygina biror kasb malakasini egallash uchun ham unga aloqador bо‘lgan ma’lumotlarni eslab qolish va kerak bо‘lganda yana esga tushirish orqali uni bajarib bо‘lmaydi, balki ham ichki (psixik), ham tashqi (predmetga yо‘naltirilgan) harakatlarni ongli tarzda bajarish bilan bog‘liq murakkab jarayonlar yechishini unutmaslik kerak.