Asboblar konsturiksiyasi qо‘l bilan ishlashga qо‘lay qilib ishlangan, boshqarish qismlari (baralar, tutqichlar, qо‘zg‘atuvchi tugmachalar, tirgaklar) kuchlarni bir xil taqsimlanishiga yо‘naltirilgan, tutqich qismlari shakli qulay, bardoshli materialdan tayyorlangan, konstruksiyasi sodda va xavfsiz uni saqlash, motor apparati biomexanik xususiyatlari xodimning estetik ehtiyojlariga javob beradigan, texnologik jihatdan rivojlangan, ishlab chiqarishda tejamkor va transportirovka imkoniyatlari ta’minlangan bо‘lishi kerak.
Asbobni ushlash qismi shakli qо‘lning morfologik tuzilishiga mos kelishi, asboblarning dastagi shunday shaklga ega bо‘lishi kerakki, uni qо‘l bilan siqish paytida ortiqcha kuch talab qilmaydigan va statik stressni kuchaytirmaydigan qilib ishlangan bо‘lishi talab etiladi.